«sirdaryo» tegli maqolalar


Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoga boradi
7 aprel 2023, 10:53

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoga boradi

7-aprel kuni prezident Sirdaryo viloyatiga tashrif buyuradi. Davlat rahbari xalq deputatlari viloyat kengashining sessiyasida ishtirok etadi, korxonalar faoliyati bilan tanishadi.

Sirdaryodagi o‘rmon xo‘jaligida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida tabiatga salkam 500 mln so‘m zarar yetdi
9 mart 2023, 09:29

Sirdaryodagi o‘rmon xo‘jaligida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida tabiatga salkam 500 mln so‘m zarar yetdi

Sirdaryo tumanidagi «Qolgansir» davlat o‘rmon ov xo‘jaligida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida tabiatga salkam 500 mln so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. Hodisaga fermerlarning sholidan bo‘shagan yerda o‘simlik qoldiqlarini yoqqani sabab bo‘lgan.

«Xalq banki»ning Sirdaryodagi filialida 3,8 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aytilmoqda
3 mart 2023, 10:05

«Xalq banki»ning Sirdaryodagi filialida 3,8 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aytilmoqda

«Xalq banki»ning Xovos filialida 3,8 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aytilmoqda. DXX holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, bankning bir nafar mas’uli qamoqqa olinganini ma’lum qildi.

Sirdaryoda bir oilani AQShga jo‘natish evaziga $40 ming talab qilgan shaxs ushlandi
27 fevral 2023, 15:46

Sirdaryoda bir oilani AQShga jo‘natish evaziga $40 ming talab qilgan shaxs ushlandi

Sirdaryo viloyatidagi bir oilani 40 ming dollar evaziga AQShga yuborishini va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u fuqarodan 12 ming dollar olayotgan vaqtida ushlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qashqadaryo va Sirdaryoda noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22 fevral 2023, 11:16

Qashqadaryo va Sirdaryoda noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

DXX tezkor tadbir o‘tkazib, Qashqadaryoda jami 99 gektar yerni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbarlari va xodimini qo‘lga oldi. Sirdaryoda ham muqaddam sudlangan shaxs bog‘ yaratish uchun berilgan yerni 30 ming dollarga sotmoqchiligi ma’lum bo‘ldi. Hozir ushbu shaxslarga jinoyat ishi ochildi.

Sirdaryoda MCHJ rahbari, Andijonda esa 2 fuqaro yerni noqonuniy sotishda gumonlanmoqda
10 fevral 2023, 16:55

Sirdaryoda MCHJ rahbari, Andijonda esa 2 fuqaro yerni noqonuniy sotishda gumonlanmoqda

DXX Sirdaryo va Andijon viloyatlarida yerni mos ravishda 12,5 ming dollar va 148,2 mln so‘mga noqonuniy sotishga uringanlikda gumonlanganlarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Sirdaryoda 1,3 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi
3 fevral 2023, 18:02

Sirdaryoda 1,3 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

Sirdaryo IESda quvvati 1,3 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu esa qo‘shimcha 2,3 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish hamda yiliga 750 ming kub metr tabiiy gazni tejash imkonini beradi.

Sirdaryoda 5 gektar yerni 40 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
28 yanvar 2023, 11:13

Sirdaryoda 5 gektar yerni 40 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Sirdaryoda 2 fuqaro viloyat hokimligi bayonnomasi asosida vaqtinchalik foydalanish uchun berilgan 5 gektar yerni 40 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi. Ular xaridordan oldingan kelishigan 20 ming dollarni olayotganda ushlandi.

Sirdaryodagi xonadonda gaz portlab, 2 kishi jarohatlandi
18 yanvar 2023, 18:10

Sirdaryodagi xonadonda gaz portlab, 2 kishi jarohatlandi

Boyovut tumanidagi uylarning birida gaz portlashi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa sabab 2 kishi jarohat olib, kasalxonaga yuborildi.

Sirdaryoda «Dok-1 Maks» siropi 7 nafar bolaga nojo‘ya ta’sir qilgani ma’lum bo‘ldi
4 yanvar 2023, 09:37

Sirdaryoda «Dok-1 Maks» siropi 7 nafar bolaga nojo‘ya ta’sir qilgani ma’lum bo‘ldi

Sirdaryo viloyati SSV rahbari o‘rinbosari «Dok-1 Maks» dori vositasi 7 nafar bemor bolaga nojo‘ya ta’sir qilganini ma’lum qildi. Hozirda ulardan 4 nafari sog‘ayib chiqqan, 3 nafari esa jonlantirish bo‘limida davo-muolajalarini davom ettirmoqda.

Sirdaryoda maktabga qayiqda qatnovchi qiz va oilasi uchun daryoda maxsus uskunali tros tortiladi
28 dekabr 2022, 12:20

Sirdaryoda maktabga qayiqda qatnovchi qiz va oilasi uchun daryoda maxsus uskunali tros tortiladi

Tarmoqlarda yosh qizaloq maktabdan qaytishda Sirdaryo daryosidan qayiq orqali suzib o‘tayotgani aks etgan video ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Viloyat hokimi v.b. Akmal Maxmudaliyev qiz va onasi bilan uchrashdi. Hokim ular uchun daryo qirg‘oqlarini bog‘lovchi maxsus uskunali tros tortilishini ma’lum qildi.

Sirdaryoda tuman hokimi yordamchisiga jinoyat ishi ochildi
12 dekabr 2022, 18:02

Sirdaryoda tuman hokimi yordamchisiga jinoyat ishi ochildi

Boyovut tumanida hokimi yordamchisi o‘zi ta’sischilik qilgan 3 ta tadbirkorlik subyektidan biriga 12 holatda fuqarolarning 371,5 mln so‘m kredit mablag‘larini o‘tkazgan va ular maqsadsiz yo‘naltirilgan. Hozirda unga va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Sirdaryoda itni qutqarmoqchi bo‘lgan 2-sinf o‘quvchisini tok urdi
25 noyabr 2022, 13:04

Sirdaryoda itni qutqarmoqchi bo‘lgan 2-sinf o‘quvchisini tok urdi

Guliston tumanida elektr transformator ostiga kirib qolgan itni qutqarmoqchi bo‘lgan 2-sinf o‘quvchisini tok urdi. Bola bosh, qorin, qo‘l va oyoq qismidagi jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi.

Sirdaryoda yo‘l qurilishida 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ o‘zlashtirilgani aniqlandi
15 noyabr 2022, 17:30

Sirdaryoda yo‘l qurilishida 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ o‘zlashtirilgani aniqlandi

DXX «Sirdaryo yo‘llardan muntazam foydalanish» unitar korxonasi mansabdorlarining 1 mlrd so‘mdan oshiq mablag‘ni talon-toroj qilganini aniqladi. Sud hukmiga ko‘ra, ularga ozodlikdan mahrum qilish, ahloq tuzatish ishlari hamda boshqa jazo turlari tayinlandi.

Sirdaryoda erkak janjal oqibatida xotinini urib o‘ldirib qo‘ydi
26 oktabr 2022, 15:27

Sirdaryoda erkak janjal oqibatida xotinini urib o‘ldirib qo‘ydi

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida erkak o‘zaro janjal sabab turmush o‘rtog‘ini urib o‘ldirdi. Oqibatda ikki nafar voyaga yetmagan bola yetim qoldi.

«Holat prezident nazoratida». Sherzod Asadov Sirdaryodagi portlash haqida
24 oktabr 2022, 16:56

«Holat prezident nazoratida». Sherzod Asadov Sirdaryodagi portlash haqida

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Sirdaryoda sodir bo‘lgan portlash yuzasidan izoh berar ekan, holat davlat rahbarining nazoratida ekanligini ma’lum qildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda va natijasi keng jamoatchilikka e’lon qilinadi, dedi u.

Sirdaryodagi portlashda 16 kishi shikastlangan — SSV
22 oktabr 2022, 11:46

Sirdaryodagi portlashda 16 kishi shikastlangan — SSV

Sirdaryodagi harbiy qism ombori portlashi oqibatida 12 kishi tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga murojaat qilgan, deb xabar berdi SSV. Ularning 5 nafari shoshilinch tibbiy bo‘limida, 7 nafariga ambulator yordam ko‘rsatildi, 4 nafari esa statsionar kuzativga olindi.

«Bir paytlar paxta maydonidan bir gektar ajratish jinoyat edi» — Shavkat Mirziyoyev
6 oktabr 2022, 14:45

«Bir paytlar paxta maydonidan bir gektar ajratish jinoyat edi» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda paxta dalasida fermer va qishloq xo‘jaligi vakillari bilan uchrashdi. Nav evaziga hosildorlikni oshirish, suvdan oqilona foydalanish zarurligi ta’kidlandi. «Bir paytlar paxta maydonidan bir gektar ajratish jinoyat edi, takroriy ekin ekkan ta’qib qilinardi», — dedi davlat rahbari.

Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
28 sentabr 2022, 11:30

Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Shavkat Zayniddinov va Bahodir Botirov Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi. Shuningdek, Otabek Nosirov Yangiyer shahriga hokim bo‘ldi.

Sirdaryoda 4,5 gektar yerni $240 mingga sotishda gumonlangan shaxslar ushlandi
21 sentabr 2022, 10:54

Sirdaryoda 4,5 gektar yerni $240 mingga sotishda gumonlangan shaxslar ushlandi

Sirdaryo viloyatida daryo qirg‘og‘idagi 4,5 gektar yerni 240 ming dollarga sotishga uringan shaxslar kelishilgan pulning 13 ming dollarini olayotgan vaqtda ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting