Urgut tumanida joylashgan suyultirilgan gaz quyish shaxobchasiga gaz tushirayotgan vaqtida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda haydovchi va gaz shaxobchasining bir nafar ishchisi voqea joyida vafot etgan.
Samarqand viloyatida YPX xodimlari tomonidan qo‘lga olinish chog‘ida vafot etgan tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosarining ishi bo‘yicha surishtiruvlar davom etmoqda. Marhumning qarindoshlari uning ikki qo‘lida barmoq izlari, bo‘ynida va yuzida shilingan jarohatlar borligini aytishmoqda. Jasadni tekshirgan shifokor esa uning tanasida jarohatlar ko‘rmaganligini, faqatgina o‘ng ko‘z atrofida kichkina shilingan joyi bo‘lganligini ta’kidladi.
Jomboy tumanidagi 28-maktabning 7−11-sinflarida tahsil oluvchi ayrim o‘quvchilar o‘z sinfxonalarini ta’mirlash ishlariga jalb qilingani aytilmoqda.
Samarqandda Suriya va Yaqin sharqdagi terroristik tashkilotlar jangarilari safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan 14 nafar shaxslardan iborat guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.
Samarqanddagi AGTKSda gaz ballonli Nexia portladi, jabrlanganlar yo‘q.
Toyloq tumanidagi maktablardan birida 9-sinf o‘quvchisi sheriklari bilan maktab direktor o‘rinbosarini kaltakladi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqanddagi 63-sonli aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarbiyalanuvchilari kaltaklangani bo‘yicha holat Bola ombudsmani tomonidan o‘rganib chiqildi. Suratdagi 2 nafar bolani otasi uyiga qaytarib olib ketgan, ko‘zi ko‘kargan bola esa tengdoshi bilan urishganini aytgan. «Muassasada nosog‘lom muhit hukm surmoqda», — deyiladi xabarda.
Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, TATUning Samarqand filiali bo‘limi boshlig‘i va uning sherigi samarqandlik fuqaroga Qozog‘istondagi institutlardan birida o‘qiyotganligi haqida hujjat tayyorlab berish evaziga 3000 dollar olganida ushlangan.
Oqdaryo tumanida 1 gektar yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 50 ming dollar va Nexia-3 avtomashinasi talab qilgan mas’ul shaxslar qo‘lga olingan. Shuningdek, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om, Samarqand va Payariq tumanlarida ham noqonuniy yer sotish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatidagi 63-sonli maxsus maktab-internatining tarbiyalanuvchilari yuz-ko‘zlari ko‘kargani aks etgan surat va xabarlar tarqaldi. Holat hokimlik tomonidan o‘rganilmoqda, Senat tomonidan nazoratga olindi.
Uy-joy masalasida yechim izlab Vazirlar Mahkamasiga borgan mehribonlik uylarining sobiq tarbiyalanuvchilari IIO xodimlari tomonidan kaltaklangani holati Senat nazoratiga olindi. Ushbu holatga tez orada qonuniy baho berilishi aytildi.
2 ming AQSH dollari miqdoridagi poradan bosh tortgan Samarqand IIO FMB xodimi 15 mln so‘m mukofot bilan taqdirlandi. Uning ota-onasiga esa tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Kattaqo‘rg‘onda o‘zaro janjal oqibatida singil o‘z opasini pichoqlab, o‘limga olib kelgan tan jarohati yetkazgan. Fuqaroga «qasddan odam o‘ldirish» va «yengilroq jazo tayinlash» moddalari bilan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
Samarqand viloyatida 42 yoshli Turkiya fuqarosi o‘z boshqaruvidagi yuk avtomashinasida piyodani urib yubordi. 39 yoshli piyoda voqea joyida vafot etgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan haftada Samarqandga tashrifi chog‘ida Paxtachi tumanida fizika-matematikaga ixtisoslashgan maktab tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov mazkur tumanga borib, mavjud imkoniyatlarni o‘rgandi. Maktab sobiq Paxtachi avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kolleji o‘rnida tashkil etiladi.
Turizm va sport vazirining ta’kidlashicha, «Samarqand turizm salohiyatining ko‘pi bilan 5 foizidan foydalanayapmiz». Buning uchun yangi aeroport qurilayotgani va yiliga 1,5 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi aytildi. Aziz Abduhakimov Uzbekistan Airways`ning qimmat parvozlari muammosi Samarqand xalqaro aeroportiga ochiq osmon maqomi berilishi bilan hal qilinishini ta’kidladi. «Samarqand xalqaro aeroporti ochilsa, narxlar tushadi», — dedi u.
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida Qorasuv mavzesida uy-joy qurilishi bilan tanishdi. Davlat rahbari quruvchi tashkilotning sifat uchun mas’uliyati va javobgarligini yanada kuchaytiradigan mexanizm ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.
Urgutda fuqaro otasiga qarashli fermer xo‘jaligi yerini $14 mingga sotishga urindi. Prokuratura va DXX xodimlari uni pullarni olgan vaqtida qo‘lga olishgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlikka oid moddasi bilan ish ochildi.
28 mart kuni kuchli yog‘ingarchilik sababli Samarqand va Navoiy viloyatlaridagi bir nechta hududlar sel ichida qoldi. Samarqandda uylar suv ostida qolgan, mashinalar oqib ketgan va ko‘priklar buzilgan. Navoiy viloyatida ham suv mashinani oqizib ketgan va ba’zi hududlardagi uylarni sel bosgan.
Payshanba kuni maktabdan uyiga qaytayotgan o‘quvchini yuk poyezdi urib yubordi. U sinfdoshlarini kutib turganida sumkasi yuk poyezdiga tegib, uni sudrab ketgan. O‘quvchi bosh qismidan jarohat olgan. U shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramasdan vafot etgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting