O‘zbekistonda tug‘ilgan Rustem Umerov Ukraina mudofaa vaziri etib tayinlandi. Uni Sharq, xususan, arab mamlakatlarida yaxshi obro‘ va e’tiborga ega shaxs deya ta’riflashadi. U Rossiya bilan tinchlik muzokaralari va asirlar almashinuvlarida qatnashgan. “Gazeta.uz” Umerovning tarjimai holini havola qiladi.
Rossiyaning keng miqyosli bosqini boshlanganidan buyon Ukrainada tinch aholi o‘limi soni 9,5 mingdan oshdi, 17 mingdan ortiq kishi jarohat oldi. Qurbonlarning haqiqiy soni bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin, deya ta’kidladi BMT.
O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi “ukrain do‘stlar”ni Mustaqillik kuni bilan tabriklab, “osmoni tinch bo‘lishi, abadiy gullab-yashnashi va farovonlikni” tiladi.
O‘zbekistondagi jamoat tashkilotlari va o‘zbek ishbilarmonlari tomonidan yig‘ilgan 10,5 tonna gumanitar yuk Ukrainaga yetkazildi. Ulardan kiyim-kechak hamda tibbiy buyumlar o‘rin olgan. Avvalroq Ukrainadan dam olish va reabilitatsiya uchun 45 nafar boladan iborat guruh Toshkentga yetib kelgandi.
Moskvaga dronlar hujumidan so‘ng “Turkmaniston” aviakompaniyasi Rossiya poytaxtiga parvozlarni to‘xtatdi. Qaror “parvoz xavfsizligini ta’minlash maqsadida xavfni baholash” asosida qabul qilingan.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini Ukrainadagi urush zonalariga ishlash uchun bormaslik va harbiy harakatlarda qatnashmaslikka chaqirdi.
O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabining Donetsk viloyatida O‘zbekiston fuqarolari aniqlangani haqidagi ma’lumoti tasdiqlansa, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish uchun barcha zarur choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.
Ukraina elchixonasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaning ushbu davlatga qarshi urushida qatnashmaslikka va Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlariga bormaslikka chaqirdi. Bunday fuqarolar “bosqinchilarning sheriklari sifatida ko‘rib chiqiladi va javobgarlikka tortiladi”, — deyiladi murojaatda.
Ukrainaning bosib olingan Gorlovka hududida Rossiya armiyasi safida O‘zbekiston fuqarolari aniqlandi. Ukraina QK Bosh shtabi o‘zbekistonliklar Mariupolga qurilish ishlari uchun kelgani, biroq ularning pasportlari olib qo‘yilib, ko‘ngilli sifatida safarbar etilganini ma’lum qildi.
Minglab Ukraina fuqarolar Rossiya Ukraina tomonidan bosib olingan hududlardagi rasmiy va norasmiy qamoqxonalarda saqlanmoqda. Ular qiynoqqa solinib, qul sifatida mehnatga majburlanmoqda, deyiladi Associated Press surishtiruvida.
NATO sammitida “Katta yettilik” davlatlari Ukraina xavfsizligini uzoq muddatda ta’minlashga va’da berdi. Bunda Ukraina qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotni mustahkamlash, shuningdek, mamlakatga texnik va moliyaviy yordam ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.
NATO davlatlari Ukrainaning harbiy blokka a’zo bo‘lish bo‘yicha arizasini tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqishga kelishdi. “Bu bizning NATO`ga yo‘limizni qisqartiradi”, — dedi Ukraina Tashqi ishlar vaziri.
Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasi madaniyat vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedovning Grigoriy Lepsning konserti haqidagi intervyusi bo‘yicha bayonot berdi. Diplomatik missiya bunday gastrollarni qo‘llab-quvvatlash O‘zbekiston imijiga tahdid ekanini ta’kidlab, qarshi chiqqan faollarga minnatdorlik bildirdi.
Rossiya tomonidan Ukrainaning Xarkov viloyati o‘qqa tutishi oqibatida kamida 30 kishi jarohat oldi. Qurbonlar orasida 10 nafar bola, jumladan, ikki go‘dak ham bor.
O‘zbekistonlik faollar Ukrainaga qarshi urushni qo‘llab-quvvatlovchi Grigoriy Lepsning konsertini bekor qilishni talab qilmoqda. Madaniyat vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov mamlakatda san’atga hech qanday to‘siq yo‘qligini aytdi. “Kelyapti, san’atini namoyish qilyapti, ketyapti”, — dedi u san’atkorlar haqida.
Rossiya armiyasi tomonidan Ukrainaning Kramatorsk shahri o‘qqa tutilishi chog‘ida kafega raketa kelib tushdi. 12 kishi, jumladan, 3 o‘smir halok bo‘ldi, 60 dan ortiq aholi (ular orasida 8 oylik chaqaloq ham bor) jarohat oldi.
Ukraina hukumati Rossiya qo‘shinlari Zaporoje AESga terakt uyushtirishni rejalashtirayotgani va “buning uchun hamma narsani tayyorlagani”ni iddao qilmoqda. Rossiya bu ayblovlarni rad etib, “navbatdagi yolg‘on” deb atadi. MAGATE esa AESdagi vaziyat “o‘ta beqaror” ekanini ta’kidladi.
Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatda unga Rossiyadagi vaziyat haqida gapirib berdi. Rossiya prezidenti Qozog‘iston va Belarus rahbarlari bilan ham qo‘ng‘iroqlashgan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bo‘layotgan voqealarga munosabat bildirdi.
“Ukrgidroenergo”ning xabar berishicha, Kaxovka GESi butunlay vayron bo‘lgan. Suv ombori sathining nazoratsiz pasayishi Zaporoje atom elektr stansiyasi uchun qo‘shimcha xavf hisoblanadi.
Ukrainaning Dnepr shahridagi tibbiyot muassasasiga Rossiya raketasi kelib tushishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 21 kishi yaralandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting