«sud» tegli maqolalar


Buxoroda o‘quvchilar vafot etgan YTHda aybdor deb topilgan avtobus haydovchisi 9 yilga qamaldi
9 oktabr 2024, 13:42

Buxoroda o‘quvchilar vafot etgan YTHda aybdor deb topilgan avtobus haydovchisi 9 yilga qamaldi

Kogon tumanida teatrga ketayotgan o‘quvchilar bo‘lgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashishi ortidan 2 nafar o‘quvchi vafot etgandi. Avtobus haydovchisiga sud hukmi o‘qilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov aynan qanday jinoyatlarda ayblanmoqda? Ayblov xulosasi
24 sentabr 2024, 14:29

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov aynan qanday jinoyatlarda ayblanmoqda? Ayblov xulosasi

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning sud ishida qo‘yilgan ayblovlarning ayrimlari uning “O‘zsanoatqurilishbank” boshqaruvi raisi bo‘lgan davriga bog‘liq. Ayblov xulosasida u talon-toroj qilgan kredit va budjet mablag‘lari hamda davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar 200 mlrd so‘mdan ko‘pligi aytiladi.

“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari Anvar Jo‘rayev ustidan sud jarayoni boshlandi
23 sentabr 2024, 18:35

“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari Anvar Jo‘rayev ustidan sud jarayoni boshlandi

Toshkentda fevral oyida hibsga olingan “Toshshahartransxizmat” sobiq rahbari Anvar Jo‘rayev ustidan sud jarayoni boshlandi. Unda 21 kishi (jumladan, ikki avtobus saroyi va “Toshavtota’mirxizmat” rahbarlari) sudlanmoqda. Ularning aksariyati hali ayblov xulosasi olmagani sabab sud ishi bir haftaga kechiktirildi.

Sotuvchini kaltaklagan Inbazar qorovuli 7 sutkaga qamaldi
16 sentabr 2024, 20:57

Sotuvchini kaltaklagan Inbazar qorovuli 7 sutkaga qamaldi

Inbazar kiyim do‘konining qorovuli sotuvchini so‘kib, kaltaklagani uchun 7 sutkaga qamaldi. Holatni “qolgan xodimlarga o‘rnak bo‘lishi uchun” videoga olgan katta menejerga esa 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ishi yopiq sudda ko‘riladigan bo‘ldi
12 sentabr 2024, 17:29

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ishi yopiq sudda ko‘riladigan bo‘ldi

Mirobod tuman sudi sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va yana 49 kishining ishini yopiq rejimga o‘tkazdi, biroq bir necha advokatlar va sudlanuvchilar bunga qarshi chiqdi. Sudya bunga sabab sifatida sudda “xizmat doirasidan foydalanish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar yangrashini” aytdi.

“Vagner” XHK safida xizmat qilgan o‘zbekistonlik yollanishda ayblandi. Tafsilotlar
12 sentabr 2024, 00:48

“Vagner” XHK safida xizmat qilgan o‘zbekistonlik yollanishda ayblandi. Tafsilotlar

O‘zbekiston fuqarosi “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi bilan shartnoma tuzib, Ukraina, Rossiya va Belarusda xizmat qildi. U “Artemovskni ozod qilganlik uchun” medalini oldi va Yevgeniy Prigojinning “adolat marshi”da qatnashdi. Toshkent sudi uning ozodligini 4 yilga chekladi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri sobiq o‘rinbosari 6 yilga, uning qizi 5 yilga qamaldi
10 sentabr 2024, 05:24

Qishloq xo‘jaligi vaziri sobiq o‘rinbosari 6 yilga, uning qizi 5 yilga qamaldi

Sud sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Turayevni qariyb 10 mlrd so‘mlik 1 mln dona uzum ko‘chatini yetkazib berish ishi bo‘yicha talon-toroj qilish va mansab soxtakorligida ayblab, 6 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Uning kompaniyada ishlagan qiziga 5 yil 1 oy qamoq jazosi tayinlandi.

“Baxti Tashkentskiy”ga oid ish apellyatsiya instansiyasida ko‘rilmoqda
9 sentabr 2024, 16:18

“Baxti Tashkentskiy”ga oid ish apellyatsiya instansiyasida ko‘rilmoqda

20 yilga qamalgan “Baxti Tashkentskiy” va yana 7 sudlanuvchining advokatlari sud hukmi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat kiritdi. Ish Toshkent shahri sudida ko‘rib chiqilmoqda. Shikoyatda, jumladan, hukmning Baxtiyor Qudratullayevni o‘ta xavfli retsidivist deb topish haqidagi qismini bekor qilish so‘ralyapti.

Jurnalistlarga Aziz Voitovga oid ochiq sud majlisidan foto va video olish taqiqlandi. Bu prezident farmoniga zid
7 sentabr 2024, 12:39

Jurnalistlarga Aziz Voitovga oid ochiq sud majlisidan foto va video olish taqiqlandi. Bu prezident farmoniga zid

Sobiq vazir Aziz Voitov va yana 49 sudlanuvchiga oid sudda OAV vakillariga foto, video olish hamda audio yozib olish taqiqlandi. Ayrim advokatlar jurnalistlarni yolg‘on tarqatishda ayblamoqda. Antikorrupsiya agentligi bunday qaror prezident farmoniga zidligini aytib, majlisni jonli efirga uzatishga chaqirdi.

Samarqandda SSSRni tiklash tarafdori bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosining ozodligi cheklandi
3 sentabr 2024, 18:24

Samarqandda SSSRni tiklash tarafdori bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosining ozodligi cheklandi

Sud SSSRni tiklash tarafdori bo‘lgan 74 yoshli samarqandlik fuqaroga 3 yilga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. Ish materiallariga ko‘ra, u Telegram`dagi guruhda “O‘zbekiston mustaqilligi yuzaki ekani va sobiq Sovet Ittifoqi rasman tarqalmagani” haqidagi materiallar joylashtirgan.

Trampga saylov natijalarini bekor qilishga urinish bo‘yicha yana ayblovlar qo‘yildi
29 avgust 2024, 11:28

Trampga saylov natijalarini bekor qilishga urinish bo‘yicha yana ayblovlar qo‘yildi

Maxsus prokuror Jek Smit Donald Trampning 2020-yilgi saylov natijalarini bekor qilishga urinishi bo‘yicha yangi ayblov xulosasini sudga berdi. Hujjat Oliy sudning AQSh sobiq prezidentlarining qisman jinoiy immunitetga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi qarorini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqildi.

Zangiotada ro‘mol o‘rab, niqob taqqan ayol jarimaga tortildi (aniqlik kiritildi)
23 avgust 2024, 16:40

Zangiotada ro‘mol o‘rab, niqob taqqan ayol jarimaga tortildi (aniqlik kiritildi)

Zangiota tumanida ro‘mol o‘ragan va matodan niqob taqib yurgan ayol jamoat joyida yuzini berkitib yurganlik moddasi bilan jarimaga tortildi. U sudda mebel sexida ishlashini va changga allergiyasi borligi uchun niqob taqishini aytdi.

Sud “Ozodlik”ka 100 mln so‘m to‘lash va “gaz chayqovchisi” haqidagi surishtiruv bo‘yicha raddiya e’lon qilishni yukladi
20 avgust 2024, 18:00

Sud “Ozodlik”ka 100 mln so‘m to‘lash va “gaz chayqovchisi” haqidagi surishtiruv bo‘yicha raddiya e’lon qilishni yukladi

Toshkentdagi sud “Ozodlik” radiosini gaz savdosi bilan shug‘ullanuvchi Ultimo Group Limited kompaniyasi va uning asoschisi haqidagi tekshiruv yuzasidan rad etish bayonoti e’lon qilishga hamda ma’naviy zarar uchun 100 million so‘m miqdorida tovon to‘lashga majbur etdi. “Gazeta.uz” sud majlislarida ishtirok etdi.

Sobiq vazir Aziz Voitov va yana 49 kishiga oid jinoyat ishi ochiq sudda ko‘riladi
16 avgust 2024, 11:34

Sobiq vazir Aziz Voitov va yana 49 kishiga oid jinoyat ishi ochiq sudda ko‘riladi

Aziz Voitov va boshqalarga (jami 50 kishi) oid jinoyat ishini birinchi instansiyada ochiq sudda ko‘rib chiqish 5-sentabrda boshlanadi. Ular JKning o‘zlashtirish, firibgarlik, vakolatni suiiste’mol qilish, pora va boshqa moddalari bo‘yicha ayblanmoqda. Sudlanuvchilarning 29 nafari qamoqqa olingan.

Sud sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshlaydi
13 avgust 2024, 08:04

Sud sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshlaydi

Mirobod tuman sudi sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshlaydi. U o‘zlashtirish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va mansab soxtakorligi kabilarda gumonlanmoqda. Ishda ikki tadbirkor ham ayblanmoqda.

Andijonda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanganlar 5 va 3 yilga qamaldi
10 avgust 2024, 11:53

Andijonda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanganlar 5 va 3 yilga qamaldi

Andijon viloyatida umumiy qiymati 1,6 mlrd so‘mlik dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan ikki shaxsga hukm o‘qildi. Ulardan biri 5 yilga, ikkinchi esa 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

“Saidaziz medgorodok” sudi yakuni: kimga qanday hukm o‘qildi? (to‘liq ro‘yxat)
6 avgust 2024, 14:16

“Saidaziz medgorodok” sudi yakuni: kimga qanday hukm o‘qildi? (to‘liq ro‘yxat)

“Saidaziz medgorodok” va yana 28 kishiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Saidaziz Saidaliyev 20 yilga qamaldi. Sudlanuvchilarning ba’zilari 5 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa, ayrimlariga axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash jazosi berildi. Bir sudlanuvchi jazodan ozod etildi. Batafsil.

Pora bilan ushlangan Asaka tumani prokurori o‘rinbosari 8,5 yilga qamaldi
1 avgust 2024, 15:38

Pora bilan ushlangan Asaka tumani prokurori o‘rinbosari 8,5 yilga qamaldi

Asaka tumani ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘linmasi sobiq xodimi va tuman prokurori o‘rinbosari 15 ming dollar pora bilan ushlangandi. Ular sud hukmi bilan 6 yil 1 oy va 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

O‘zbekiston fuqaroligini pullagan IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limining sobiq boshlig‘i 7 yilga qamaldi
30 iyul 2024, 13:10

O‘zbekiston fuqaroligini pullagan IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limining sobiq boshlig‘i 7 yilga qamaldi

Toshkent shahrida IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limining sobiq boshlig‘i va uning sherigi chet el fuqarolariga pul evaziga noqonuniy ravishda ID karta va xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirib kelgani aniqlandi. Ular 7 va 5 yilga qamaldi.

Sud aholining Do‘stlik bog‘ini investorga berish haqidagi hokimiyat qarorlarini bekor qilish bo‘yicha da’vosini rad etdi
27 iyul 2024, 15:34

Sud aholining Do‘stlik bog‘ini investorga berish haqidagi hokimiyat qarorlarini bekor qilish bo‘yicha da’vosini rad etdi

Ma’muriy ishlar bo‘yicha Toshkent shahar tumanlararo sudi hukumat va poytaxt hokimligining Do‘stlik (Bobur) bog‘ini investorga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi aholining da’vosini qanoatlantirmadi. Sud da’vogarlardan davlat foydasiga 476 ming so‘m davlat boji undirilishini belgiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting