Koronavirus bemorlari soni 97 nafarga ortib, jami 10459 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 35 nafari Karantin markazida, 59 nafari Toshkent shahrida va 3 nafari Qoraqalpog‘istonda aholi orasida aniqlangan.
Koronavirus holatlari yana 141 taga ko‘payib, jami 10284 nafarga yetdi. Yangi holatlarning 75 nafari aholi orasida qayd etildi.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan 43 yoshli toshkentlik bemor (erkak kishi) o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 36 nafarga yetdi.
27 iyun kuni Samarqand viloyatida dunyoga kelgan siam egizaklari vafot etdi. Ularning o‘limiga nafas va yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.
Respublika maxsus komissiyasi shahar va tumanlar bo‘yicha karantin darajalarini qayta ko‘rib chiqdi. Toshkent “sariq” hududda qoldi.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan 67 yoshli toshkentlik bemor (erkak kishi) o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Ta’kidlanishicha, marhum 26 iyundan tomog‘ida og‘riq, tana harorati ko‘tarilgan, ammo shifokorga murojaat qilmasdan uyida davolangan. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 35 nafarga yetdi.
Koronavirus bemorlari soni 123 nafarga ortib, jami 10143 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 43 nafari Karantin markazida, 60 nafari Andijon viloyatida va 20 nafari Toshkent viloyatida qayd etildi.
Koronavirus bemorlari soni 121 nafarga ortib, jami 9829 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 106 nafari Karantin markazida, 7 nafari Toshkent shahrida, 4 nafari Toshkent viloyatida va 1 nafari Sirdaryo viloyatida qayd etildi. Shundan 6 nafari aholi orasida aniqlandi.
Prezident qarori bilan sog‘liqni saqlash vazirining 4 nafar o‘rinbosari tayinlandi. Bular moliya vaziri o‘rinbosari Shohruh Shorahmedov, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Elmira Bositxonova, Dermatovenerologiya va kosmetologiya markazi direktori Ulug‘bek Sobirov va Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdulla Azizovlar.
Toshkent shahri bo‘yicha 333 ta “yashil”, 87 ta “sariq” va 99 ta “qizil” mahalla, mavze va daha hududlari bo‘ylab karantin va profilaktik tadbirlar belgilangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting