“Qonunlar qog‘ozda emas, balki amalda qat’iy bajarilganda”, odamlar hayotida xotirjamlik va ro‘zg‘orida farovonlik bo‘ladi, dedi prezident. “Bu maqsadga to‘la erishish mumkin”, dedi u prokuratura xodimlariga yo‘llagan tabrigida.
2024-yil O‘zbekistonda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. “Inson qadrini ulug‘lash, aholimiz manfaatlarini ta’minlash, buning uchun kuchli iqtisodiyot barpo etish bizning asosiy vazifamizdir”, — dedi u o‘zining Yangi yil tabrigida.
Kelgusi 6 yilda O‘zbekistonda elektrga bo‘lgan talab 83 mlrd dan 120 mlrd kilovatt-soatgacha o‘sishi kutilmoqda. “Buni, birinchi galda, qayta tiklanadigan energiya hisobidan qoplaymiz”, — dedi prezident. U, shuningdek, Osiyo va Yevropa bozorlariga “yashil” energiya yetkazib berish rejalarini ham ma’lum qildi.
Sankt-Peterburgda MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy sammiti bo‘ldi. Yetakchilar yil yakuni va kelgusi yil rejalarini muhokama qildi. Mirziyoyev o‘zaro hamkorlikni “tubdan” kengaytirishga chaqirdi. Putinning aytishicha, Rossiya butun MDH hududida “do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik”ni rivojlantirishga intilmoqda.
Amaliy tashrif bilan Rossiyaga borgan O‘zbekiston prezidenti MDH davlatlari rahbarlari hamrohligida Sankt-Peterburg shahrining saroy-bog‘ majmualari bilan tanishdi. Foto.
2024-yilgi konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi chegarasi 3 foiz o‘rniga 4 foiz etib tasdiqlandi (52,5 trln so‘m). Davlat qarzi bo‘yicha chegara ham 5 mlrd dollargacha oshdi, unga xizmat ko‘rsatish yanada qimmatlashadi. YAIM o‘sishi 5,6−5,8 foiz, inflyatsiya 8−10 foiz darajasida prognoz qilinmoqda.
Shavkat Mirziyoyev 25-dekabr kuni amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi. Davlat rahbari MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etadi.
“Do‘stlar klubi” O‘zbekiston madaniyat muassasalariga 85 mlrd so‘mlik xayriya yordamini ko‘rsatdi, dedi prezident. Uning fikricha, metsenatlik harakatini doimiy ishlaydigan tizimga aylantirish kerak.
Shavkat Mirziyoyev diniy e’tiqod niqobi ostida yoshlarni ma’rifatga emas jaholatga undayotgan kishilar paydo bo‘layotganini ta’kidladi. Prezident, shuningdek, Haj va Umra ziyoratiga borib kelganlar orasida o‘zini ko‘z-ko‘z qilish, manmanlikka berilish kabi holatlar kuzatilayotganini tanqid qildi.
Prezident davlat idoralari xodimlari va rahbarlar teatrlarga tashrif buyurishi uchun har oyning bir kunini “Teatr kuni” deb e’lon qilishni taklif etdi. Muzeylar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha 7 yillik dasturni qabul qilish va Fransiya bilan birga Milliy restavratsiya markazini tashkil etish reja qilinmoqda.
Prezident Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston mafkuraviy sohada raqobatga tayyormi, degan savolni berdi. Uning aytishicha, mamlakat madaniy diplomatiyani kuchaytiradi. Shuningdek, o‘zbek xalqi jadidlar ko‘rsatgan yo‘ldan og‘ishmay borishi kerakligi ta’kidlandi.
Televideniyeda “praym-taym”da ko‘proq xorijiy seriallar namoyish etilmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev. U mahalliy ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashni taklif etib, Milliy seriallar ishlab chiqarish konsepsiyasini yaratish bo‘yicha topshiriq berdi. Toshkent viloyatida Cinema Park kinohududi tashkil etiladi.
Shavkat Mirziyoyev korrupsiya jinoyatlari uchun mansabdor shaxslarning hibsga olinishi va jinoiy guruhlar vakillariga qarshi o‘tkazilayotgan reydlar bo‘yicha izoh berdi. “Biz bunga hech qachon jim qarab turolmaymiz”, — dedi u.
“Ilgari manfaatlarini diplomatiya bilan himoya qilgan qudratli markazlar endi ochiqchasiga bosim o‘tkazish yo‘liga o‘tyapti. Bunday jarayon ta’siri mamlakatimizni ham chetlab o‘tmayapti”, — dedi Shavkat Mirziyoyev. Unga ko‘ra, bu vaziyatda “milliy manfaatlarga javob beradigan to‘g‘ri yo‘lni topish oson bo‘lmayapti”.
O‘zbekistonda 2023-yilning 11 oyida 5,5 mingta kiberjinoyat sodir etildi, shundan 70 foizi bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlaridir. Prezident barcha elektron to‘lov tizimlari uchun yagona kiberxavfsizlik talablarini ishlab chiqish topshirig‘ini berdi.
Prezident bozorni O‘zbekistonning “tashrif qog‘ozi”ga aylantirish zarurligini ta’kidladi. U milliy madaniyatni aks ettiruvchi yangi zamonaviy bozor komplekslari loyihasini ishlab chiqishni topshirdi. Har bir hududda zargarlik majmualari tashkil etish, mehmonxona va mehmon uylari sonini ko‘paytirish reja qilindi.
Prezident 2024-yilda temiryo‘l va aviatransport hajmini 20 foizga oshirish bo‘yicha topshiriq berdi. Bunga erishish uchun Toshkent va viloyatlar markazlari o‘rtasida kamida ikkita, viloyatlar o‘rtasida haftasiga bitta reys yo‘lga qo‘yish, kamida 7 ta samolyot va 6 ta tezyurar poyezd olib kelish rejalashtirilmoqda.
Prezident oilaviy tadbirkorlik uchun garovsiz kreditning maksimal miqdori 33 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha oshirilishini ma’lum qildi. U, shuningdek, “biznesga qadam qo‘yayotgan” yakka tartibdagi tadbirkorlarga kredit berish taklifini ma’qulladi.
Prezident Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mukofotning taqdirlash marosimida “halollik vaksinasi” bilan emlangan yangi avlodni tarbiyalash ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi. U Korrupsiya muammolari bo‘yicha mintaqaviy tadqiqot markazi hamda korrupsion surishtiruv instituti joriy etishni taklif qildi.
“Kamalak” bolalar tashkiloti negizida O‘zbekiston bolalar tashkilotini tuzish reja qilinmoqda. Bu bolalarning qobiliyat va iqtidorlarini rivojlantirishga, shuningdek, ularni qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shishi kerak. Davlat rahbariga o‘tayotgan yilda yoshlar qanday qo‘llab-quvvatlangani bo‘yicha ma’lumot berildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting