«shavkat mirziyoyev» tegli maqolalar


Prezident Islom Karimovning haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (foto)
2 sentabr 2024, 13:29

Prezident Islom Karimovning haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi. Samarqand va Qarshi shaharlarida ham xotira tadbirlari o‘tkazildi.

Shavkat Mirziyoyev Paralimpiya chempionlari bilan telefon orqali suhbatlashdi
2 sentabr 2024, 10:50

Shavkat Mirziyoyev Paralimpiya chempionlari bilan telefon orqali suhbatlashdi

Prezident Paralimpiya chempionlari Elbek Sultonov, Yorqinbek Odilov va Asadbek Toshtemirov bilan telefon orqali muloqot qildi. Ularni g‘alaba bilan tabriklab, qolgan ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi. Avvalroq davlat rahbari Asila Mirzayorova va Qudratilloxon Ma’rufxo‘jayev bilan ham gaplashgandi.

“Bo‘lg‘usi saylovlar kuchli raqobat muhitida o‘tadi”. Prezident — deputatlar saylovi haqida
31 avgust 2024, 20:55

“Bo‘lg‘usi saylovlar kuchli raqobat muhitida o‘tadi”. Prezident — deputatlar saylovi haqida

Prezident O‘zbekiston fuqarolarini oktabr oyida o‘tadigan Qonunchilik palatasi va kengashlar deputatlari saylovida faol bo‘lishga chaqirdi. Ular kuchli raqobat muhitida, xalqaro saylov standartlariga mos ravishda o‘tishiga ishonch bildirdi.

Prezident: “Yorug‘ va nurafshon kelajagimizni — yangi O‘zbekistonni, albatta, barpo etamiz!”
31 avgust 2024, 20:36

Prezident: “Yorug‘ va nurafshon kelajagimizni — yangi O‘zbekistonni, albatta, barpo etamiz!”

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘lladi. “Barcha islohotlarimizning ruhi va mazmuniga „Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun!“ degan g‘oya chuqur kirib bormoqda”, — dedi u.

Prezident Paralimpiya chempionlari Asila Mirzayorova va Qudratilloxon Ma’rufxo‘jayevga qo‘ng‘iroq qildi
31 avgust 2024, 15:49

Prezident Paralimpiya chempionlari Asila Mirzayorova va Qudratilloxon Ma’rufxo‘jayevga qo‘ng‘iroq qildi

Shavkat Mirziyoyev Paralimpiya o‘yinlari g‘oliblari Asila Mirzayorova va Qudratilloxon Ma’rufxo‘jayev bilan telefon orqali gaplashib, ularni tabrikladi. Prezident Ma’rufxo‘jayevga “yarim tunda olib kelgan oltin medali uchun” rahmat aytdi (video).

Prezident siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etdi
31 avgust 2024, 11:57

Prezident siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etdi

Shavkat Mirziyoyev va boshqa rasmiylar Toshkent shahridagi Shahidlar xotirasi xiyobonida o‘tgan xotira marosimida ishtirok etdi. “Adolat sinmaydi, haqiqat baribir tantana qiladi”, — dedi u bir necha siyosiy qatag‘on qurbonlarining nomi oqlanganini eslab.

Shavkat Mirziyoyev turli soha vakillariga faxriy unvon, orden va medallarni topshirdi
30 avgust 2024, 16:21

Shavkat Mirziyoyev turli soha vakillariga faxriy unvon, orden va medallarni topshirdi

O‘zbekiston prezidenti mustaqillikning o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan turli soha vakillariga faxriy unvon, orden va medallarni topshirdi. Foto.

THAY bo‘ylab boshqa chorrahalarda ham yo‘l o‘tkazgichlar qurish reja qilinmoqda — Avtoyo‘l rahbari
30 avgust 2024, 14:14

THAY bo‘ylab boshqa chorrahalarda ham yo‘l o‘tkazgichlar qurish reja qilinmoqda — Avtoyo‘l rahbari

Prezident poytaxtning Temur Malik ko‘chasidagi yangi yo‘l o‘tkazgichni borib ko‘rarkan, Toshkent halqa avtomobil yo‘lining boshqa tirband chorrahalarida ham shunday yo‘l o‘tkazgichlar qurishni buyurdi, deya ma’lum qildi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rahbari Jamshid Tursunov.

Prezident Toshkentning Temur Malik ko‘chasidagi yangi yo‘l o‘tkazgichni ochdi
29 avgust 2024, 22:32

Prezident Toshkentning Temur Malik ko‘chasidagi yangi yo‘l o‘tkazgichni ochdi

Toshkent shahrida rekonstruksiya qilinib, kengaytirilgan Temur Malik ko‘chasi bo‘ylab yangi yo‘l o‘tkazgich foydalanishga topshirildi. Prezident ko‘chaga tashrif buyurib, “yangi yo‘l va inshootlar Mustaqillik bayramiga tuhfa” ekanini ta’kidladi.

“Onkologik bemorlar navbatda turib qiynalmasin”. Prezident yangi qurilgan Respublika onkologiya markazini borib ko‘rdi
29 avgust 2024, 19:26

“Onkologik bemorlar navbatda turib qiynalmasin”. Prezident yangi qurilgan Respublika onkologiya markazini borib ko‘rdi

Prezident Toshkent tibbiyot akademiyasi yonida qurilgan Respublika onkologiya markazining yangi majmuasini borib ko‘rdi. Loyiha Janubiy Koreya tajribasi asosida ishlab chiqilgan. Qurilish ishlariga 1,2 trillion so‘m ajratilgan.

Prezident marhum akademik Behzod Yo‘ldoshevning xonadonida bo‘ldi
29 avgust 2024, 17:26

Prezident marhum akademik Behzod Yo‘ldoshevning xonadonida bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev kecha vafot etgan Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Behzod Yo‘ldoshevning xonadoniga bordi. Davlat rahbari marhumning ezgu ishlarini yodga oldi, uning rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirdi.

Korxonalar muammolarini hal qilish uchun ularga mas’ullar biriktiriladi
29 avgust 2024, 11:57

Korxonalar muammolarini hal qilish uchun ularga mas’ullar biriktiriladi

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov prezidentga viloyat va tumanlardagi sanoat bilan “korxonabay” ishlash boshlangani, ularga aylanma mablag‘, elektr va gaz ta’minoti, soliq masalalari bo‘yicha ko‘maklashilayotgani haqida hisobot berdi. Prezident korxonalarga mas’ullarni biriktirish bo‘yicha topshiriq berdi.

“Kelgusi Olimpiadada kuchli o‘nlikka kirish bosh maqsadimiz bo‘ladi” — prezident
28 avgust 2024, 17:11

“Kelgusi Olimpiadada kuchli o‘nlikka kirish bosh maqsadimiz bo‘ladi” — prezident

Prezident Olimpiada g‘oliblari bilan uchrashuvda 2028-yilgi o‘yinlarga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rish kerakligini ta’kidladi. “Kelgusi Olimpiadada kuchli o‘nlikka kirish bosh maqsadimiz bo‘ladi”, — dedi prezident ommaviy sportni rivojlantirish borasidagi vazifalarni belgilab berarkan.

“Muqobil energiya manbalarini o‘rnatish — davlat siyosati” — prezident
28 avgust 2024, 14:17

“Muqobil energiya manbalarini o‘rnatish — davlat siyosati” — prezident

Prezident muqobil energiya manbalarini o‘rnatishni davlat siyosati deb atadi. O‘zbekistondagi 1 mln xonadonning isitish tizimini energiya tejamkoriga almashtirish, aholi va tadbirkorlarga 973 MVt quvvatli qayta tiklanadigan energiya manbalarini o‘rnatish vazifasi qo‘yildi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari — yangi aviaqatnovlar, Toshkent va Bokudagi “Boqiy shahar” majmualari, dengiz orqali yuk tashish haqida
27 avgust 2024, 16:11

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari — yangi aviaqatnovlar, Toshkent va Bokudagi “Boqiy shahar” majmualari, dengiz orqali yuk tashish haqida

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Ozarbayjon ishbilarmonlari bilan uchrashuvda qo‘shma investitsiya fondi miqdorini, aviaqatnovlar sonini oshirish, Boku va Toshkentda “Boqiy shahar” majmualarini qurish taklifini bildirdi. “Bokuda o‘zbek tuprog‘i, Toshkentda Ozarbayjon tuprog‘i bo‘ladi”, — dedi u.

Prezident: “Musiqa va san’at festivallari — O‘zbekistonning tinchlik-totuvlikka da’vati”
26 avgust 2024, 21:13

Prezident: “Musiqa va san’at festivallari — O‘zbekistonning tinchlik-totuvlikka da’vati”

Samarqandda besh yillik tanaffusdan so‘ng yana “Sharq taronalari” festivali boshlandi. Prezident mazkur forum o‘z mazmun-mohiyati va ahamiyatiga ko‘ra “Jahon taronalari” festivaliga aylanganini ta’kidladi. U bunday festivallarni “O‘zbekistonning tinchlik-totuvlikka ezgu da’vati” deb atadi.

Prezident Samarqandda “Sharq taronalari” festivali ochilishida qatnashadi
26 avgust 2024, 16:39

Prezident Samarqandda “Sharq taronalari” festivali ochilishida qatnashadi

Dushanba kuni kechqurun Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurib, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

Bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish xodimlari mukofotlandi. Ular orasida ichki ishlar vaziri ham bor
26 avgust 2024, 07:25

Bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish xodimlari mukofotlandi. Ular orasida ichki ishlar vaziri ham bor

Prezident Mustaqillik kuni arafasida harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotladi. Ular orasida ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov va Oliy sud raisi Baxtiyar Islamov ham bor. To‘liq ro‘yxat.

Bosh vazir o‘rinbosaridan tuman hokimigacha: prezident qator davlat xizmatchilarini mukofotladi
25 avgust 2024, 10:19

Bosh vazir o‘rinbosaridan tuman hokimigacha: prezident qator davlat xizmatchilarini mukofotladi

Prezident Mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotladi. Ular orasida vazirlar, viloyat va tumanlar hokimlari, agentlik va aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlari hamda boshqa amaldorlar ham bor. Ro‘yxat.

O‘zbekiston va Ozarbayjon hamkorligi kelajagi biznesga bog‘liq — Shavkat Mirziyoyev
23 avgust 2024, 17:32

O‘zbekiston va Ozarbayjon hamkorligi kelajagi biznesga bog‘liq — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashdi. Shavkat Mirziyoyev biznes ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishning asosiy omiliga aylanishi kerakligini ta’kidladi. Davlat rahbarlari qo‘shma loyihalarni ishga tushirishda ham ishtirok etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting