Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududini o‘zgartirish to‘g‘risidagi loyihani qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda. Uchtepa va Sergeli tumanlari hamda Ulug‘bek shaharchasi aholisi ushbu rejalardan norozi bo‘lgan edi.
Toshkentning Chilonzor tumanida Labo yuk mashinasining reklama ustuniga borib urilishi oqibatida avtomobil yo‘lovchisi voqea joyida vafot etdi, haydovchi jarohat oldi.
Toshkentning Uchtepa tumani yashovchilari uchta mahallani Toshkent viloyatining Zangiota tumani tarkibiga o‘tkazishga qarshi chiqdi. Tuman hokimi Farhod Abdullayev ular bilan uchrashuvda poytaxt va viloyat chegaralarining o‘zgarishi hozirda loyiha ekanini ta’kidlab, ushbu masalani shahar hokimi bilan muhokama qilishga va’da berdi.
Poytaxtning Sergeli, Chilonzor va Uchtepa tumanlaridan bir qismini Toshkent viloyatiga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Mirzo-Ulug‘bek tumani tarkibidagi Ulug‘bek shaharchasini viloyat hududiga o‘tkazish va Qibray tumanining ma’muriy markaziga aylantirish mo‘ljallangan.
Shahardan Toshkent viloyatiga 1010 ga, viloyatdan poytaxtga 10196 ga yer maydoni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Prezident poytaxt va Toshkent viloyati tumanlari hududlarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqdi.
Yil boshidan beri Toshkent shahrida jami qariyb 50 ming nafar fuqaro doimiy ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, shundan may va iyun oylarining o‘zida 40 mingga yaqin nafar fuqaro doimiy ro‘yxatga kiritilgan.
Toshkentda yanvar-may oyilarida 896 ta og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilib, respublikada salbiy birinchi o‘rinni egalladi.
Toshkentning Sergeli tumani hududida tashkil etilayotgan Yangihayot tumani tarkibiga 13 ta mahalla to‘liq, 6 ta mahalla qisman o‘tkazilishi mo‘ljallanmoqda. Sergeli hokimining bu haqdagi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting