Qariyb o‘n yildan beri biz xorijiy tillarni ona tili darajasida o‘rganishga harakat qilmoqdamiz, ammo natijalar hali-hanuz maqtangulik emas. 2012 yildan beri xorijiy tillarni o‘qitish sifati yaxshilandimi, sertifikat «qamchisi» va ustama «asali» siyosati kutilgan natijalarni berdimi — kolumnist Komil Jalilov bu savollarni tahlil qilishga urindi.
Tanqidiy fikrlab, har bir axborotning ishonchliligini tekshirish hamisha muhim sanaladi. «Gazeta.uz» kolumnisti Komil Jalilovning fikricha, bu jihatni maktablarda Science fanining joriy qilinishi atrofidagi bahs-munozaralarda ham inobatga olish lozim.
Prezident maktablarda o‘quv yuklamasi va darslar sonini qayta ko‘rib chiqish, o‘quvchilarni faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish zarurligini ta’kidladi. Endilikda maktab direktorlarini lavozimga tayinlash bevosita mahalliy kengashlar bilan kelishilgan holda, tanlov asosida amalga oshiriladi.
Ta’lim inspeksiyasi 2019/2020 o‘quv yilida umumta’lim muassasalari reytingini e’lon qildi. Reyting natijalari bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlari maktablari egalladi.
O‘zbekiston katta yoshdagi aholisining deyarli 60 foizida zarur bilim va malaka yetishmasligi seziladi. Bu ko‘p yillar davomida aholi uchun oliy ma’lumot olish imkoniyati cheklangani bilan izohlanadi. Katta yoshdagilarga ta’lim berish rivojlantirish ushbu bo‘shliqni to‘ldirish imkonini berib, ish kuchi malakasini oshirishga xizmat qilardi. Senator Diloram Toshmuhamedova «Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonunning yangi tahriri va katta yoshdagilarga ta’lim berish qanday rivojlanishi kerakligi haqida fikr yuritadi.
Jahon bankining 2020 yil uchun e’lon qilingan inson kapitali indeksida ilk bor O‘zbekiston ham qatnashib, 62 foizlik natija bilan MDH davlatlari orasida Belarus (70 foiz), Rossiya (68 foiz) va Qozog‘istondan (63 foiz) keyingi o‘rinni egalladi.
Inson kapitali hamda jamiyat va davlatning iqtisodiy yutuqlari chambarchas bog‘liqdir. Faylasuf, jamiyatshunos va antropolog Valeriy Xan nima uchun pedagogik ta’lim sifati O‘zbekistonning innovatsion taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga egaligi to‘g‘risida fikr yuritadi.
Senatorlar yangi tahrirdagi «Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunni ma’qulladilar. Unda davlat organlari vakolatlariga aniqlik kiritilib, ta’lim shakllari, pedagoglar, ta’lim oluvchilar va ota-onalarning huquq va majburiyatlari belgilandi.
Afg‘onistonlik yosh xotin-qizlar Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tahsil oladilar. Loyiha doirasida Afg‘onistondan kelgan 50 nafar ayollar Qozog‘iston va O‘zbekiston universitetlarida o‘qishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekistonda sirtqi ta’lim 100 foiz, kechkisi esa 50 foiz masofaviy ta’lim shakliga o‘tadi. Kunduzgi ta’lim borasida qanday yo‘l tutilishi karantin sharoitidan kelib chiqib belgilanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting