Xalq deputatlari Buxoro shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Jamol Nosirov shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Transport vazirining logistika va turizmni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi etib Timur Allayarov tayinlandi.
Buxoro viloyati hokimining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Botirjon Shaxriyorov Buxoro viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Vazirlar Mahkamasida mas’ul lavozimda faoliyat yuritib kelayotgan Bahodir Ahmedov Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Botir Nuriddinov Namangan viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.
Jamshid Babajanov Toshkent viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.
Azizxon Maksumov Andijon viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.
To‘lqin Atamurodov Navoiy viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. Bundan tashqari, viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasiga Sa’dulla Mirzayev tayinlandi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Faxriddin Davrukov Toshkent shahar hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Nodir Erkayev Qashqadaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimining turizm va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan Jo‘rabek To‘rayev viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Turizm va sport vazirining ma’naviy-ma’rifiy masalalar va davlat tili bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib ishlab kelayotgan O‘tkir Saidov Turizm va sport vazirining ziyorat turizmi bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
O‘zbekistoninng Novosibirskdagi bosh konsuli bo‘lib ishlagan Yusup Kabuljanov Tashqi ishlar vazirligining matbuot kotibi va rasmiy vakili etib tayinlandi.
Xayrulla Umarov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u agentlik boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Alisher Inakov yangi tashkil etilgan Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori bo‘ldi. Shu bilan birga, agentlikning 2 o‘rinbosari ham tayinlandi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Anvar Asamov qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari vazifasiga o‘tdi. Uning avvalgi lavozimiga Bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Baxtiyor Rahimov tayinlandi.
G‘ayrat Fazilov tashqi ishlar vazirining Yevropa davlatlari bilan hamkorlik va xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Sodiq Toshboyev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi lavozimiga tayinlandi.
Akmal Jumaboyev Toshkent shahar Sergeli tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi sifatida faoliyat olib borgan.
Adliya maslahatchisi Norsuluv Soyipova Samarqand viloyati Nurobod tumani prokurori lavozimiga tayinladi. U bilan O‘zbekistonda ayol prokurorlar soni ikki nafarga yetdi.
Jamshid Abdusalamov Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi direktori vazifasiga tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting