Qozog‘iston Jinoyat kodeksiga nikoh uchun odam o‘g‘irlaganlik bo‘yicha alohida modda kiritish taklif qilinmoqda. Ombudsman idorasi ushbu qaror ayollarga nisbatan jinoyatlar sonini kamaytirishga yordam beradi, deya umid qilmoqda.
Qozog‘istonda boshpanasiz hayvonlarni tutish xizmatlari ularni ushlash jarayonini tasvirga olishi kerak bo‘ladi. Bu hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik holatlarining oldini olishga yordam berishi kutilmoqda.
Qozog‘iston Sport vazirligi 2034-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatini O‘zbekiston bilan birgalikda o‘tkazish rejalashtirilayotgani haqidagi ma’lumotni rad etdi. OAV xabariga ko‘ra, avvalroq Qozog‘iston futbol federatsiyasi rahbari shunday tashabbus bilan chiqqan.
Qozog‘istonning QazaqGaz kompaniyasi oktabr oyidan O‘zbekistonga Rossiya gazi tranzitini boshlashni rejalashtirmoqda. Kompaniya barcha texnik tadbirlar tasdiqlangan jadvalga muvofiq to‘liq hajmda amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.
Qozog‘iston O‘zbekistonga ko‘mir tashish tariflarini oshirishni rejalashtirmoqda, biroq ayni paytda O‘zbekistondan Afg‘onistonga un mahsulotlari tranziti uchun tariflarni kamaytirishni so‘ramoqda. Mamlakatlar bosh vazirlari o‘rinbosarlari Qarag‘andada maishiy texnika ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni ham muhokama qildi.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakat poytaxtining ichimlik suvi taqchilligi, issiqlik ta’minoti, kanalizatsiya va “bir xil ko‘rinishdagi quti binolar bilan to‘ldirilgan” me’moriy ko‘rinishi bilan bog‘liq muammolarini sanab o‘tdi. Bularning aksariyati Toshkentga ham taalluqli.
Qozog‘iston prezidenti blogerlarni reklama yorlig‘ini qo‘yish va daromadlaridan soliq to‘lash majburiyatini yuklovchi qonunni imzoladi. Shuningdek, ular soxta xabarlar tarqatgani uchun jarimaga tortiladi.
Qozog‘iston O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan Sirdaryo havzasining suv-energetika resurslaridan foydalanish bo‘yicha kelishuvni o‘zgartirmoqchi. Qozog‘iston tomoni O‘zbekistondan kelayotgan ifloslantiruvchi moddalar tufayli daryoning ekologik holati buzilganini bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev imzolangan qonun bilan Qozog‘iston bilan chegarani demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakat G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari bo‘yicha xalqaro qoidalarga amal qilayotganini, Qozog‘iston yordamida Rossiyaga ikki xil maqsadda foydalaniladigan mahsulotlar eksport qilinayotgani haqidagi xabarlar “haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini” bildirdi.
Qozog‘iston 2022-yilda O‘zbekistonga go‘sht eksportini 134 baravarga oshirdi. Mamlakatning yil davomidagi go‘sht eksporti 28,7 ming tonnani tashkil etgan va bu so‘nggi 10 yildagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston rahbari Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqotda O‘zbekiston tomoni Abay viloyatidagi o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.
Qozog‘istonning Abay viloyatida o‘rmon yong‘inlari oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi. Mamlakatda 12-iyun milliy motam kuni deb e’lon qilindi. Shavkat Mirziyoyev shu munosabat bilan qo‘shni davlat prezidenti va xalqiga hamdardlik bildirdi.
Qozog‘iston va Armaniston banklari Rossiya kompaniyalarining parallel import orqali yetkazib berilayotgan elektronika uchun to‘lovlarini bloklashni boshladi. “Kommersant”ning xabar berishicha, yetkazib beruvchilar elektronikani boshqa tovar kodlari ostida import qilishga harakat qilmoqda.
Qozog‘iston energetika vaziri Almasadam Satkaliyevning aytishicha, 2024-yilgi kuz-qish mavsumida mamlakat infratuzilmasi Rossiya gazini O‘zbekistonga tranzit qilish uchun tayyor bo‘ladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va “Gazprom” o‘rtasida gaz hajmi hamda narxi bo‘yicha muzokaralar hamon davom etmoqda.
2025-yildan Qozog‘iston O‘zbekistonga ko‘mir eksportini bosqichma-bosqich 25 barobardan ziyodroqqa oshirmoqchi. 2022-yilda mamlakatga 13,6 mln dollarlik 487,9 ming tonna ko‘mir yetkazib berilgan.
Qozog‘istonda ikkita yangi — dunyoning ko‘plab mamlakatlarida nishonlanadigan Onalar kuni va Otalar kuni bayramlar ro‘yxatiga kiritildi.
O‘zbekiston va Rossiya rus gazini yetkazib berishning tijoriy shartlarini faqat texnik masalalar hal etilgandan keyingina muhokama qila boshlaydi, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Shuningdek, u o‘zbek gazini Xitoyga yetkazib berish ishlari imzolangan shartnomalarga ko‘ra olib borilayotganini aytdi.
Qozog‘iston G‘arb sanksiyalarini buzmaslik uchun Rossiyaga tovarlar eksporti ustidan nazoratni kuchaytirmoqchi. Avvalroq jurnalistlar Qozog‘istondagi kompaniyalar orqali Rossiyaga RFning Ukrainadagi armiyasi ehtiyojlari uchun dron va mikrochiplar tashilayotgani to‘g‘risidagi surishtiruvni e’lon qilgan edi.
Qozog‘istonda “KamAZ” va Toyota Ipsum avtomobili ishtirokidagi YTHda to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yana ikki yo‘lovchi shifoxonaga yetkazildi. Mart oyi boshidan beri Qozog‘istonda uchta YTHda kamida 10 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting