«shavkat mirziyoyev» tegli maqolalar


Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi
6 sentabr 2022, 21:40

Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

Xitoyning Sichuan provinsiyasida sodir bo‘lgan 6,8 magnitudali zilzila qurbonlari soni 66 kishiga yetdi, 250 dan ortiq mahalliy aholi jarohatlandi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga o‘rmon yong‘inlari oqibatlarini bartaraf etishda yordam taklif qildi
6 sentabr 2022, 20:43

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga o‘rmon yong‘inlari oqibatlarini bartaraf etishda yordam taklif qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali suhbatda Qo‘stanay viloyatidagi o‘rmon yong‘inlari oqibatlarini bartaraf etishda yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Foto: Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi
2 sentabr 2022, 14:20

Foto: Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Shavkat Mirziyoyev bundan 6 yil avval vafot etgan Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. «Birinchi prezidentimizga hurmat o‘z tariximizga hurmat ifodasidir», — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

«Ayollarga nisbatan ayrim zo‘ravonliklarni umuman qabul qilib bo‘lmaydi» — prezident
1 sentabr 2022, 16:49

«Ayollarga nisbatan ayrim zo‘ravonliklarni umuman qabul qilib bo‘lmaydi» — prezident

Shavkat Mirziyoyev ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytdi. «Bu bizning millatga xos bo‘lmagan chidab bo‘lmas illat», — deya ta’kidladi prezident.

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko bir-birini tabrikladi
30 avgust 2022, 19:32

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko bir-birini tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni telefon orqali tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi, Belarus rahbari bunga javoban O‘zbekiston xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik kuni bilan qutladi.

Prezident bir qator chet el fuqarolarini mukofotladi
30 avgust 2022, 08:15

Prezident bir qator chet el fuqarolarini mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev 12 nafar chet el fuqarosini «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi. Ular orasida Turkiya vitse-prezidenti, Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari vazirlari, AQSh va Ozarbayjon elchilari va boshqalar bor.

Urganchdagi Jaloliddin Manguberdi haykali nihoyat ochiladi
29 avgust 2022, 10:19

Urganchdagi Jaloliddin Manguberdi haykali nihoyat ochiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganchga yetib bordi. U sarkarda Jaloliddin Manguberdining 25 metrlik haykali ochilishida ishtirok etadi. Haykal bir necha oy avval o‘rnatilgandi, biroq shu davr ichida yopiq holda saqlandi.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni Ukraina Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
27 avgust 2022, 08:18

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni Ukraina Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni Ukraina Mustaqilligi kuni bilan tabriklar ekan, «do‘st ukrain xalqiga tinchlik va farovonlik» tiladi. U ikki davlat o‘rtasidagi «an’anaviy ravishda do‘stlik va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslangan» munosabatlar «bundan keyin ham rivojlanib borishiga» ishonch bildirdi.

Qoraqalpog‘istonda foyda solig‘i stavkasi 7,5 foizga tushiriladi
26 avgust 2022, 12:56

Qoraqalpog‘istonda foyda solig‘i stavkasi 7,5 foizga tushiriladi

Shavkat Mirziyoyev qo‘shimcha imtiyoz va yengilliklar berilishini ma’lum qildi. Jumladan, foyda solig‘i stavkasi 15 foizdan 7,5 foizga tushiriladi, aylanma soliq stavkasi Nukusda 4 foizdan 2 foizga, tumanlarda 2 foizdan 1 foizga, olis hududlarda esa 1 foizdan 0,5 foizga pasaytiriladi.

Prezident Nukusga uchib ketdi
26 avgust 2022, 11:58

Prezident Nukusga uchib ketdi

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining sessiyasida ishtirok etish uchun Nukusga uchib ketdi.

Foto, video: «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro turizm markazi ochilishi
24 avgust 2022, 09:10

Foto, video: «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro turizm markazi ochilishi

O‘zbekiston prezidenti «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro turizm markazi ochilish marosimida ishtirok etdi. «Ulug‘vor me’moriy majmua barchamizga, butun xalqimizga muborak bo‘lsin, buyursin», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Konsert davomida britaniyalik mashhur qo‘shiqchi Sami Yusuf «Hayot daraxti» qo‘shig‘ini ijro etdi.

Prezident Xalqaro sayyohlik markazi ochilishida ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketdi
23 avgust 2022, 18:42

Prezident Xalqaro sayyohlik markazi ochilishida ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketdi

Samarqandda SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari sammiti uchun qurilgan «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro sayyohlik markazi ochilmoqda. Prezident tantanali marosimda ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketdi.

Prezident tadbirkorlar bilan ikkinchi uchrashuvida qanday takliflarni bildirdi?
23 avgust 2022, 10:39

Prezident tadbirkorlar bilan ikkinchi uchrashuvida qanday takliflarni bildirdi?

Hokimlar mulk huquqiga oid qarorlarni bekor qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilk bor xato qilgan kichik biznes vakillari jazolanmaydi, SSP tubdan o‘zgaradi, QQS 12 foizga tushiriladi — «Gazeta.uz» Shavkat Mirziyoyev ishbilarmonlar bilan uchrashuvda e’lon qilgan eng muhim o‘zgarishlarni taqdim etadi.

Prezident huzurida Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi tuziladi
22 avgust 2022, 16:37

Prezident huzurida Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi tuziladi

Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan muloqotidagi takliflarni hayotga tatbiq etish maqsadida prezident huzurida Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi tuziladi. Bundan tashqari, Savdo-sanoat palatasi hukumat bo‘ysunuvidan to‘liq chiqariladi.

«O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni ta’sis etiladi
22 avgust 2022, 16:26

«O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni ta’sis etiladi

Prezident «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni ta’sis etiladi. Ushbu mukofot bilan ko‘plab ish o‘rinlarini yaratgan, biznesning yangi yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘ygan, o‘z sohasida innovatsiya va islohotlar qilgan va el-yurt orasida obro‘ topgan biznes vakillari taqdirlanadi.

Tadbirkorlarga nisbatan yangi jazo choralarini joriy etishga 3 yillik moratoriy e’lon qilinadi
22 avgust 2022, 16:04

Tadbirkorlarga nisbatan yangi jazo choralarini joriy etishga 3 yillik moratoriy e’lon qilinadi

Tadbirkorlarga nisbatan yangi jazo choralarini joriy etishga 3 yillik moratoriy e’lon qilinadi. Ularning mulk huquqi faqat sud tomonidan bekor qilinishi mumkin. Qolaversa, savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘liq bekor qilinadi, jarimalar esa to‘lanayotgan soliqdan oshirilmaydi.

«2023 yildan QQSni 12 foizga tushiramiz» — Shavkat Mirziyoyev
22 avgust 2022, 15:26

«2023 yildan QQSni 12 foizga tushiramiz» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident pandemiya va jahondagi vaziyatga ro‘kach qilib, unga QQSni keyinga qoldirishni taklif qilishganini ta’kidladi. «Biz islohotlar yo‘lidan hech qachon ortga qaytmaymiz va 2023 yil 1 yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 12 foizga tushiramiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident kichik biznes uchun aylanma solig‘ini yagona 4% stavkada belgilashni taklif qildi
22 avgust 2022, 15:17

Prezident kichik biznes uchun aylanma solig‘ini yagona 4% stavkada belgilashni taklif qildi

Prezident korxonalarni yillik aylanmasiga qarab, 1 mlrd so‘mgacha — mikro, 10 mlrd so‘mchaga — kichik hamda 100 mlrd so‘mgacha bo‘lganini — o‘rta biznes sifatida toifalarga ajratish taklifini ilgari surdi. Shundan kelib chiqib, ishbilarmonlarga bir qator imtiyozlar taqdim etiladi.

«Men sizlarning birinchi advokatlaringman. Bepul advokat» — Shavkat Mirziyoyev
22 avgust 2022, 14:30

«Men sizlarning birinchi advokatlaringman. Bepul advokat» — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti tadbirkorlar bilan ochiq muloqot avvalida davlat mukofotlarini o‘z egalariga topshirdi. «Bu kimgadir yoqadi-yoqmaydi, men sizlarning birinchi advokatlaringman. Bepul advokat», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyev shu haftada Samarqandga boradi
22 avgust 2022, 10:48

Shavkat Mirziyoyev shu haftada Samarqandga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dushanba kuni tadbirkorlar bilan uchrashadi. Shuningdek, AQSh Kongressi a’zolari Trent Kelli va Derin Laxudni qabul qilishi kutilmoqda. Hafta davomida davlat rahbari Samarqandga tashrif buyurishi ham rejalashtirilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting