O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Vladimir Kramnik terma jamoa uchinchi o‘rinni egallagan shaxmat olimpiadasi natijalaridan mamnun. Shuningdek, u Nodirbek Abdusattorov boshqa yosh shaxmatchilar bilan birga “juda-juda uzoq vaqt top darajada qolishini” aytdi.
2024-yilgi shaxmat Olimpiadasida qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi 24-sentabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Murod Yusuf ushbu marosimdan fotoreportaj tayyorladi.
Shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev 2021-yildan beri AQSh terma jamoasida dona surib kelayotgan Gulruhbegim Tohirjonovani O‘zbekiston terma jamoasiga qaytarish niyati borligini aytdi. “Gulruhbegim baribir O‘zbekistonga kerak, u yaxshi va salohiyatli shaxmatchi”, — dedi Sa’dullayev.
Budapeshtda bo‘lgan shaxmat Olimpiadasi ishtirokchilari 24-sentabr kuni Toshkent aeroportida tantanali kutib olindi. Marosimda umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egallagan erkaklar jamoasi a’zolariga avtomobillar sovg‘a qilindi. Olimpiadada kumush medal olgan Nodira Nodirjonova bunga o‘z munosabatini bildirdi.
Vengriyada o‘tkazilgan shaxmat Olimpiadasida o‘zbekistonlik sportchilar uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani munosabati bilan prezident ularga tabrik yo‘lladi. U o‘zbek shaxmati tarixida yangi sahifa ochilganini ta’kidladi va ushbu yutuq “ulkan islohotlarning amaliy natijasi” ekanini aytdi.
O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasida 189 ta davlat orasida uchinchi o‘rinni egalladi. Shaxmatchi Shamsiddin Vohidov oltin, Nodirbek Abdusattorov kumush medal bilan taqdirlandi. Ayollar jamoasi 12-o‘rinni egalladi, Nodira Nodirjonova esa o‘z doskasida ikkinchi eng yaxshi natijani qayd etdi.
Budapeshtda o‘tayotgan musobaqaning 9-turida erkak shaxmatchilarimiz Hindiston bilan, qizlar jamoasi esa Serbiya bilan durang o‘ynadi. Tur yakunlari bo‘yicha yigitlar jamoasi 3-o‘rin, qizlar esa 27-o‘rinni egalladi.
Shaxmat Olimpiadasining 8-turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Serbiyani yutib, 2-o‘ringa ko‘tarildi. Uchrashuvda natija durang bo‘lishi, jamoa medal olish imkoniyatini yo‘qotishi taxmin qilinayotgan paytda Nodirbek Abdusattorov g‘alabani tortib oldi. Endi ular favorit jamoa — Hindiston bilan to‘qnash keladi.
Shaxmat olimpiadasining 7-turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Ukrainani mag‘lub etib, 3-o‘ringa ko‘tarildi. Ayollar terma jamoasi Gretsiyani mag‘lub etdi. Endi ular jamoasida o‘zbekistonlik Gulruhbegim Tohirjonova ham bo‘lgan AQShga qarshi bahs olib boradi.
Budapeshtdagi Olimpiadaning oltinchi turida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Isroilni mag‘lub etib, 5-o‘ringa ko‘tarildi. Endi ular Ukrainaga qarshi bahs olib boradi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa Gollandiya bilan durang o‘ynadi.
Budapesht shahrida o‘tkazilayotgan shaxmat Olimpiadasining beshinchi turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Moldova terma jamoasini mag‘lub etdi (raqib jamoa o‘tgan turda ham mag‘lubiyatga uchragandi). Ayollar terma jamoasi esa ilk mag‘lubiyatini Gruziya bilan o‘yinda qabul qilib oldi.
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Budapeshtdagi olimpiadaning to‘rtinchi turida Vetnam terma jamoasidan ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Ayollar jamoasi yuqori baholangan Bolgariya termasini mag‘lub etib, g‘alabali yurishlarini davom ettirmoqda.
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Budapeshtdagi olimpiadaning uchinchi turida Xorvatiya terma jamoasini mag‘lub etdi. Ayollar terma jamoasi raqiblari reytingi yuqori bo‘lishiga qaramay, musobaqa mezboni Vengriya ustidan g‘alaba qozondi.
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Budapeshtdagi Olimpiadaning ikkinchi turida Misr terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. Ayollar terma jamoasi Angola vakillarini mag‘lub etdi.
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Budapeshtda o‘tkazilayotgan shaxmat olimpiadasining birinchi bosqichida Trinidad va Tobago terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi, ammo ikki grossmeysterda muammoli pozitsiyalar kuzatildi. Ayollar jamoasi Gaiti vakillari bilan ishonchli tarzda kurash olib bordi.
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiysi Ivan Sokolov Chess.com sayti bilan intervyuda grossmeysterlik va murabbiylik faoliyati, Chennay Olimpiadasida g‘olib bo‘lgan yosh o‘zbek vunderkindlari bilan ishlash to‘g‘risida hikoya qildi, o‘zbek shaxmatchilari uslublariga o‘ziga xos baho berdi.
Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘oliblari Toshkent aeroportida kutib olindi. Chempionlarga 600 mln so‘mdan pul mukofoti va Equinox avtomobili topshirildi.
Hindistonda bo‘lib o‘tgan shaxmat Olimpiadasida har bir doskaning eng yaxshilariga individual mukofotlar ham topshirildi. Jahongir Vohidov to‘rtinchi doskada oltin, ikkinchi doskada Karlsenni ortda qoldirgan Nodirbek Abdusattorov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Nodirbek Yakubbayev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev telefon orqali O‘zbekiston shaxmatchilarini Hindistonda o‘tkazilgan shaxmat Olimpiadasidagi g‘alabasi bilan tabrikladi. Davlat rahbari matbuot xizmati suhbat videosini e’lon qildi.
Butunjahon shaxmat olimpiadasining final bosqichida O‘zbekiston Gollandiya terma jamoasini mag‘lub etib, turnir g‘olibiga aylandi. Hal qiluvchi bahsda Jahongir Vohidov raqibini mag‘lubiyatga uchratib, terma jamoaga Olimpiadaning ilk oltin medalini keltirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting