«sirdaryo» tegli maqolalar


Sirdaryodagi maktabda o‘quvchining onasi o‘qituvchini kaltakladi
Kecha, 17:45

Sirdaryodagi maktabda o‘quvchining onasi o‘qituvchini kaltakladi

Sirdaryo tumanidagi maktablardan birida o‘quvchining onasi pedagogni haqoratlab, unga nisbatan kuch ishlatdi. Keyinroq ayol uzr so‘rab chiqdi, unga nisbatan tegishli chora ko‘rildi.

Sirdaryo viloyati prokurori katta yordamchisi kuchli ta’sir qiluvchi dorilar bilan ushlangani aytilmoqda
7 fevral 2025, 15:10

Sirdaryo viloyati prokurori katta yordamchisi kuchli ta’sir qiluvchi dorilar bilan ushlangani aytilmoqda

Sirdaryo viloyati prokurori katta yordamchisining mashinasidan 50 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi topildi. Tezkor tadbirda dorilarni unga sotgan 27 yoshli fuqaro ham qo‘lga olindi.

Sirdaryoda 6,7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urinish fosh etildi
5 noyabr 2024, 15:06

Sirdaryoda 6,7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urinish fosh etildi

Sirdaryo viloyatidagi “Malik” chegara o‘tkazish punktida 6,7 kg miqdordagi qimmatbaho zargarlik buyumlarini noqonuniy ravishda olib kirishga bo‘lgan urinish fosh qilindi.

Sirdaryoda 13 yoshli bola qarindoshini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi
29 oktabr 2024, 09:13

Sirdaryoda 13 yoshli bola qarindoshini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida 13 yoshli bola ruhiy nosog‘lom qarindoshini o‘ldirib qo‘ydi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, marhum bolaning qo‘liga pichoq berib, uni o‘ldirishini so‘rab qo‘rqitgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Sirdaryoda uch kishini o‘ldirgan sobiq IIB xodimi umrbodga qamaldi
15 oktabr 2024, 12:22

Sirdaryoda uch kishini o‘ldirgan sobiq IIB xodimi umrbodga qamaldi

Sirdaryo tumanida 2024-yilning aprel oyida bir oilaning uch a’zosini o‘ldirib, jasadlarni yoqib yuborgan sobiq IIB xodimiga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Unga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sirdaryoda mashinasini qasddan odamlar ustiga haydab borgan haydovchiga hukm o‘qildi
25 sentabr 2024, 10:24

Sirdaryoda mashinasini qasddan odamlar ustiga haydab borgan haydovchiga hukm o‘qildi

Sayxunobod tumanida mashinasini qasddan bir guruh odamlar orasida keskin boshqarib, ularni bosib ketishga harakat qilgan Captiva haydovchisi 4 yil 6 oyga qamaldi. Oldin ham sudlangan shaxs jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘taydi.

“Prezident qarori noto‘g‘ri talqin qilingan”. Sirdaryoda tadbirkorlar quyosh paneli o‘rnatmagani uchun elektrdan uzildi
23 sentabr 2024, 17:14

“Prezident qarori noto‘g‘ri talqin qilingan”. Sirdaryoda tadbirkorlar quyosh paneli o‘rnatmagani uchun elektrdan uzildi

Sirdaryoda elektrdan uzilgan tadbirkorlar hokimiyat binosi oldiga yig‘ildi va HETK tomonidan asossiz ravishda, quyosh paneli o‘rnatmagani uchun tarmoqdan uzib qo‘yilganini qayd etdi. Sirdaryo HETK holatga munosabat bildirib, mas’ullar prezident qarorini noto‘g‘ri talqin qilganini ma’lum qildi.

Sirdaryoda bog‘chada nafas yo‘llari berkilib qolishi oqibatida vafot etgan bola bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
12 sentabr 2024, 18:14

Sirdaryoda bog‘chada nafas yo‘llari berkilib qolishi oqibatida vafot etgan bola bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Mirzaoboddagi xususiy bog‘chada 2 yoshli bola nafas yo‘llari berkilib qolishi oqibatida vafot etgandi. Bolalar ombudsmaniga ko‘ra, bolada tug‘ilganida aniqlangan kamqonlik kasalligini davolash choralari ko‘rilmagan. Holat bo‘yicha tibbiyot birlashmasi, shifokorlik punkti va bog‘cha mas’ullariga jinoyat ishi ochildi.

Sirdaryoda jami 28,4 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan 2 ta gaz “zapravka” aniqlandi
20 iyul 2024, 11:27

Sirdaryoda jami 28,4 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan 2 ta gaz “zapravka” aniqlandi

Sirdaryo viloyatida tabiiy gazni talon-toroj qilgan 2 ta AGTKSH aniqlandi. Ularning biri 20,5 mlrd so‘mlik 8,2 mln kub metr, ikkinchisi esa 7,9 mlrd so‘mlik 3 mln kub metr tabiiy gazni talon-toroj qilgani aytilmoqda.

Sirdaryoda 13 yoshli qiz yashash uyida qotillik alomatlari bilan topildi
11 iyul 2024, 14:24

Sirdaryoda 13 yoshli qiz yashash uyida qotillik alomatlari bilan topildi

Yangiyer shahrida 2011-yilda tug‘ilgan qizning jasadi yashash uyida jonsiz holatda topildi. Uning tanasida jarohatlar borligi aniqlangan. Gumonlanuvchini qidirib topish bo‘yicha viloyat IIBga alohida topshiriq berilgan.

Sirdaryoda yuk avtomobili va avtobus to‘qnashuvida yo‘lovchi jarohatlandi
28 iyun 2024, 22:35

Sirdaryoda yuk avtomobili va avtobus to‘qnashuvida yo‘lovchi jarohatlandi

Sirdaryo tumanida Isuzu yuk mashinasi yo‘lovchi avtobusining orqa qismiga urildi. Oqibatda avtobus ichidagi yo‘lovchilardan biri jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.

Sirdaryoda suv ta’minoti xodimlari gazdan zaharlangani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
27 iyun 2024, 23:29

Sirdaryoda suv ta’minoti xodimlari gazdan zaharlangani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Gulistondagi suv haydash nasos stansiyasida “Sirdaryo viloyati suv ta’minoti"ning 3 nafar xodimi gazdan zaharlanib, ulardan biri vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Sirdaryodagi lak-bo‘yoq ishlab chiqarish omborida yong‘in sodir bo‘ldi
2 iyun 2024, 11:12

Sirdaryodagi lak-bo‘yoq ishlab chiqarish omborida yong‘in sodir bo‘ldi

Guliston shahridagi lak-bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqarish omborida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in tunda kelib chiqdi va ikki soatda o‘chirildi. Hodisa oqibatida bino tom qismi va 2 ta yuk mashinasi qisman zararlandi.

Sirdaryoda mashinasini qasddan odamlar ustiga haydab borgan haydovchi qamoqqa olindi (+video)
29 may 2024, 23:41

Sirdaryoda mashinasini qasddan odamlar ustiga haydab borgan haydovchi qamoqqa olindi (+video)

Sirdaryoda Captiva haydovchisi mashinasini qasddan bir guruh odamlar orasida keskin boshqarib, ularni bosib ketishga harakat qildi. IIB unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Sirdaryoda 3 kishining kuygan jasadi qotillik alomatlari bilan topildi
28 aprel 2024, 14:43

Sirdaryoda 3 kishining kuygan jasadi qotillik alomatlari bilan topildi

Sirdaryo tumanida bir oiladan uch nafar shaxsning kuygan jasadi qotillik alomatlari bilan topildi. Holat yuzasidan o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qirg‘izistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi
18 aprel 2024, 20:45

Qirg‘izistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi

Qirg‘izistonda soat 20:15 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi Toshkent shahri, Sirdaryo va vodiy viloyatlarida ham sezildi (2 ball).

Sirdaryoda 34,3 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi
18 aprel 2024, 10:42

Sirdaryoda 34,3 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi

Sirdaryo tumanida chorvachilikka ixtisoslashgan MCHJ binosida mayning ferma tashkil qilingani va 34,3 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. MCHJ mansabdorlariga nisbatan juda ko‘p miqdordagi o‘g‘rilik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi
9 aprel 2024, 11:03

Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi

DXX Qashqadaryo viloyatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan 3,7 mingta dorini 54 mln so‘mga sotgan ayol va uning tanishini qo‘lga oldi. Sirdaryoda esa uyida 593 mln so‘mlik 49 mingta flakondagi hujjatsiz dorini saqlagan fuqaro va dorining egalari ushlandi. Holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Tojikistonda bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi
22 mart 2024, 09:09

Tojikistonda bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi

Juma kuni ertalab Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila Toshkent shahri, Sirdaryo (2 ball) va vodiy viloyatlarida ham sezildi (2−3 ball).

Prezident Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga boradi
14 mart 2024, 10:56

Prezident Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga boradi

Shavkat Mirziyoyev payshanba kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga boradi. Tumanda tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi imkoniyatlar orqali aholi daromadlarini oshirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkaziladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting