O‘zbekiston prezidenti tadbirkorlar bilan ochiq muloqot avvalida davlat mukofotlarini o‘z egalariga topshirdi. «Bu kimgadir yoqadi-yoqmaydi, men sizlarning birinchi advokatlaringman. Bepul advokat», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident Shavkat Mirziyoyev dushanba kuni tadbirkorlar bilan uchrashadi. Shuningdek, AQSh Kongressi a’zolari Trent Kelli va Derin Laxudni qabul qilishi kutilmoqda. Hafta davomida davlat rahbari Samarqandga tashrif buyurishi ham rejalashtirilgan.
Prezident qarori bilan «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Shavkat Mirziyoyev ishbilarmon doira vakillari bilan ochiq muloqot oldidan 100 nafar tadbirkorni mazkur mukofot bilan taqdirladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida Makka shahrida bo‘lib, umra amallarini bajardi. Suratlar.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud keng qamrovli sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladi. Hukumatlar va vazirliklar o‘rtasida 15 ta hujjat qabul qilindi. Ikki davlat ishbilarmonlari esa $14 mlrddan ortiq kelishuvga erishdi.
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari sentabrda Samarqandda SHHT sammitini tashkil etish hamda joriy yil kuzda uchinchi O‘zbekiston-Rossiya hududlar forumini o‘tkazish masalalarini muhokama qildilar.
Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti 20 avgustda emas, balki 22 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Muloqot arafasida 8500 dan ortiq murojaat kelib tushgani, shundan 72 foizi allaqachon hal etilgani aytilmoqda.
17−18 avgust kunlari Shavkat Mirziyoyev Podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifi bilan Saudiya Arabistoniga boradi. Bu oxirgi 30 yil ichida O‘zbekiston prezidentining ushbu davlatga ilk tashrifi bo‘ladi. Muzokaralardan tashqari, Makkai Mukarrama va Madinai Munavvarani ziyorat qilish rejalashtirilgan.
Prezident metallga ketadigan xarajatlar ulushi uy-joy qurilishida 15 foiz, mashinasozlikda 40 foizni tashkil qilayotgani, qolaversa, jahon bozorida metall narxi oshayotganini ta’kidladi. Bosh vazir maslahatchisi Bobir Islomov mamlakatda 1,2 mlrd tonna temir rudasi zaxiralari borligini qayd etdi.
Shavkat Mirziyoyev eksportyorlar uchun eng maqbul yo‘nalishlarni ishlab chiqish va ularning transport xarajatlarini kamaytirish, eksport yuklarini Yevropaga olib o‘tish uchun qo‘shimcha ruxsatnomalar olish masalalarini hal etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev telefon orqali O‘zbekiston shaxmatchilarini Hindistonda o‘tkazilgan shaxmat Olimpiadasidagi g‘alabasi bilan tabrikladi. Davlat rahbari matbuot xizmati suhbat videosini e’lon qildi.
Shavkat Mirziyoyev Administratsiya rahbari Sardor Umurzakovga yil yakuniga qadar “ixcham, professional, adolatli, natijaga ishlaydigan boshqaruv tizimini” joriy qilish orqali ma’muriy islohotlarni yakunlashni buyurdi. Davlat xizmati to‘g‘risidagi qonun esa hanuz imzolanmadi.
Davlat xizmatchilarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Xorijiy ekspertlar ishtirokida o‘quv dasturi tuziladi va yil yakunigacha 5 ming nafar davlat xizmatchisi o‘qitiladi. Davlat boshqaruvi akademiyasi esa eng ilg‘or xorijiy tajribalar asosida transformatsiya qilinadi.
Subsidiya uchun aholi va tadbirkorlar o‘rtacha 10 ta vazirlik va idoradan xulosa olishi kerak, elektr tarmoqlariga ulanishda ham ortiqcha byurokratiya ko‘p. Shu bois prezident bosh vazirga 1 oyda barcha vazirlik va hokimliklarda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, xarajatlar va hujjatlarni qisqartirishni buyurdi.
Prezident davlat xizmatini isloh qilish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda. Uning ta’kidlashicha, bu sohadagi muammolarni hal qilish 30 yilga qoldirildi. «Hali davlat xizmati chinakam xalqni rozi qiladigan tizimga aylangani yo‘q», — dedi davlat rahbari.
Prezident davlat xizmatiga ishga qabul qilishning ochiq-oshkora tizimi joriy etilishini ma’lum qildi. Rahbarlikka nomzodlarni “mahalladan — respublikagacha” tamoyili asosida o‘stirish yo‘lga qo‘yiladi, eski “obyektivka"dan voz kechiladi. Xodimga bilim-tajribasi va ko‘rsatgan natijasiga qarab baho beriladi.
Shavkat Mirziyoyev YXHTning Milliy ozchiliklar masalalari bo‘yicha Oliy komissari Qayrat Abdurahmonov bilan Markaziy Osiyo ta’lim dasturi doirasidagi loyihalarni muhokama qildi. “Mamlakat rahbariyati tomonidan belgilangan barcha rejalar amalga oshishiga menda hech qanday shubha yo‘q”, — dedi YXHT vakili.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavushog‘li hamda Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramovni qabul qildi. Muzokaralarda uch tomonlama sheriklik, qolaversa, kuzda Samarqandda o‘tkaziladigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti yuzasidan fikr almashildi.
Toshkentda ilk bor O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon tashqi ishlar, savdo va transport vazirlari uch tomonlama muzokara o‘tkazadi. «Bu mutlaqo yangi mexanizm», — dedi O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Prezident Shavkat Mirziyoyev juma kuni IT-mutaxassislar bilan uchrashib, mas’ul rahbarlarga internet qamrovi va sifatini keskin oshirish, Astrum namunasida hududlarda IT-akademiyalar tashkil etish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va raqamlashtirishni birinchi galdagi vazifalar qatoriga olib chiqishni buyurdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting