Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi (DIIHB) Tojikiston rasmiylari tomonidan akkreditatsiya kafolatlari yo‘qligi sababli mamlakatdagi parlament saylovlarini kuzatish bo‘yicha missiyasini bekor qildi.
Urgutlik fuqaro Tojikistonlik sherigi bilan birgalikda O‘zbekistonga 20 kg 747 gramm opiy olib kirmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi. Sud ularni 16 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Tergov jarayonida ma’lum bo‘lgan urgutlik sherik ham 16 yilga qamaldi.
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston hukumat rahbarlari uch davlat chegaralari tutashgan nuqtada umumiy chegara uchastkalari chizig‘i masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. Ular ushbu yig‘ilish “xalqlar va mamlakatlar farovonligi yo‘lida mintaqa taqdirini o‘nlab yillar davomida belgilab berishiga” ishonch bildirdi.
Qirg‘iziston va Tojikiston hukumatlari umumiy davlat chegarasini to‘liq tavsiflashni yakunladi. Qirg‘iziston MXDQ raisi bir necha oydan so‘ng masala “butunlay hal bo‘lishini” ta’kidladi.
Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi. TIV rahbari o‘rinbosari Ilxom Xaydarov Tojikistonning KXShTga a’zoligi O‘zbekistonning milliy manfaatlariga daxl qilmasligini aytdi.
O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘iston va Tojikiston chegaralarini faqatgina ID karta orqali kesib o‘tishi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi. Avvalroq shunday tartib Qirg‘iziston bilan joriy etilgandi.
Tojikiston mamlakat energetika tizimini Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga qayta ulash va O‘zbekistonga yangi elektr uzatish liniyasini qurish loyihasi uchun OTBdan 15 mln dollar oladi.
Oliy muftiy, 2010-yildan beri Tojikiston Ulamolar kengashiga raislik qilayotgan Saidmukarram Abdulqodirzodaga masjid yaqinida sanchib-kesuvchi tig‘ bilan zarba berildi. U yengil jarohat oldi, hujum uyushtirgan shaxs ushlanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qozog‘iston Tojikistonning Rog‘un GESidan elektr energiyasini O‘zbekiston orqali import qilmoqchi. O‘zbekiston ham avval shu stansiyadan elektr xarid qilishni ko‘rib chiqqandi. Tojikiston GES qurilishini yakunlashga tashqi moliyalashtirish olish uchun energiya yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzishi kerak.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon MO davlatlari sammitida “global tahdid va xavflarning kuchayishi fonida” xavfsizlik sohasida hamkorlikning yangi shakllarini ishlab chiqish, shuningdek, huquq-tartibot idoralari o‘rtasida yaqin hamkorlik mexanizmlarini yaratishni taklif qildi.
Xo‘janddan Dushanbe shahri tomon harakatlangan Nexia 2 avtomobili yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda uch nafar o‘zbekistonlik fuqaro — mashina haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi.
O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning ma’lum qilishicha, Tojikiston Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga may oyi oxirigacha qo‘shilishi kutilmoqda.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rossiya prezidenti bilan uchrashuvda “Krokus”dagi terakt tojik xalqi imijiga jiddiy zarba bo‘lganini bildirdi. Rahmon terrorizmning millati va dini yo‘qligini, bu global muammo ekanini ta’kidladi.
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari Farg‘onada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda transchegaraviy tahdidlarga qarshi kurashni muhokama qildi. Shuningdek, qirg‘iz-tojik chegaralarini delimitatsiya qilish va o‘zbek-qirg‘iz chegaralarini demarkatsiyalash jarayonlarini tezlashtirishga kelishib olindi.
Rossiyaga kirishda O‘zbekiston va Qirg‘izistondan borgan migrantlar chegarada ushlab turilgani, telefonlari olib qo‘yilib, ovqat va suvsiz qoldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston Migratsiya agentligi Rossiyadagi vakolatxona bilan bog‘lanilganini bildirib, bunday holatlar bo‘layotganini rad etdi.
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisiga norozilik notasi topshirdi, unda Rossiyada mamlakat fuqarolariga nisbatan bo‘layotgan “keskin salbiy munosabat” hamda ularning huquqlari “keng miqyosda poymol etilayotganidan” xavotir bildirilgan.
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolariga o‘ta zarurat bo‘lmasa, Rossiya hududiga barcha turdagi transportlarda sayohat qilishdan vaqtincha tiyilishga chaqirdi.
O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari yuk mashinalari tranzitini soddalashtirish va ruxsatnoma blankalarini bekor qilishga kelishib oldi. Bu yetkazib berish muddatini qisqartirishi va yuk xavfsizligini oshirishi kutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon O‘zbekistonning Dushanbe shahridagi yangi qurilgan vakolatxonasi ochilish marosimida qatnashdi. Prezidentlar elchixona binosida diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, faxriy mehmonlar kitobiga tilaklarini yozib qoldirdi.
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Dushanbedagi “Ko‘hi Borbad” san’at saroyida ikki davlat san’at ustalari ishtirokidagi “Do‘stlik oqshomi” konsertini birgalikda tomosha qildi. Foto va video.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting