«toshkent» tegli maqolalar


Toshkentda yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi
11 fevral 2025, 16:28

Toshkentda yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi

Poytaxtning Yakkasaroy tumanida yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Qutqaruv ekipaji voqea joyiga 8 daqiqada yetib borib, yong‘inni 20 daqiqada o‘chirgan.

Toshkent aholisini haqorat qilgan qiz 10 sutkaga qamaldi
11 fevral 2025, 09:50

Toshkent aholisini haqorat qilgan qiz 10 sutkaga qamaldi

Instagram orqali Toshkent shahri aholisini haqorat qilgan qiz 10 sutka ma’muriy qamoq bilan jazolandi. Qiz videoni taksi haydovchisi uni qayerdan kelgani haqidagi savolidan so‘ng jahli chiqib tasvirga tushirganini aytgan.

Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasidagi 22-uy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritiladi
30 yanvar 2025, 15:14

Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasidagi 22-uy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritiladi

Poytaxtning Shota Rustaveli ko‘chasidagi 22-uyni Moddiy madaniy meros obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritish reja qilinmoqda. Bu haqda Madaniy meros agentligi ijtimoiy tarmoqlarda uning buzilish ehtimoli haqidagi tarqalgan xabarlarga javoban ma’lum qildi.

Toshkentdagi KHAYdan Maxtumquli ko‘chasiga yangi yo‘l ochildi
29 yanvar 2025, 18:13

Toshkentdagi KHAYdan Maxtumquli ko‘chasiga yangi yo‘l ochildi

Kichik halqa avtomobil yo‘lidan eski ToshMI yaqinidagi Maxtumquli ko‘chasiga tushish yo‘lining rekonstruksiyasi yakunlandi. Maxtumqulidan KHAYga chiqish o‘ngga burilish orqali tashkil etildi. KHAYga chiqqanda ham o‘ngga, ham chapga burilish imkoniyati mavjud. Avvalgi Maxtumqulidan KHAYga chapga burilish endi yopiq.

Smogmi yo tuman? Toshkentliklar yana rasmiylardan javob ololmadi
29 yanvar 2025, 02:32

Smogmi yo tuman? Toshkentliklar yana rasmiylardan javob ololmadi

Seshanba kuni Toshkent havosi yil boshidan beri eng iflos darajaga yetdi. Aholi kun bo‘yi ijtimoiy tarmoqlarda bu havodan nafas olish xavfsizmi, kabi savollarni berdi. Ammo doimgidek na javob, na maslahat, na biror tavsiya taqdim qilindi.

Toshkentda advokatlik firmasi mutaxassisi va bank yuristi pora olganda ushlandi
22 yanvar 2025, 15:13

Toshkentda advokatlik firmasi mutaxassisi va bank yuristi pora olganda ushlandi

Toshkentda advokat 26 yoshli fuqaroning 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini yengillashtirish uchun 20 ming dollar olganda ushlandi. U 15 ming dollarni shu ishga aloqador boshqa shaxs — bank yuristiga topshirgan. Huquqshunos ham tezkor tadbirda qo‘lga olingan.

Toshkentdagi shifoxonada chaqaloqning qo‘li kesildi. SSV holatga izoh berdi
20 yanvar 2025, 17:18

Toshkentdagi shifoxonada chaqaloqning qo‘li kesildi. SSV holatga izoh berdi

Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasida chaqaloqqa “chap tomonlama yelka arteriyasi tromboemboliyasi, chap qo‘l va panjasida qon aylanishining 3-a darajali o‘tkir buzilishi, poliorgan yetishmovchiligi” tashxisi qo‘yilib, uning qo‘li kesildi. SSV xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.

Toshkent metrosida 19 yoshli yigit o‘zini poyezd tagiga tashladi
18 yanvar 2025, 21:34

Toshkent metrosida 19 yoshli yigit o‘zini poyezd tagiga tashladi

Toshkent metropolitenida 19 yoshli yigit o‘zini elektropoyezd tagiga tashladi. Xodimlar jabrlangan fuqaroni tirik holda vagon ostidan olib chiqqan. Hozirda tekshirish ishlari olib borilmoqda.

“Peshexod”dan o‘tayotgan qizning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 4 yilga qamaldi
16 yanvar 2025, 22:57

“Peshexod”dan o‘tayotgan qizning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 4 yilga qamaldi

Sentabrda chorrahada piyoda o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 4 yilga (maksimal 7 yildan) qamaldi. YTH vaqtida u 112,7 km/s tezlikda harakatlanib, yana qator qoidabuzarliklarni sodir etgan. O‘g‘irlik uchun o‘talmagan jazo muddati inobatga olindi va u 6 yil 24 sutkani koloniyada o‘tkazadigan bo‘ldi.

Toshkent ramzlariga chizgilar: “Chorsu” mehmonxonasi
15 yanvar 2025, 10:19

Toshkent ramzlariga chizgilar: “Chorsu” mehmonxonasi

Toshkent markazida joylashgan, bir vaqtlar shahar ramzi va me’morlar iftixori hisoblangan “Chorsu” mehmonxonasi bugun qarovsiz qolib, buzilmoqda. “Gazeta.uz” rekonstruksiyasi amalga oshmagan sovet modernizmi yodgorligining tarixi, taraqqiyoti va tanazzuli haqida hikoya qiladi.

Toshkentdagi “Beshyog‘och” bozori o‘rnida biznes markazi qurish taklif etildi
14 yanvar 2025, 20:00

Toshkentdagi “Beshyog‘och” bozori o‘rnida biznes markazi qurish taklif etildi

Turkiya kompaniyasi Chilonzor hokimi o‘rinbosari bilan muzokarada “Beshyog‘och” bozori o‘rnida yirik biznes markazi qurishni taklif qildi. Hokimlik loyiha hozircha muhokama bosqichida ekanini aytdi: “Ayni vaqtda loyiha aniq amalga oshishi, uning muddatlari va qiymati haqida hech qanday rejalar yo‘q”.

2024-yilda Toshkent aholisining Xalq nazorati’ga murojaatlarining asosiy qismi UJKXga doir bo‘ldi
14 yanvar 2025, 02:08

2024-yilda Toshkent aholisining Xalq nazorati’ga murojaatlarining asosiy qismi UJKXga doir bo‘ldi

Xalq nazorati xizmati 2024-yildagi faoliyati natijalarini taqdim etdi. Toshkent aholisi o‘tgan yilgidan 1,5 karra ko‘p murojaat yubordi, 89,6 foizi ko‘rib chiqildi va yopildi. Aksariyati kommunal xo‘jaligi muammolari bilan bog‘liq, 20 foizi daraxt kesish va chiqindi, 10 foizga yaqini yo‘l va trotuar holatiga oid.

Toshkentda yo‘l qoidalari qo‘pol buzilishi oqibatida ikki piyoda jarohatlandi
13 yanvar 2025, 23:19

Toshkentda yo‘l qoidalari qo‘pol buzilishi oqibatida ikki piyoda jarohatlandi

Toshkentda BYD haydovchisi svetoforning yashil chirog‘ida harakatlanmoqchi bo‘lib, Nissan mashinasiga borib urildi. U esa zarbdan qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalarni bosib ketdi. Ikki kishi jarohatlandi.

Toshkentga 2025-yilda yana 1000 ta avtobus olib kelinadi — transport vaziri
13 yanvar 2025, 22:40

Toshkentga 2025-yilda yana 1000 ta avtobus olib kelinadi — transport vaziri

Prezident 2025-yilda Toshkentga yana 1000 ta yangi avtobus olib kelishni buyurdi, dedi transport vaziri Ilhom Mahkamov. Avvalroq hokimlik BYD bilan K9UD eBus elektrobuslarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgandi. QR-chipta xarid qilish uchun bekatlarda qo‘shimcha 675 ta infokiosk o‘rnatish rejalashtirilgan.

Transport vazirligi Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini naqd pulda to‘laydigan yo‘lovchilar uchun jarimani rad etdi
8 yanvar 2025, 01:12 3

Transport vazirligi Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini naqd pulda to‘laydigan yo‘lovchilar uchun jarimani rad etdi

O‘zA Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini naqd pulda to‘laydigan yo‘lovchilar “chiptasiz sayohat” moddasi bo‘yicha jarimaga tortilishi haqida xabar berdi. Xabarni aksariyat OAV va “Toshshahartransxizmat” qayta chop etdi. Transport vazirligi esa ma’lumotni rad etdi.

Toshkentda mototsiklda 310 km/soat tezlikda harakatlangan bloger jarimaga tortildi
4 yanvar 2025, 12:08

Toshkentda mototsiklda 310 km/soat tezlikda harakatlangan bloger jarimaga tortildi

Haydovchi Toshkentda BMW sport mototsiklida soatiga 310 km tezlikda harakatlanib, bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda video joylashtirdi. U tezlikni oshirgani uchun jarimaga tortildi.

Foto: 1-yanvar tongidagi Toshkent
2 yanvar 2025, 23:59

Foto: 1-yanvar tongidagi Toshkent

Har yili 1-yanvarda “Gazeta.uz” muxbirlari poytaxtning Yangi yil kutib olinganidan keyingi manzaralarini suratga olish uchun erta tongdan shahar kezadi. Bayram izlari qolgan hovlilar va kimsasiz maydonlar, kamyob o‘tkinchilaru jamoat transportidagi sanoqli yo‘lovchilar — Iskandar Mirzaahmedov obyektivida.

Toshkentda havo sifati yana xavfli darajaga ko‘tarildi
27 dekabr 2024, 09:47 1

Toshkentda havo sifati yana xavfli darajaga ko‘tarildi

Juma kuni ertalabdan Toshkent yana IQAir xalqaro havo sifati monitoringi antireytingida yetakchilar qatoridan joy oldi. Toshkent va O‘zgidromet portallari ham PM2,5 ruxsat etilgan konsentratsiyadan oshib ketganini ko‘rsatmoqda. Bu borada hozircha hech qanday rasmiy bayonot yoki izoh berilmadi.

Toshkentda bir kechada uchta YTH sodir bo‘ldi
27 dekabr 2024, 09:33

Toshkentda bir kechada uchta YTH sodir bo‘ldi

Toshkentning Uchtepa, Olmazor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida 27-dekabrga o‘tar kechasi uchta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki haydovchi va bir yo‘lovchi jarohat olgan.

Hukumat Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasini tasdiqladi
26 dekabr 2024, 12:52

Hukumat Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasini tasdiqladi

Hukumat Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasini tasdiqladi. U aholi ehtiyojlari, ekologik zonalar va madaniy merosni muhofaza qilishni hisobga olgan holda shaharni rivojlantirishni nazarda tutadi. Bu davrda aholi soni 3 milliondan 7,4 millionga oshishi prognoz qilinmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting