SES boshlig‘i o‘rinbosari COVID-19`ga qarshi «Sputnik V» vaksinasi bilan «faqat amaldorlar emlanayotgani haqidagi qarash juda noto‘g‘ri» ekanligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, mazkur vaksina bilan faqatgina 65 yoshdan kattalar emlanishi ko‘zda tutilgan, shu sababli ushbu yoshdan kichiklarga rad javobi berilmoqda. 1 may kuni quyi palata spikeri o‘rinbosari 37 yoshli Odiljon Tojiyev «Sputnik V» vaksinasi bilan emlangan.
Bir odam ikki hil vaksina bilan emlanishi mumkin emas, ikkinchi boshqa vaksina qilish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, deya ma’lum qildi SES boshlig‘ining o‘rinbosari. Uning ta’kidlashiga ko‘ra, bunday holda organizmda immun-javob reaksiyasini o‘ziga xos kechishi va u odam kasallikka chalinib qolish ehtimoli bor.
Koronavirusga qarshi vaksinadan infeksiyaga qarshi antitanachalar uzoq muddat saqlanmasa, bu emlash ham xuddi gripp virusiga qarshi emlash kabi har yili o‘tkazilishi mumkin.
AstraZeneca vaksinasining keyingi partiyasi iyun oyida olib kelinadi. Buni juma kuni COVID-19`ga qarshi emlangan YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade ma’lum qildi. COVAX dasturi doirasida 2 mln 256 ming doza AstraZeneca`dan faqat 660 ming doza vaksina keltirilgan edi.
27 aprel kuni O‘zbekistonda 34 mingdan ortiq kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Jami mamlakat bo‘yicha emlanganlar soni 600 ming nafardan oshdi.
Nurmat Otabekov hozirgi kunda koronavirusga qarshi vaksinalar faqat davlat buyurtmasi asosida olib kelinayotgani, vaksinatsiya faqatgina davlat tibbiyot muassasalarida olib borilayotganini ma’lum qildi. Keyinchalik vaksinalarga davlat buyurtmasi shakllantirilayotganda xususiy sektor ehtiyojini ham e’tiborga olish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonga yana 1 million doza miqdorda ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi. Hozirgi kungacha emlanganlarning 46 foizi aynan ushbu vaksina bilan emgangan. O‘zbek-xitoy vaksinasining 1 million dozalik avvalgi partiyasi 27 mart kuni keltirilgan edi.
O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi emlanganlar soni yarim milliondan oshdi. So‘nggi kunlarda emlanish darajasi pasaygan. Bunga Ramazon oyida ro‘za boshlanishi sabab bo‘lishi mumkin.
O‘zbekistongaga «Sputnik V» vaksinasining birinchi partiyasi keltirildi. Vaksina uchun xarajatlarning yarmini tadbirkor Alisher Usmonov moliyalashtirdi.
Isroilda koronavirus bilan kasallanish holatlari pasayishi sababli ko‘chada niqob taqish talabi bekor qilindi. O‘z yashash joylaridan tashqari, boshqa binolarda niqob taqish majburiy bo‘lib qolmoqda. Mamlakat aholisining 50 foizidan ortig‘i COVID-19 ga qarshi emlandi.
Xitoy-o‘zbek ZF-UZ-VAS2001 vaksinasi koronavirusning yangi «britaniya» va «braziliya» shtammlariga qarshi samarali ekanligi qayd etildi. Bundan tashqari, mazkur vaksina «janubiy afrika» shtammiga ham qarshi aktiv neytral holatini saqlab qoldi.
Bosh vazir aprel oxirigacha O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasi olib kelinishini ma’lum qildi. Shuningdek, oy oxirida yana bir million donadan ziyod Xitoy vaksinasi keltiriladi.
Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida 102 yoshli Suymaxol Zulimova koronavirusga qarshi emlandi.
12 aprel kuni O‘zbekistonda 67,4 mingdan ziyod kishi koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanib, vaksina olganlar soni 200 ming nafardan oshdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo hay’ati koronavirusga qarshi ommaviy emlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan emlash, shuningdek, ukol qilish ro‘zani buzadimi, degan savolga javob berdi.
Yevropa dori vositalari bo‘yicha agentligi koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi va vaksinani qabul qilganlar orasida kuzatilgan tromboz holatlari orasida bog‘liqlik borligi haqidagi ma’lumotlarni tasdiqladi. Agentlik ushbu holatlarni vaksinaning juda kamdan-kam uchraydigan aks (yon) ta’siri deb atamoqda.
Qozog‘iston davlat rahbari Qasim-Jomart Toqayev Qarag‘anda zavodida ishlab chiqarilgan «Sputnik V» vaksinasi bilan emlandi.
Xitoy-O‘zbekiston hammuallifligidagi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini olganlarda isitma, allergik reaksiyalar va ukol qilingan joyda qizarish kuzatilishi mumkin, deya ma’lum qildi innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari.
Koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayonlarining ilk kunida respublika bo‘ylab 5 018 nafar fuqaro aholi emlandi. Ulardan asosiy qismni 65 yoshdan yuqori fuqarolar va tibbiyot xodimlari tashkil etdi.
O‘zbekistonga may-iyun oylarida COVAX dasturi doirasida 2 million doza AstraZeneca, aprel-iyun oylarida 3,5 million doza o‘zbek-xitoy vaksinalari olib kelinadi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasidan 1 million doza Sputnik V vaksinasi xarid qilish yuzasidan shartnoma imzolanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting