O‘zbekistonda fermerlarga o‘z faoliyatida qisman erkinlik beriladi. Prezident fermerlar bir viloyat ichidagi xohlagan klasteri bilan shartnoma tuzish va ortiqcha hosilni birja orqali sotish huquqiga ega bo‘lishini ma’lum qildi.
O‘zbekiston prezidenti IHT sammitidagi chiqishida o‘zgarib borayotgan dunyo siyosiy arxitekturasining xavf-xatarlariga javoban a’zo mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirishni taklif qildi. Davlat rahbari tashkilot hududida o‘zaro savdoni soddalashtirish bo‘yicha bitimni qabul qilishga chaqirdi.
Shavkat Mirziyoyev IHT sammitidagi nutqida Falastin-Isroil urushining mintaqa bo‘ylab yoyilib ketish xavfi tobora real tus olayotganini aytdi. “Biz tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga, tinch muzokaralarni boshlash, oqilona murosaga kelishga chaqiramiz”, dedi prezident.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatarning sobiq bosh vaziri Hamad bin Jassim Ol Soniy Buxoro va Toshkentda qator investitsion loyihalarni amalga oshirish, jumladan, yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan avtomobil va temir yo‘llar infratuzilmasini barpo etish masalasini ko‘rib chiqdi.
O‘zbekiston prezidenti TDT sammitida so‘zlagan nutqida Turkiy dunyo xartiyasini ishlab chiqish, Turkiy taraqqiyot bankini tashkil etish bo‘yicha ishlarni faollashtirish, ishtirokchi davlatlarning temir yo‘l idoralari kengashi va Turkiy ekologiya forumini tuzishni taklif qildi.
Ostonada o‘tgan sammitda O‘zbekiston prezidentiga “turkiy xalqlar oilasining birligini mustahkamlashga, turkiy mamlakatlar manfaatlarini xalqaro maydonda faol ilgari surishga qo‘shgan hissasi uchun” “Turkiy dunyoning oliy ordeni” topshirildi.
Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida Isroil-Falastin mojarosi haqida gapirdi. “Biz tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlar va o‘t ochishni to‘xtatishga hamda sulh tuzishga chaqiramiz”, — dedi u. Prezident “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyilini qo‘llash tarafdori ekanini bildirdi.
Fransiyaning Orano kompaniyasi O‘zbekistondagi uran konlarida geologik qidiruv ishlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Shavkat Mirziyoyev fransuz kompaniyalariga islohotlar va ochiq iqtisodiyot siyosati davom etishiga kafolat berdi. Respublikalar munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqmoqchi.
Shavkat Mirziyoyevning Emmanuel Makron bilan o‘tgan tor doiradagi uchrashuvida Toshkentda O‘zbekiston-Fransiya oliygohini ochishni tezlashtirish va fransuz tili o‘qituvchilarini tayyorlashda hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi. Shuningdek, Fransiya alyansining Samarqanddagi filiali ochilishi e’lon qilindi.
Samarqanddagi Kongress markazida Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Davlat rahbarlari u yerda ko‘p qirrali munosabatlarni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqadi.
Shavkat Mirziyoyev Fransiya rahbari Emmanuel Makron bilan uchrashdi. Ular tunda Samarqand bo‘ylab sayr qildi, Registon maydoni va “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasiga tashrif buyurdi (foto, video).
Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiya rahbari Emmanuel Makron bilan ikki tomonlama sammit o‘tkaziladigan Samarqand shahriga bordi.
O‘zbekistonda ko‘p xotinlikni targ‘ib qilish BHMning 30 baravarigacha (9,9 mln so‘mgacha) jarima yoki 15 sutkagacha qamoq bilan jazolanadigan bo‘ldi. Shuningdek, jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilish va jamoat joylarida yuzni tanib bo‘lmas darajada berkitish ham javobgarlikka sabab bo‘ladi.
1−2-noyabr kunlari Fransiya prezidenti O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Tashrif tadbirlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi, unda Emmanuel Makron va Shavkat Mirziyoyev o‘rtasidagi muzokaralar hamda ikki davlat biznes-forumi o‘tkaziladi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston G‘azo sektori aholisiga yordam ko‘rsatish uchun BMTning Yaqin Sharq agentligiga 1,5 million dollar ajratganini ma’lum qildi.
Prezident O‘zbekiston Falastin xalqi bilan birdamligi va uning qabul qilingan rezolyutsiyalarga muvofiq o‘z mustaqil davlatini barpo etishga bo‘lgan huquqini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. U, shuningdek, yoshlarni yolg‘on tashviqotlarga berilmaslikka chaqirdi.
Prezident Qarshi tumanidagi ta’mirdan chiqqan 12-maktabga tashrifidan so‘ng amalga oshirilgan ishlardan norozi bo‘lib, bosh vazir o‘rinbosalari Achilbay Ramatov va Jamshid Qo‘chqorovga maktablarni qurish va ta’mirlash jarayonlari hamda mablag‘larning maqsadli sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha topshirib berdi.
O‘zbekiston prezidenti Qashqadaryoga tashrifi davomida Qarshi tumanidagi 12-maktabning kamchiliklariga e’tibor qaratdi va maktab qurilishi standartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.
Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning milliy bayrami — Respublika e’lon qilingan kunning 100 yilligi munosabati bilan Rejep Tayyip Erdog‘anga tabrik yo‘lladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot davomida Qarag‘anda viloyatidagi konda ro‘y bergan avariyaning fojiali oqibatlari munosabati bilan hamdardlik bildirdi. O‘zbekiston zarur ko‘makni ko‘rsatishga tayyorligi ma’lum qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting