Qozog‘istondagi bir qator kompaniyalar O‘zbekiston bozoriga kirishga tayyor. Salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchi GALANZ Bottlers o‘z zavodini qurishni rejalashtirayotgan bo‘lsa, IC Group tozalash kompaniyasi autsorsing xizmatlarini taklif qilmoqda, Timus Development kompaniyasi jamoat transportida bepul Wi-Fi va turizm, tibbiyot sohalariga oid IT ishlanmalarini joriy etishga hozir.
10 oy davomida avtomobil eksporti hajmi 66,8 foizga, ya’ni 50,9 mln dollarga oshgan bo‘lib, tashqi bozorlarga sotilgan avtomobillarning deyarli 90 foizini Qozog‘iston xarid qilgan.
2020 yil yanvardan beri O‘zbekiston Qozog‘istondan 67 mln dollarlik miqdorda 3,1 ming dona avtomobil sotib oldi va eng yirik importchiga aylandi. Bu ko‘rsatkich 2019 yilga nisbatan 1872%ga ko‘proq.
Qozog‘iston prezidenti Covid-19 bo‘yicha haqiqiy statistikani yashirmaslikka chaqirdi."Hayolparastlik o‘ta xavfli hodisa, chunki u haqiqiy tahdidlar manzarasini buzadi, shuningdek butun mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash strategiyasini buzadi", — dedi Qasim-Jomart Toqayev.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning ma’lum qilishicha, COVID-19 ga qarshi Rossiya vaksinasining ishlab chiqarilishi Qozog‘istonda ham yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun mamlakatda zavod ochiladi.
Qozog‘istonda mamlakat chegarasini kesib o‘tish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, Qozog‘istonga kelish va tranzit o‘tish bo‘yicha vizasiz rejim bekor qilindi, Turkiyadan qatnovchi aviareyslar soni kamaytirildi.
Qozog‘iston parlamentining quyi palatasiga saylovlar 2021 yil 10 yanvarda bo‘lib o‘tadi. Partiyalar ro‘yxatida ilk marotaba xotin-qizlar va yoshlar uchun 30 foizlik kvota e’lon qilindi.
14 oktyabrdan boshlab Nursultonda karantin cheklovlari kuchaytirildi: kafe, restoran, barlarning ish vaqti qisqartirildi, davlat xizmatchilarining katta qismi masofadan ishlash tizimiga o‘tishmoqda.
Qozog‘istonning to‘rtta hududida parranda grippi tarqalayotgani rasman tasdiqlandi. Infeksiya umumiy suv havzalari orqali tarqalgan bo‘lib, fabrikalarda va shaxsiy tomorqalarda hammasi bo‘lib 54 ming parranda nobud bo‘lgan.
Qozog‘iston o‘lim jazosini bekor qilish bo‘yicha xalqaro protokolga qo‘shildi. Mamlakatda ushbu jazoni qo‘llash 2003 yildan beri to‘xtatib qo‘yilgan edi.
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Yerik Utembayevga ikki yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Diplomat ikki yil muqaddam lavozimidan chetlashtirilgan va Toshkentdagi elchixona qurilishida juda katta miqdordagi byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumonlangan edi.
11 sentyabrdan Qozog‘iston bilan muntazam aviaqatnovlar rasman tiklandi. Air Astana aviakompaniyasining Olmaota — Toshkent — Olmaota reysi samolyoti Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.
Qozog‘istonda Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda davlat rahbariga bo‘ysunuvchi ikkita yangi agentlik (Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi hamda Raqobatni himoya qilish va rivojlantirish agentligi) tashkil etildi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev qishloq hokimlarini (akim) saylov o‘tkazish yo‘li bilan tayinlashni taklif qildi.
Qozog‘iston hukumati 17 avgustdan boshlab BAA, Belarus, Germaniya, Niderlandiya, Misr, Ukraina va Rossiya Federatsiyasiga xalqaro reyslar tiklashga qaror qildi.
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Tokayev mamlakatda iyul oyi oxirigacha amalda bo‘lgan karantin tadbirlarini yana ikki haftaga cho‘zish va undan keyin bosqichma-bosqich yumshatishni buyurdi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev karantin rejimi yana ikki haftaga uzaytirilishi hamda iyul oyida ehtiyojmandlarga 42,5 ming tengedan to‘lanishini ma’lum qildi.
13 iyul Qozog‘istonda koronavirus qurbonlari uchun milliy motam kuni deb e’lon qilindi. So‘nggi kunlarda mamlakatda vafot etganlar soni bo‘yicha rekordlar qayd etilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting