«senat» tegli maqolalar


«Yil ayoli» tanlovi g‘oliblari va gender tengligi uchun kurashgan eng faol tashkilotlar aniqlandi
27 dekabr 2021, 23:41

«Yil ayoli» tanlovi g‘oliblari va gender tengligi uchun kurashgan eng faol tashkilotlar aniqlandi

«Yil ayoli» tanlovida qoraqalpog‘istonlik fermer xo‘jaligi rahbari Palzada Saliyeva g‘olib bo‘ldi. Ayollar tengligini ta’minlovchi eng faol davlat organi sifatida Mudofaa vazirligi, gender tengligini ta’minlovchi huquqni muhofaza qiluvchi organ sifatida esa Adliya va Ichki ishlar vazirligi tanlandi.

Senator Senat rahbarining Twitter ijtimoiy tarmog‘idan foydalanishiga izoh berdi
21 dekabr 2021, 10:40

Senator Senat rahbarining Twitter ijtimoiy tarmog‘idan foydalanishiga izoh berdi

O‘zbekistonda Twitter faoliyati cheklanganiga qaramasdan, davlat organlari va rasmiy shaxslar, jumladan Senat rahbari Tanzila Narbayeva hamda prezident matbuot xizmati mazkur ijtimoiy tarmoqda postlar e’lon qilishda davom etmoqda. Senator Farhod Boqiyev Senat rahbari kim uchun tvitlar yozayotganini tushuntirishga harakat qildi.

«Hozirda bozorning ko‘chirilishi haqida hech qanday gap-so‘z yo‘q» — senator «Qo‘yliq» bozori haqida
18 dekabr 2021, 15:42

«Hozirda bozorning ko‘chirilishi haqida hech qanday gap-so‘z yo‘q» — senator «Qo‘yliq» bozori haqida

Senator Tolibjon Madumarov «Qo‘yliq» bozori ko‘chirilishi bo‘yicha hali biror qonuniy asos yo‘qligini hamda bu boradagi shov-shuvlar o‘sha yerdagi bozorchilarning asossiz tashviqoti ekanini ta’kidladi. Avvalroq bozor ko‘chirilishi haqida 2017 yildayoq qaror qilingani aytilgandi.

Senat 2022 yilgi davlat budjetini ma’qulladi
15 dekabr 2021, 19:12

Senat 2022 yilgi davlat budjetini ma’qulladi

Senat 2022 yilgi davlat budjetini ma’qulladi. Unga ko‘ra, kelgusida yilda mamlakat YAIM o‘sish sur’atlari 6 foiz, inflyatsiya esa 9 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Davlat budjetidan ijtimoiy sohaga jami 74,6 trln ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Senatorlar «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlarni ma’qulladi
19 noyabr 2021, 14:45

Senatorlar «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlarni ma’qulladi

Senatorlar tomonidan ma’qullangan «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, sotuvchiga to‘lov shakliga qarab tovarlarga turli narxlar belgilash taqiqlanadi. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining ushbu sohadagi vakolatli davlat organi sifatidagi vakolatlari qonun hujjatlarida mustahkamlanmoqda.

Senat favqulodda holat to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunni tasdiqladi
19 noyabr 2021, 11:53

Senat favqulodda holat to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunni tasdiqladi

Senat «Favqulodda holat to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunni tasdiqladi. Qonun favqulodda holatni joriy etish shartlari va tartibi, qo‘llaniladigan choralar va cheklashlar, fuqarolar huquqlarining kafolatlari, sudlar faoliyati va boshqa masalalarni tartibga soladi. Qonunga ko‘ra, mamlakat hududida favqulodda holat muddati 30 sutkadan oshmasligi kerak va bu muddat faqat prezident farmoni bilan uzaytirilishi mumkin, farmon esa parlament tomonidan tasdiqlanishi lozim.

Mudofaa va huquqni muhofaza qiluvchi organlar davlat budjetidan qo‘shimcha 1,43 trln so‘m oladi
27 oktabr 2021, 19:56

Mudofaa va huquqni muhofaza qiluvchi organlar davlat budjetidan qo‘shimcha 1,43 trln so‘m oladi

Mudofaa va huquqni muhofaza qiluvchi organlarni saqlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 1,43 trln so‘m ($133,7 mln) yo‘naltiriladi. Senat buni nazarda tutuvchi o‘zgartishlarni davlat budjetiga kiritishni ma’qulladi. Iyunda senatorlar kuch ishlatar tuzilmalar xodimlarini moddiy ta’minlash, qo‘shimcha shtatlar ajratish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 1,1 trln so‘m ajratishni ham ma’qullagan edi.

«Qonun imkoniyati cheklangan shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri imtiyoz bermaydi». Senatorlar jamiyatlar vakillari bilan uchrashdi
27 oktabr 2021, 14:23

«Qonun imkoniyati cheklangan shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri imtiyoz bermaydi». Senatorlar jamiyatlar vakillari bilan uchrashdi

Nogironlar, Karlar va Ko‘zi ojizlar jamiyatlari senatorlar rad etgan «Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonunni ma’qullashni so‘rab, Senatga murojaat qilgan edi. Shundan so‘ng, senatorlar Odiljon Iminov va Erkin Gadoyev jamiyatlar rahbarlari bilan uchrashdi. Ta’kidlanishicha, «uchrashuvda qonun imkoniyati cheklangan shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri imtiyoz va preferensiyalar berishni nazarda tutmasligi tushuntirilgan». Qolaversa, hujjatni qayta ishlashda hamkorlik qilish taklif etilgan.

«Qonun qabul qilinishini bir necha yillardan beri kutayotgandik». Nogironlar, Karlar va Ko‘zi ojizlar jamiyatlari Senatga murojaat qildi
22 oktabr 2021, 11:38

«Qonun qabul qilinishini bir necha yillardan beri kutayotgandik». Nogironlar, Karlar va Ko‘zi ojizlar jamiyatlari Senatga murojaat qildi

Nogironlar, Karlar va Ko‘zi ojizlar jamiyatlari senatorlar rad etgan «Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonunni ma’qullashni so‘rab, Senatga murojaat qildi. Unda imkoniyati cheklangan shaxslar ushbu qonunni bir necha yildan beri kutayotgani, aslida «boshidan o‘tkazgan» insongina holat qandayligini bilishi ta’kidlangan. Jumladan, so‘nggi 3 yilda Karlar jamiyati korxonalarining daromadi 5 baravargacha tushib ketgani, ulardagi ishchilar soni esa 2000 yildagi 4900 kishidan 2020 yilga kelib 1479 nafarga kamaygani aytilgan.

«Madaniy meros obyektlarini saqlashning shaffof huquqiy mexanizmini yaratish kerak» — Tanzila Narbayeva
20 oktabr 2021, 16:22

«Madaniy meros obyektlarini saqlashning shaffof huquqiy mexanizmini yaratish kerak» — Tanzila Narbayeva

Senat madaniy meros obyektlarini saqlash va himoyasini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturi doirasidagi ishlar to‘liq bajarilmayotganligini ta’kidladi. Senat qo‘mitasi Toshkentda madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan ayrim obyektlar ko‘rsatilgan manzilda yo‘qligi, 4 ta obyekt mavjud emasligini, 56 ta obyektning kadastr hujjatlari bo‘lmaganligini aniqlagan. Senat raisi Tanzila Narbayeva madaniy meros obyektlarini saqlashning huquqiy mexanizmini yaratish kerakligini qayd etdi.

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 20 oktabr kuni chaqiriladi
12 oktabr 2021, 20:18

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 20 oktabr kuni chaqiriladi

Senatning 20-yalpi majlisi 20 oktabr kuni chaqiriladi. Unda ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun, Bojxona kodeksi, Suv va suvdan foydalanish, Muzeylar to‘g‘risidagi qonunlarga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish masalalari ko‘riladi. Qolaversa, bosh vazir o‘rinbosari va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining axborotlari eshitiladi.

Bola asrab olish tartiblari soddalashtirilmoqda
30 sentabr 2021, 15:59 10

Bola asrab olish tartiblari soddalashtirilmoqda

Farzandlikka olish tartiblari soddalashtirilmoqda. Jumladan, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etib, jazo muddatini o‘taganlarga farzandlikka olish imkoniyati yaratiladi. Ushbu jarayonga monelik qiladigan kasalliklarga chalingan shaxslar ro‘yxati tasdiqlanadi.

5,2 mlrd so‘mlik o‘simliklar, portugal marmari: Senatning yangi binosi rekonstruksiyasi qanday ketmoqda?
28 sentabr 2021, 14:54

5,2 mlrd so‘mlik o‘simliklar, portugal marmari: Senatning yangi binosi rekonstruksiyasi qanday ketmoqda?

Toshkent markazidagi Senat binosini rekonstruksiya qilish doirasida 5,2 mlrd so‘mga o‘simliklar, 1 mlrd so‘mlik suvenirlar, portugal marmaridan plitalar va 1,1 mlrd so‘mlik ustunli kapitel va boshqaalar sotib olindi.

O‘zbekistonda yurak va o‘pka transplantatsiyasi yo‘lga qo‘yiladi — Senat
21 sentabr 2021, 10:51

O‘zbekistonda yurak va o‘pka transplantatsiyasi yo‘lga qo‘yiladi — Senat

O‘zbekistonda kelajakda buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini yiliga 250 taga yetkazish, jigar transplantatsiyasini esa 50 taga yetkazish rejalashtirilgan, ma’lum qildi Senat matbuot xizmati. Shuningdek, yurak transplantatsiyasini joriy etish va yiliga 50 ta amaliyot hamda o‘pka transplantatsiyasini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda.

Senatorlar 8 ta qonunni ma’qulladi
28 avgust 2021, 16:23

Senatorlar 8 ta qonunni ma’qulladi

18 yalpi majlisda senatorlar jami 8 ta qonunni, shu jumladan, sug‘urta faoliyati, qishloq xo‘jaligi kooperativi, soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kunini belgilash, harbiy xizmat, Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish kiritish haqidagi hujjatlar ma’qulladi.

DXX xodimlari kuni 26 sentyabrda nishonlanadi
27 avgust 2021, 14:41

DXX xodimlari kuni 26 sentyabrda nishonlanadi

Senat Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kunini 26 sentyabrga belgilash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Oldinroq DXX kasbiy bayrami 5 aprel kuni nishonlanar edi.

«Afg‘onistonda barcha siyosiy kuchlarning manfaatini e’tiborga oladigan koalitsion hukumat shakllanishi tarafdorimiz» — TIV
26 avgust 2021, 12:49

«Afg‘onistonda barcha siyosiy kuchlarning manfaatini e’tiborga oladigan koalitsion hukumat shakllanishi tarafdorimiz» — TIV

Senatning yalpi majlisida Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev Afg‘oniston borasida O‘zbekistonning pozitsiyasini ma’lum qildi. «Eng avvalo biz Afg‘onistonda barcha siyosiy kuchlarni manfaatini e’tiborga oladigan, ularning o‘zaro tinchlik muzokaralari natijasida erishiladigan koalitsion hukumat shakllanishi tarafdorimiz», — dedi u.

«Odamlar jarima to‘lab, yana daraxt kesishni davom ettiryapti» — Senat raisi
31 iyul 2021, 13:15

«Odamlar jarima to‘lab, yana daraxt kesishni davom ettiryapti» — Senat raisi

2021 yilning 6 oyi davomida 4,5 mingdan ortiq daraxt noqonuniy kesilgan, natijada o‘simlik dunyosiga 6,7 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Senat raisi Tanzila Narbayeva moratoriy davrida ham daraxtlarning kesilishiga tizimdagi sustkashliklar sabab bo‘layotganligi ta’kidladi. «Odamlar jarima to‘lab, yana daraxt kesishni davom ettiryapti», — dedi u.

O‘zbekistonda 6 oyda 45 mingdan ortiq jinoyatlar sodir etilgan
30 iyul 2021, 18:08

O‘zbekistonda 6 oyda 45 mingdan ortiq jinoyatlar sodir etilgan

2021 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 45 mingdan ortiq jinoyatlar sodir etilib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 111,9 foizga oshgan. 217 ta qotillik jinoyatlarining har uchinchisi qarindoshlar yoki qo‘shnilar o‘rtasida sodir bo‘lgan.

Odam savdosi ikki baravardan ziyodga oshgan — Tanzila Narbayeva
30 iyul 2021, 17:29

Odam savdosi ikki baravardan ziyodga oshgan — Tanzila Narbayeva

Senatning yalpi majlisida ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov yarim yil ichida sodir etilgan jinoyatlar haqida axborot berdi. Jumladan, 99 ta odam savdosi fosh etilgani aytildi. Tanzila Narbayeva esa ushbu jinoyatlar o‘tgan yilga nisbatan ikki baravardan ko‘proqqa oshgani va 34 ta holat chaqaloqlar savdosi bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting