«Uzbekistan Airways» kompaniyasi Oqtovga parvozlar bekor qilinganini ma’lum qildi. Bu Oqtov xalqaro aeroportining xalqaro parvozlarni qabul qilishni va amalga oshirishni yopganligi bilan bog‘liq.
Quyuq tuman sababli Urganch va Nukus aeroportlari yakshanba kunidan buyon parvozlarni qabul qilmayapti. Yo‘lovchilarga parvoz vaqtini aloqa markazidan yoki onlayn jadval orqali aniqlashtirish tavsiya etildi.
Urganch shahridagi «Perinatal markazini qayta ta’mirlash» obyektini foydalanishga qabul qilish komissiyasi raisi almashtirildi. Bunga sabab qilib viloyat hokim o‘rinbosari, komissiyasi raisi B.Qurbanov va bosh pudratchi tashkilot rahbari o‘zaro affillanganligi aytilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, jamiyat rahbari hokim o‘rinbosarining ukasi hisoblanadi.
Urganch shahri markazida Al-Xorazmiy va Islom Karimov ko‘chalari hududida 500 metrlik yangi tunnel foydalanishga topshirildi. Yerosti yo‘li soatiga 3200 ta avtomobil o‘tkazish imkoniyatiga ega. Viloyat hokimi Farhod Ermanov bu kabi tunnel viloyatlar orasida yagona ekanligini ta’kidladi.
Quyuq tuman tushgani sababli Urganch, Nukus va Navoiy aeroportlari faoliyatiga o‘zgarishlar kiritildi. Jumladan, Toshkentdan Urganch va Nukusga amalga oshirilgan parvozlar kechiktirildi.
Payshanba kuni Moskvaga parvoz kechikishi sababli Urganch aeroportida 300 ga yaqin odam yig‘ildi. Uzbekistan Airports sayyohlik kompaniyasi kerakli hujjatlarni o‘z vaqtida tayyorlamagani haqida xabar berdi. iFly Airlines samolyoti kechki payt yetib keldi.
Xorazmning Urganch tumanida 3 nafar erkak uylardan chiqqan kanalizatsiya suvlarini haydab chiqarish uchun mo‘ljallangan kanalizatsiya kamerasiga tushib, zaharlanish oqibatida vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Urganch shahrida al-Xorazmiyning yangi haykalini o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Prezident yodgorlikning variantlari va uni o‘rnatish rejalashtirilgan joyga oid taqdimot bilan tanishdi. Ulardan biri Jaloliddin Manguberdi haykali joylashgan hudud hisoblanadi.
Istanbul — Urganch — Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha «Turkish Airlines» aviakompaniyasining ilk parvozi amalga oshirildi. Endilikda parvozlar haftada bir marotaba, juma kuni bo‘lishini rejalashtirilgan.
Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyasi 8 martdan boshlab Aktaudan Urganchgacha muntazam aviaqatnovlar amalga oshirishni boshlaydi.
Urganchda tabiiy gaz hisoblagichisiz, yuqori bosimli gaz tarmog‘iga polietilen quvur yordamida noqonuniy ulangani aniqlandi. Iste’molchi tabiiy gaz tarmog‘idan ajratilib, gaz ta’minoti tashkilotiga yetkazilgan zarar miqdori 1,4 mlrd so‘m etib belgilandi.
Urganchdan Qarshi va Termizga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Oldinroq, Farg‘onaga ham reys ochilgan edi. Qolaversa, endi Termiz-Qarshi-Xiva, Xiva-Urganch-Nukus va Termiz-Qarshi-Samarqand yo‘nalishlari bo‘yicha doimiy temir yo‘l qatnovi ham amalga oshiriladi.
Urganch shahrining markaziy maydoni yangidan qurilishi rejalashtirilmoqda. Maydon markazida 25 metrlik kattalikdagi Jaloliddin Manguberdi haykali o‘rnatiladi. Maydon ostidan esa avtomobil tunneli o‘tkaziladi.
Xorazmda bir guruh ayollar boshqa bir ayolning qizligini tekshirish maqsadida yechintirib, jarayonni videoga olishdi. «Samosud» ishtirokchilarining shaxsi aniqlanib, hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Urganchda xalqaro Binary (Malayziya) universiteti filiali tashkil etildi. Filialda tadbirkorlik va boshqaruv, ijtimoiy-iqtisodiy hamda iqtisodiyotning ehtiyoj yuqori bo‘lgan boshqa sohalari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting