«tayinlov» tegli maqolalar


Kogon shahri va Qorovulbozor tumaniga yangi hokimlar tayinlandi
30 noyabr 2024, 14:51

Kogon shahri va Qorovulbozor tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

Mirshakar To‘raboyev Kogon shahriga, O‘tkir Hamroyev Qorovulbozor tumaniga hokim bo‘ldi. Ushbu hududlarning avvalgi hokimlari Vobkent va Peshku tumanlariga hokim etib tasdiqlangandi.

Vobkent va Peshku tumanlariga yangi hokimlar tasdiqlandi
30 noyabr 2024, 10:07

Vobkent va Peshku tumanlariga yangi hokimlar tasdiqlandi

Akmal Ostonov Vobkent tumani hokimi etib tasdiqlandi. Bu lavozimda ishlab kelayotgan Farhod Umarov sog‘ligi yomonlashgani munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Bundan tashqari, Peshku tumaniga Hayot Davlatov hokim etib tasdiqlandi.

O‘zbekistonning Islom hamkorlik tashkilotidagi yangi doimiy vakili tayinlandi
25 noyabr 2024, 21:45

O‘zbekistonning Islom hamkorlik tashkilotidagi yangi doimiy vakili tayinlandi

Nodirjon Turg‘unov O‘zbekistonning Islom hamkorlik tashkilotidagi doimiy vakili etib tayinlandi va tashkilot bosh kotibiga ishonch yorliqlarini topshirdi. U mamlakatning Saudiya Arabistonidagi elchisi lavozimidagi vazifasini ham davom ettiradi.

“O‘zcharmsanoat” uyushmasiga yangi rais tayinlandi
25 noyabr 2024, 21:03

“O‘zcharmsanoat” uyushmasiga yangi rais tayinlandi

Akbar Sultanov “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi lavozimiga tasdiqlandi. U 2021-yil mayidan buyon raisning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Sultanov martdan beri uyushma raisi vazifasini bajarib kelayotgan Farxod Nurmuxamedov o‘rnini egalladi.

Tanzila Narbayeva Senat raisi etib qayta saylandi
19 noyabr 2024, 13:56

Tanzila Narbayeva Senat raisi etib qayta saylandi

Prezident taklifiga binoan Tanzila Narbayeva uchinchi bor Oliy Majlis Senati raisi etib saylandi. Sodiq Safoyev esa uning birinchi o‘rinbosari, Amanbay Orinbayev o‘rinbosari bo‘ldi.

Nuriddin Ismoilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri etib qayta saylandi
18 noyabr 2024, 11:27

Nuriddin Ismoilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri etib qayta saylandi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri lavozimiga yashirin ovoz berish yo‘li bilan XDP deputati Nuriddin Ismoilov qayta saylandi.

Bo‘zatov tumaniga yangi hokim tayinlandi
16 noyabr 2024, 14:53

Bo‘zatov tumaniga yangi hokim tayinlandi

Batirbek Ubbiniyazov Bo‘zatov tumaniga hokim etib tayinlandi. U bungacha Mo‘ynoq tumani hokimining ekologiya va Orolbo‘yi hududini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Shavkat Mirziyoyev Senatning to‘qqiz nafar a’zosini tayinladi
16 noyabr 2024, 14:07

Shavkat Mirziyoyev Senatning to‘qqiz nafar a’zosini tayinladi

O‘zbekiston prezidenti Oliy Majlis Senatining 9 nafar a’zosini tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Konstitutsiyaning 92-moddasiga ko‘ra, ushbu 9 nafar senator davlat va jamiyat faoliyatida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan tayinlanadi.

Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi
5 noyabr 2024, 11:14

Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi

Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi qarori bilan viloyat hokimi etib qayta tasdiqlandi.

O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
4 noyabr 2024, 10:09

O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi

Oybek Eshonov O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchisi etib tayinlandi. U bungacha O‘zbekistonning Isroildagi elchisi, TIVning Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
30 oktabr 2024, 20:47

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Usmon Sharifxo‘jayev o‘rniga maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Sherzod Karimov tayinlandi. Bungacha u Vazirlar Mahkamasining “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamentida ishlagan.

Vladimir Jollibekov Qoraqalpog‘iston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri etib tayinlandi
28 oktabr 2024, 16:59

Vladimir Jollibekov Qoraqalpog‘iston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri etib tayinlandi

Vladimir Jollibekov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi rahbari etib tayinlandi.

Dilshod Axatov bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonning Shveysariyadagi elchisi etib tayinlandi
28 oktabr 2024, 09:58

Dilshod Axatov bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonning Shveysariyadagi elchisi etib tayinlandi

2023-yil kuzidan beri O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi vazifasini bajarib kelayotgan Dilshod Axatov ayni paytda Shveysariyaga ham elchi etib tayinlandi.

Oybek Usmonov O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchisi etib tayinlandi
27 oktabr 2024, 15:27

Oybek Usmonov O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchisi etib tayinlandi

O‘zbekistonning Afg‘onistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib Oybek Usmonov tayinlandi. Tayinlovga qadar u Misr va Pokistonda elchi bo‘lgan.

Surxondaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
26 oktabr 2024, 12:31

Surxondaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Adliya katta maslahatchisi Baxtiyar Babadjanov Surxondaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

TIV rahbariga yangi o‘rinbosar tayinlandi
23 oktabr 2024, 00:29

TIV rahbariga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezident qarori bilan, Olimjon Abdullayev tashqi ishlar vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi. U bunga qadar O‘zbekistonning Germaniyadagi konsullaridan biri bo‘lib ishlagan.

Usmon Sharifxodjayev Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktoriga o‘rinbosar bo‘ldi
18 oktabr 2024, 15:31

Usmon Sharifxodjayev Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktoriga o‘rinbosar bo‘ldi

Usmon Sharifxodjayev Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktoriga o‘rinbosar bo‘ldi. U 2020-yildan buyon maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Toshkent viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
17 oktabr 2024, 10:43

Toshkent viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Otabek Tursunov Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu lavozimda ishlab kelgan Erkin Muhitdinov prezident majlisida ishdan olingandi.

Jizzax SSBga yangi rahbar tayinlandi
14 oktabr 2024, 20:52

Jizzax SSBga yangi rahbar tayinlandi

Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i bilan Jizzax viloyati SSBga yangi boshliq tayinlandi. Maxmarasul Umarov bungacha SES viloyat boshqarmasi rahbari bo‘lib ishlagan.

Toshkent viloyati YHXBga yangi boshliq tayinlandi
14 oktabr 2024, 11:52

Toshkent viloyati YHXBga yangi boshliq tayinlandi

Polkovnik Aziz Sadirov ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting