Polkovnik Farxod Xasanov Toshkent shahri IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Ilgari bu lavozimni Doniyor Tashxodjayev egallab kelgan.
Davronbek Sattarov Andijon viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Sherxon Allamurotov Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumani hokimi bo‘ldi. U bunga qadar tuman IIB boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.
O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan sud tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Senat esa Oliy sudning 5 ta sudyasini lavozimidan ozod etdi.
Prezident qarori bilan Zokir Ishpulatov suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari — Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. U bungacha Vazirlar Mahkamasi kotibiyati bosh mutaxassisi bo‘lib ishlagan.
Samarqand viloyatining sobiq hokimi Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Akrom Vasilov “O‘zbekekspertiza” bosh direktori v.v.b. etib tayinlandi. U bunga qadar “Markazsanoateksport” davlat-aksionerlik tashqi savdo kompaniyasi hamda “O‘zsanoateksport"da turli lavozimlarda ishlagan.
Qoraqalpog‘iston iqtisodiyot va moliya vaziri etib Nurullan Erlepesov Umirzakovich tayinlandi.
Ilyas Nurimbetov Respublika tez tibbiy yordam markazi Qoraqalpog‘iston filiali direktori etib tayinlandi. U tayinlovga qadar SSV Tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Avazjon Karimov sport vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar vazir maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
2017-yildan buyon Jizzax viloyati hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Ergash Saliyev ishdan olindi. Uning o‘rnini “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi raisi Ulug‘bek Mustafoyev egalladi.
IMVda qator tayinlovlar amalga oshirildi: MHTI direktori Umid Abidxadjayev va DXSH loyihalari departamenti direktori Ilhom Umrzakov vazir o‘rinbosarlari bo‘ldi. G‘aznaqo‘m raisi Murod Bekberganovich Pensiya jamg‘armasiga rahbar etib tayinlandi, uning o‘rnini esa vazir o‘rinbosari Abdulaziz Xaydarov egalladi.
Nilufar Normirzayeva Toshkent viloyati hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U bungacha Yangiyo‘l tumani hokimiga o‘rinbosar bo‘lgan.
Fizika-matematika fanlari doktori, senator Shavkat Ayupov Fanlar akademiyasi prezidenti etib saylandi. U bunga qadar akademiyaning Matematika instituti direktori bo‘lib ishlagan.
Prezident Markaziy bank boshqaruvi raisi lavozimi uchun Senatga Timur Ishmetov nomzodini taqdim etdi. Avvalroq Mamarizo Nurmuratov bu lavozimidan ozod etilgandi. Bungacha Ishmetov prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Alisher Muratov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. U bungacha Biznesni rivojlantirish banki boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Uyg‘un G‘afurov Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori lavozimiga tayinlandi. Bungacha u O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori edi.
Xalq banki boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Zafar Azimov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi.
Xurshid Qoraboyev Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U bungacha SSP boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Baxtiyor Adilov tayinlandi. U bungacha Buxoro viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting