Qashqadaryodagi 2 ta paxta to‘qimachilik klasteri 3 mlrd so‘mdan ortiq asossiz daromad olgani aniqlandi. Xususan, ular mahsulotni birjaga chiqarmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotgan. Raqobat qo‘mitasi holat bo‘yicha ish qo‘zg‘atib, mablag‘larni ixtiyoriy ravishda qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
CAU (Akfa) universiteti litsenziya olinmagan Tijorat huquqi yo‘nalishi uchun talabalar bilan shartnoma tuzgani aniqlandi. Biroq bu yo‘nalishda ta’lim to‘xtab qolgan. Raqobat qo‘mitasi OTMga 7 nafar talabaga 167,5 mln so‘mni qayta hisob-kitob qilish va boshqa murojaatlar bo‘yicha ham ishlash yuzasidan ko‘rsatma berdi.
Raqobat qo‘mitasi xizmatlarini reklama qilishda qonunchilik talablarini buzgani uchun Universalbank’ni jarimaga tortdi. Bu “Reklama to‘g‘risida"gi qonunni buzayotgan 2 oy ichidagi 5-bank.
Farg‘onada 6 mingdan ortiq xonadonga issiqlik ta’minoti bo‘yicha 4 mlrd 173 mln so‘mdan ortiq qarzdorlik asossiz hisoblangani aniqlandi. Raqobat qo‘mitasi o‘rganishlari natijasida ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun hisoblangan mablag‘lar bekor qilindi.
Raqobat qo‘mitasi hududlarda dori vositalarining belgilangan referent narxlaridan oshirib sotilgan holatlarni aniqladi. Dorixonalar salkam 50 mingta holatda iste’molchilardan 5,4 mlrd so‘mga yaqin asossiz daromad olgan. Pullar fuqarolar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.
Raqobat qo‘mitasi “O‘zbekneftgaz”ning 4,8 mlrd so‘mga yaqin savdolarida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi buzilganiga oid alomatlarni aniqlandi. AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.
Raqobat qo‘mitasi omonat turlari reklamasida muhim ma’lumotlar to‘liq berilmagani uchun “Ipak yo‘li” bankiga moliyaviy jarima qo‘lladi. Bankka qonun buzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Raqobat qo‘mitasi Shangfeng-Bridge of Friendship sement zavodi bilan bog‘liq tekshiruvni yakunladi. Kompaniya birja savdolarida demping va raqobatni cheklagani uchun 4,9 mlrd so‘m jarimaga tortildi.
Raqobat qo‘mitasi Nukus xalqaro aeroportiga nisbatan ish qo‘zg‘atdi. Qo‘mita aeroport 120 mln so‘mlik tanlov savdolarini o‘tkazishda qonunlar talablariga rioya qilmaganini aniqlagan.
Raqobat qo‘mitasi “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi talablarini buzgani haqida xabar berdi. Korxonaning 2,8 mlrd so‘mdan ortiq tender savdolari yuzasidan o‘rganish olib borilgan.
Raqobat qo‘mitasi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Farg‘ona filiali vositachilik yig‘imi sabab yo‘lovchilardan 660 mln so‘mga yaqin ortiqcha mablag‘ undirganini, shu sababli jarima jazosi qo‘llanishini aytgandi. Temiryo‘l kompaniyasi qaror yuzasidan apellyatsiya beradi, chunki “yig‘im tashuvchi tomonidan mustaqil belgilangan”.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi yo‘lovchilarning chiptalaridan vositachilik yig‘im qiymati bo‘yicha 660 mln so‘mga yaqin ortiqcha haq undirgani aniqlandi. Raqobat qo‘mitasi unga va xuddi shu holat bo‘yicha “Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” kompaniyasiga moliyaviy jarima qo‘lladi, pullar iste’molchilarga qaytariladi.
Raqobat qo‘mitasi Orient Group Management va O‘zbekiston-O‘mon investitsiya kompaniyasiga (UzOman) qarshi ish qo‘zg‘atdi, ularning har biri Highway Logistics Center aksiyalarining 45 foizdan ortig‘iga egalik qilishi aniqlandi. Kompaniyalar monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzgani uchun jarimaga tortildi.
Raqobat qo‘mitasi so‘nggi vaqtlarda OAVda reklama tarqatishda “qonunchilik talablari buzilishi” fonida barcha davlat va nodavlat telekanallariga ko‘rsatma xati yubordi. Qo‘mita ulardan bir oy ichida reklama faoliyatini qonunchilikka muvofiqlashtirishni so‘rab, aks holda moliyaviy sanksiyalar qo‘llashdan ogohlantirdi.
Qoraqalpog‘istonda mahallalar 48 ta holatda qariyb 10 mlrd so‘mlik tenderlarni qonun talablariga nomuvofiq o‘tkazgan, deb topdi Raqobat qo‘mitasi. Xarid natijalari yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, tegishli choralar ko‘rildi.
Elektromobil va gibrid avtomobillarni quvvatlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi Tok Bor kompaniyasi Raqobat qo‘mitasi tomonidan ustun mavqega ega deb topildi. Uning bozordagi ulushi 40 foizdan ortiqni tashkil qilmoqda.
Raqobat qo‘mitasi Amudaryo, Chimboy, Kegayli, Taxtako‘pir, Qorao‘zak, Taxiatosh va Xo‘jayli tumani hokimliklarining normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlarida qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilganini aniqladi.
Raqobat qo‘mitasi tanlov takliflarini baholash mezonlarining nisbiy qiymati ishlab chiqilmagani uchun Termiz davlat pedagogika institutining 2 mlrd so‘mlik tenderi bekor qilinganini ma’lum qildi. Institutga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.
Metan narxlari erkinlashtirilayotgani fonida Raqobat qo‘mitasi AGTKSHlardagi narxlarni monitoring qildi. Unga ko‘ra, narx cheklovi bekor qilingan bo‘lsa-da, ularning 71 foizi 3750 so‘m narxni saqlab qolgan, 25 foizi esa 200 so‘mgacha oshirgan. Narxlar keskin oshishiga sabab bo‘luvchi omillar yo‘q, deb yozdi qo‘mita.
Nishon, Shahrisabz, G‘uzor va Muborak tumanlari hokimlari 19 ta holatda qonunga zid normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilgani aniqlandi. Hujjatlar tovar yoki moliya bozorida raqobatni cheklashga hamda iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitilishiga olib kelishi mumkin deb topilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting