Qoraqalpog‘istonda payshanbadan jumaga o‘tar kechasi jazoni ijro etish xizmatining uch nafar xodimi YTH oqibatida vafot etdi. Ular videoselektor yig‘ilishidan chiqib, koloniyaga qaytayotgan bo‘lgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Qoraqalpog‘istonda IIV xodimi tadbirkorning mahsulotini YPX maskanlari orqali Xorazm viloyati hududiga o‘tkazish evaziga pora olgan vaqtda ushlangani aytilmoqda. U sheriklari bilan har bir yuk ortilgan transport vositasiga 3,5 mln so‘mdan so‘ragan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlik, jinoyat sodir etishga suiqasd qilish va pora berish moddalari bilan ish qo‘zg‘atildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumanida yuk tashuvchi mototsikl, yengil va yuk mashinalari ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi og‘ir tan jarohati oldi.
Qoraqalpog‘istonda 83 ming dollar evaziga o‘qishga kira olmagan abituriyentlarning ballarini kirish ballariga tenglashtirib, 29 nafar abituriyentni o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zLiDePning prezidentlikka nomzodi Shavkat Mirziyoyev kelgusi 5 yilda Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 43 trln so‘m yo‘naltirilishini ta’kidladi. Ushbu mablag‘lar davlat budjeti, xalqaro moliya tashkilotlari va bank kreditlari hisobidan ajratiladi.
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda saylovchilar bilan uchrashuvda kelgusi yildan boshlab 1−4 boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul tushlik berish yo‘lga qo‘yilishini ta’kidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda saylovchilar bilan uchrashuvda 6 ming nafar ishsiz aholi uchun, ixcham issiqxonalar qurib berilishini ma’lum qildi. Aholi tomorqalarining suv ta’minotini yaxshilash orqali, 12 ming fuqaroning bandligi ta’minlanadi.
Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketdi.
Mo‘ynoq tumanidagi “Orol” stadionida tumanning “Mo‘ynoq siti” va “Jayxun” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda kelishmovchilik kelib chiqqan va bosh hakam qaroridan norozi bo‘lgan ayrim tomoshabinlar maydonga chiqib ketgan. Holat yuzasidan ichki ishlar organlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanidagi cho‘l qumlik hududida suv quvurini qazigan 4 kishini tuproq bosib qoldi. Ulardan 3 nafari vafot etdi.
Qoraqalpog‘istonning Nukus tumanidagi g‘isht zavodlaridan birida mehnat qilayotgan mahbuslarga mart-may oylari uchun ish haqlari to‘lab berilmagani aniqlandi. Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) aralashuvi bilan mahkumlarning oylik maoshlari to‘lab berilishiga erishildi.
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida ikki o‘smir kanalda cho‘milayotib, suvga cho‘kib ketdi. Natijada ikki o‘smir ham halok bo‘lgan.
Qoraqalpog‘istonda jayron ovlagan ikki brakoner «Janubiy Ustyurt» tabiat bog‘i inspektorlarining mashinasiga hujum qildi. Ovchilar qurol bilan tahdid qilib, mashina g‘ildiraklarini teshishgan va xodimlarning telefonlarini olib qo‘yishgan. Orol dengizi atrof-muhitni muhofaza qilish prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.
Saudiya Arabistonining «ACWA Power» kompaniyasi ko‘magida Qoraqalpog‘istonda quvvati 1500 MVt ega shamol elektr stansiyasi quriladi. Mazkur loyiha taxminan 4 mln xonadonning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirib, yiliga taxminan 2,5 mln tonna karbonat angidrid gazini qoplashi kutilmoqda.
BMTning uchta agentligi Qoraqalpog‘istonda 14dan 30yoshgacha bo‘lgan yoshlar va ayollar, hamda nogironligi borlar, ayollar boshchiligidagi oilalar, mehnat muhojirlari va aholining boshqa zaif qatlamlarining huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga oid dasturni yo‘lga qo‘yishdi.
Qoraqalpog‘istonda qiymati 887 mln dollardan ortiq bo‘lgan 711 ta loyiha amalga oshiriladi. Prezident ushbu loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Ular qatoridan Mo‘ynoqdagi keramika va qamishdan plita ishlab chiqarish korxonasi, To‘rtko‘ldagi oyna zavodi hamda qizilmiya ildizini chuqur qayta ishlash kabi loyihalar o‘rin olgan.
To‘rtko‘l tumanida to‘rt kishidan iborat oila va ularnikiga kelgan mehmon is gazidan zaharlanish natijasida vafot etdi. Voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Abdiraxman Saparov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi tayinlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida eski uyni buzayotgan 3 kishinim devor bosib qoldi. Ular voqea joyida halok bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining sessiyasida Gulnara Bazarbayeva Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining raisi etib saylandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting