«raqobat qo‘mitasi» tegli maqolalar


Raqobat qo‘mitasi elektr hisoblagichlarning ortiqcha hisoblayotgani holatlarini o‘rganadi
5 iyul 2024, 14:08

Raqobat qo‘mitasi elektr hisoblagichlarning ortiqcha hisoblayotgani holatlarini o‘rganadi

Internetda iste’molchilarning elektr hisoblagichlar ishlatilgan elektr energiyasini oshirib ko‘rsatayotgani yoki ijtimoiy me’yor doirasida noto‘g‘ri to‘lovlar olayotgani haqidagi shikoyatlari tarqalmoqda. Raqobat qo‘mitasi tomonidan ana shunday muammolarni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.

Raqobat qo‘mitasi lift importi muammosini hal etishni so‘rab hukumatga murojaat qildi
4 iyul 2024, 20:41

Raqobat qo‘mitasi lift importi muammosini hal etishni so‘rab hukumatga murojaat qildi

Raqobat qo‘mitasi lift importi muammosini hal qilish uchun hukumat va Geologiya vazirligiga takliflar kiritdi. Xususan, tadbirkorlarning bekor qilingan 17 ta muvofiqlik sertifikatini tiklash, liftlarni sinovdan o‘tkazish xizmatlari bozoriga xususiy sektorni jalb qilish taklif etilmoqda.

“Lukoyl” shu’ba korxonasiga nisbatan narx manipulyatsiyasi alomatlari bilan ish ochildi
4 iyul 2024, 19:26

“Lukoyl” shu’ba korxonasiga nisbatan narx manipulyatsiyasi alomatlari bilan ish ochildi

Raqobat qo‘mitasi Lukoil Overseas Supply and Trading kompaniyasiga nisbatan ish ochdi. Qo‘mita birja orqali mahsulotlarni sotishda texnik oltingugurt narxi manipulyatsiyasi alomatlarini aniqladi, buning ortidan uning narxi o‘rtacha 10 foizdan 50 foizgacha ko‘tarilgan.

Ozodbek Nazarbekov ishtirokidagi reklama roligi bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi — Raqobat qo‘mitasi
3 iyul 2024, 20:55 1

Ozodbek Nazarbekov ishtirokidagi reklama roligi bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi — Raqobat qo‘mitasi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov mahalliy kiyim brendini reklama qilgani yuzasidan o‘rganish ishlari boshlandi, dedi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi. Jamoatchilik vazirning reklama roligidagi ishtirokini qonunbuzilish holati sifatida baholamoqda.

“Qaysidir korxona fikri bilan birdaniga cheklov kiritilmaydi”. Raqobat qo‘mitasi — BYD importini cheklash so‘rovi haqida
20 mart 2024, 17:16

“Qaysidir korxona fikri bilan birdaniga cheklov kiritilmaydi”. Raqobat qo‘mitasi — BYD importini cheklash so‘rovi haqida

Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev BYD kompaniyasi O‘zbekiston hukumatidan elektromobillar importini cheklashni so‘raganiga izoh berdi. “Qaysidir xo‘jalik subyekti fikri bilan birdan cheklov qabul qilinmaydi, muvozanatli qaror qabul qilinadi”, — dedi u. Qo‘mita o‘z taklifini berishi aytildi.

Raqobat qo‘mitasi “O‘zbekneftgaz” “zapravka”larining xususiylashtirilishi masalasini o‘rganmoqda
20 mart 2024, 15:28

Raqobat qo‘mitasi “O‘zbekneftgaz” “zapravka”larining xususiylashtirilishi masalasini o‘rganmoqda

Raqobat qo‘mitasi UNG Petro yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i xususiylashtirilishi bo‘yicha kelishuvni o‘rganayotganini ma’lum qildi. Qo‘mita rasmiysi bozor konsentratsiyasiga ta’sir qiluvchi bitimlar oldidan qo‘mita roziligi olinishi kerakligi, lekin qonunchilikda ba’zi istisnolar borligini aytdi.

O‘zbekistonga benzin importini nimalar qiyinlashtirmoqda?
5 mart 2024, 16:14

O‘zbekistonga benzin importini nimalar qiyinlashtirmoqda?

Raqobat qo‘mitasi benzin importi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning yettita asosiy muammosini o‘rgandi. Ular orasida temir yo‘l logistikasining qimmatligi, kredit yuklamasining yuqoriligi, majburiy sertifikatlash talabi, katta hajmdagi benzinni saqlash uchun sig‘imlarning yo‘qligi va boshqalar bor.

O‘zbekistondagi 12 ta avtolizing korxonasi mansabdorlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
30 yanvar 2024, 18:04

O‘zbekistondagi 12 ta avtolizing korxonasi mansabdorlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelgan 12 ta avtolizing korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Raqobat qo‘mitasi fuqarolarni bunday firmalar aldoviga ishonib qolmaslikka chaqirdi.

Raqobat qo‘mitasi chegirmalar haqidagi ishonchsiz reklamalar bo‘yicha shikoyat qilishga chaqirdi
22 dekabr 2023, 12:09

Raqobat qo‘mitasi chegirmalar haqidagi ishonchsiz reklamalar bo‘yicha shikoyat qilishga chaqirdi

Raqobat qo‘mitasi ba’zi yirik savdo tarmoqlari tovarlar narxini keskin ko‘tarib, so‘ngra biror bayram munosabati bilan ularni eski narxiga qaytargan holda chegirma e’lon qilishi, bu esa “xarid illyuziyasi”ni keltirib chiqarishidan ogohlantirdi. Qo‘mita ishonchsiz reklamalar bo‘yicha shikoyat qilishga chaqirdi.

Qonunchilik palatasi yig‘ilishida raqobat to‘g‘risidagi qonun kun tartibidan chiqarildi
12 dekabr 2023, 17:45

Qonunchilik palatasi yig‘ilishida raqobat to‘g‘risidagi qonun kun tartibidan chiqarildi

Qonunchilik palatasi deputatlari raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini kun tartibidan chiqardi. Unda davlat yordami bo‘yicha loyihalarni Raqobat qo‘mitasi bilan maslahatlashishni majburiy qilish, ayrim sanksiyalarni yumshatish taklif etilgandi.

O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi 27 ta sayt bloklandi
19 sentabr 2023, 14:41

O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi 27 ta sayt bloklandi

Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi 27 ta sayt bloklanganini ma’lum qildi. IIOga estrada yulduzlari, sportchilar va blogerlar tomonidan totalizatorlar xizmatlarini reklama qilish holatlari bo‘yicha 11 ta xat ham kiritilgan.

Uzbekistan Airports Oliy sudga kassatsiya shikoyati bermoqchi
27 iyul 2023, 15:11

Uzbekistan Airports Oliy sudga kassatsiya shikoyati bermoqchi

Raqobat qo‘mitasi Uzbekistan Airports`ga barcha taksi kompaniyalarining Toshkent aeroportiga kirishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar bergandi. Kompaniya qo‘mita qarori bekor bo‘lishi uchun harakat qilishini va shu paytga qadar holat yuzasidan birorta shikoyat kelib tushmaganini bildirdi.

Toshkent aeroportiga faqat bitta kompaniya taksilari kira olishi qonunni buzmoqda — Raqobat qo‘mitasi
27 iyul 2023, 10:11

Toshkent aeroportiga faqat bitta kompaniya taksilari kira olishi qonunni buzmoqda — Raqobat qo‘mitasi

Raqobat qo‘mitasi Uzbekistan Airports yagona taksi xizmati qonun talablarini buzayotganini ma’lum qildi. Kompaniyadan barcha taksilarning terminalga kirishi uchun sharoit yaratish va to‘xtash joylari narxlarini qayta ko‘rib chiqish talab qilindi. Uzbekistan Airports qo‘mitani sudga bergandi, ammo yakunda yutqazdi.

Eksklyuziv huquqlarga ega kompaniyalar reyestrga kiritiladi
13 iyul 2023, 11:58

Eksklyuziv huquqlarga ega kompaniyalar reyestrga kiritiladi

2023-yil oktabridan O‘zbekistonda eksklyuziv huquqlar berilgan kompaniyalar reyestrini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu reyestrni yuritish va kamsitmaslik shartlariga rioya etilishini nazorat qilishga Raqobat qo‘mitasi javobgar bo‘ladi. Qo‘mita “Biz sizni tinglaymiz” loyihasini ham amalga oshiradi.

Gaz va elektr energiyasi tariflarini tartibga solish mustaqil tuzilmalarga o‘tkaziladi
12 iyul 2023, 15:57

Gaz va elektr energiyasi tariflarini tartibga solish mustaqil tuzilmalarga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda tabiiy monopoliyalar, jumladan, elektr energiyasi, gaz, aloqa, yo‘llar va aviatsiya bilan bog‘liq sohalarda bosqichma-bosqich mustaqil bozor regulyatorlari instituti joriy etiladi. Raqobat qo‘mitasi 2025-yilgacha bu bozorlardagi tariflarni tartibga solishni ularga topshirishi kerak bo‘ladi.

Raqobat qo‘mitasi endi prezident va Senatga hisobdor bo‘ladi
12 iyul 2023, 11:01

Raqobat qo‘mitasi endi prezident va Senatga hisobdor bo‘ladi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi o‘z faoliyatida bevosita prezidentga va Senatga hisobdor etib belgilandi. Qo‘mita har yili iqtisodiyotda raqobat muhiti va iste’molchilar huquqlarining himoya qilinishi holati to‘g‘risida hisobot berib boradi.

“Bizning ruxsatimizsiz birlashsa, jazoga tortiladi”. Raqobat qo‘mitasi raisi — Uzum va Click birlashishi haqida
11 iyul 2023, 14:37

“Bizning ruxsatimizsiz birlashsa, jazoga tortiladi”. Raqobat qo‘mitasi raisi — Uzum va Click birlashishi haqida

Raqobat qo‘mitasi raisi Shohruh Shorahmedov Uzum va Click kompaniyalari qo‘mita ruxsatisiz birlashsa, jazoga tortilishini ma’lum qildi. Avvalroq kompaniyalar o‘zaro birlashgani to‘g‘risida qo‘shma bayonot bergan, keyinroq esa qo‘mita hali birlashuv bo‘yicha rasmiy bitim tuzilmaganini bildirgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting