«shaxmat olimpiadasi» tegli maqolalar


O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasida Hindiston-2 bilan durang o‘ynadi va peshqadamlikni saqlab qoldi
8 avgust 2022, 21:00

O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasida Hindiston-2 bilan durang o‘ynadi va peshqadamlikni saqlab qoldi

Shaxmat Olimpiadasining 10-turida O‘zbekiston Hindiston-2 bilan durang o‘ynab, musobaqa tugashiga bir tur qolganda turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi. Nodirbek Abdusattorov Gukesh Dommarajudan o‘yin oxirida g‘alabani tortib olib, raqibiga ilk mag‘lubiyatni taqdim etishga muvaffaq bo‘ldi.

2026 yilgi shaxmat olimpiadasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
8 avgust 2022, 14:08

2026 yilgi shaxmat olimpiadasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

2026 yilgi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi. “Missiya bajarildi, janob prezident”, — deb yozdi O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi rahbari Alisher Sa’dullayev.

O‘zbekiston Armanistonni mag‘lub etib, shaxmat Olimpiadasi turnir jadvalida peshqadamga aylandi
7 avgust 2022, 21:06

O‘zbekiston Armanistonni mag‘lub etib, shaxmat Olimpiadasi turnir jadvalida peshqadamga aylandi

O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasining to‘qqizinchi turida avval mag‘lubiyatga uchramagan Armanistondan ustun kelib, musobaqa yakunlanishiga ikki tur qolganda turnir jadvalida peshqadamga aylandi. Milliy terma jamoa mag‘lubiyatsiz yagona jamoa bo‘lib qolmoqda.

Shaxmat Olimpiadasining 8-turi: O‘zbekiston Germaniyani mag‘lub etdi
6 avgust 2022, 23:58

Shaxmat Olimpiadasining 8-turi: O‘zbekiston Germaniyani mag‘lub etdi

Shaxmat Olimpiadasida o‘zbekistonliklar Germaniya terma jamoasini mag‘lub etishdi. Milliy terma jamoa turnir yakunlanishiga uch tur qolganda 3-o‘rinni egallab turibdi. Navbatdagi o‘yinda o‘zbekistonliklar musobaqa peshqadami — Armaniston bilan kuch sinashadi. Ayollar terma jamoasi Shimoliy Makedoniyani mag‘lub etdi.

O‘zbekiston shaxmat olimpiadasida Peruni mag‘lub etib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi
6 avgust 2022, 09:46

O‘zbekiston shaxmat olimpiadasida Peruni mag‘lub etib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi

Shaxmat olimpiadasining yettinchi turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Peru ustidan g‘alaba qozonib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jamoa hali turnirda mag‘lub bo‘lmagan beshta davlatdan biri bo‘lib turibdi. Ayollar terma jamoasi esa Serbiyaga imkoniyatni boy berdi.

Shaxmat olimpiadasi 6-turi: O‘zbekiston Hindiston bilan durang o‘ynadi
4 avgust 2022, 00:48

Shaxmat olimpiadasi 6-turi: O‘zbekiston Hindiston bilan durang o‘ynadi

Shaxmat olimpiadasining oltinchi turida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Hindiston bilan durang o‘ynab, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa pastladi. Ayollar jamoasi esa Shotlandiyani mag‘lub etib, 37-o‘ringa ko‘tarildi.

Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston Slovakiyani mag‘lub etdi
3 avgust 2022, 09:37

Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston Slovakiyani mag‘lub etdi

Shaxmat olimpiadasining 5-turida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Slovakiyani 4:0 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Nodirbek Abdusattorov besh uchrashuvda beshta g‘alaba bilan musobaqaning eng samarali o‘yinchilaridan biri bo‘lib turibdi. Ayollar jamoasi Vetnamga imkoniyatni boy berdi.

Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston AQSh bilan durang o‘ynadi
2 avgust 2022, 10:13

Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston AQSh bilan durang o‘ynadi

Hindistonda o‘tkazilayotgan shaxmat olimpiadasining to‘rtinchi turida O‘zbekiston jamoasi musobaqa favoriti — jahon reytingida top-10likdagi shaxmatchilardan iborat AQSh jamoasi bilan durang o‘ynadi. O‘zbekistonlik qizlar esa hozirgacha uch g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting