Yozda Uchtepa tumanida 6 yoshli bola usti ochiq qoldirilgan issiq suv qudug‘iga tushib ketib halok bo‘lgandi. Quvurda ta’mirlash ishlarini olib borgan 32 yoshli ta’mirlash montajchisi uni ochiq qoldirib, atrofiga to‘siq o‘rnatmagani aniqlandi. Sud unga 2 yil 6 oy muddatga ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinladi.
Sentabrda chorrahada piyoda o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 4 yilga (maksimal 7 yildan) qamaldi. YTH vaqtida u 112,7 km/s tezlikda harakatlanib, yana qator qoidabuzarliklarni sodir etgan. O‘g‘irlik uchun o‘talmagan jazo muddati inobatga olindi va u 6 yil 24 sutkani koloniyada o‘tkazadigan bo‘ldi.
Toshkent shahridagi avtobusda 2012-yilda tug‘ilgan qizga shilqimlik qilgan konduktorga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. 43 yoshli erkak sudda qizning boshidan o‘pmoqchi bo‘lganini aytgan.
Tarmoqlarda Samarqand viloyatidagi Oqdaryo suv omborida yoriqlar paydo bo‘lgani haqida video paydo bo‘ldi. Aslida joriy ta’mirlash ishlari aks etgan videoni 2 kishi yolg‘on izoh bilan tarqatgani aniqlandi. Ularning har biriga 7,5 mln so‘mdan jarima jazosi tayinlandi.
Sud Donald Trampga pornoaktrisaga qilgan to‘lovlarini yashirish uchun hujjatlarni qalbakilashtirgani bo‘yicha hukm chiqardi va unga hech qanday shartlarsiz ozodlikni tayinladi. Ya’ni u qamoq yoki jarima kabi jazolarni olmaydi.
Sirdaryo viloyatida 13 yil avval jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan sobiq IIB xodimi kassatsiya instansiya sudida oqlandi. Sudlanuvchi o‘sha vaqtda 3 yilga axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan, jazo o‘tab bo‘lingandan so‘ng, sudlanganligi vaji bilan ishga olinmagan.
Sud apellyatsion instansiyasi metan-zapravka yopilgani haqidagi keskin nutqidan so‘ng 15 sutkaga qamalgan haydovchi G‘ayrat Do‘stovning hibs muddatini 8 sutkaga qisqartirdi va ozod qildi. Sudyaning qilgan ishidan pushaymonligi va holat janjalga arzishi haqidagi savoliga u “yo‘q, arzimaydi”, deb javob berdi.
Toshkent aholisi Do‘stlik (sobiq Bobur) bog‘i uchun kurashni davom ettirmoqda — ular bog‘ni investorga berish to‘g‘risidagi hokimiyat qarorlari bekor bo‘lishini talab qilyapti. Ammo uchinchi instansiya sudi ham bu talabni rad etdi. Aholi endi Oliy sudga, unda ham o‘xshamasa, Greenpeace va BMTga murojaat qilmoqchi.
Toshkent shahrida o‘zi bilan birga yashab kelayotgan ayolning 3 yoshli bolasini pichoqlab o‘ldirgan erkak 24 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
May oyida Spark Toshkentning Yusuf Xos Hojib ko‘chasidagi tartibsiz o‘tish joyida ayolni urib yuborgandi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan. Sud haydovchini 5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Jazo manzil-koloniyada o‘taladi. Ushbu ko‘chadagi piyodalar o‘tish joylari hamon xavfsizlik talablariga javob bermaydi.
Prezident tomonidan imzolangan hujjat bilan qonunchilikka raqamli dalillar tushunchasi kiritilmoqda. Raqamli dalillarning ko‘chirma nusxalarini mas’ul shaxslarga yoki sudga qog‘ozda chop etilgan shaklda taqdim etish mumkin.
Sud 51 yoshli o‘zbekistonlikni Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida ishtirok etgani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi. U advokat Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashni taklif qilganini aytdi. Erkak dron tomonidan tashlangan snaryadning portlashi oqibatida yaralangan.
Toshkent yaqinidagi dalada Yandex Go haydovchisiga pichoq bilan hujum qilgan ikki talaba 7 va 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sudda ulardan biri qarzlari tufayli jinoyatni rejalashtirganlarini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda 2023-yil noyabr oyidan buyon ko‘pxotinlilikni targ‘ib qilgan 14 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, 7 nafar shaxs esa jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilgani uchun javobgarlikka tortildi.
O‘zbekistonda 27-oktabr kuni o‘tgan deputatlik saylovlarida bir kishiga bir qancha byulleten bergan Dang‘ara tumanidagi 541-saylov uchastkasi saylov komissiyasi a’zosi sudlandi. Sud unga 375 ming so‘m jarima jazosini tayinladi.
Rossiyada yarim yoshli chaqaloqning o‘limida ayblanayotgan o‘zbekistonlik ayol vaqtincha hibsga olindi. U chaqaloqni cho‘miltirish vaqtida qo‘lida tushirib yuborgani taxmin qilinmoqda.
“Gazeta.uz” sud jarayonlarini yoritishda bir necha bor to‘siqlarga duch kelgan. Biz jinoyat ishlari bo‘yicha sudya Sarvar Mamadiyev bilan jurnalistlarning sud zalida bo‘lishi qoidalari, jarayonlarni yoritishga qo‘yiladigan taqiq sabablari haqida suhbatlashdik va tahririyat duch kelgan holatlarni muhokama qildik.
2023-yilning sentabr oyida Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” dahasida sodir bo‘lgan portlashda aybdor deb topilgan 4 kishi 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Jabrlanuvchi va fuqaroviy da’vogarlarga 282 milliard so‘m mablag‘ solidar tartibda undirilishi belgilandi.
BMTTD o‘tkazgan tadqiqotda ta’kidlanishicha, ota-onalik huquqidan mahrum qilish va ajrashishdan keyin uy-joyga bo‘lgan huquqlarni ta’minlashga oid sud ishlarida ayollar ko‘pincha advokatlarsiz o‘zlarini himoya qilishga majbur bo‘lmoqda. Bu esa ular uchun qo‘shimcha moliyaviy va huquqiy qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.
Qishloq xo‘jaligi vazirining sobiq o‘rinbosari Azimjon Nazarov sud tomonidan bir nechta jinoyatda aybdor deb topildi. Nazarov 550 ming dollardan ortiq miqdoridagi zarar yetkazgani aniqlangan. Sud unga nisbatan 4 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting