Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi emlandi. Davlat rahbarining aynan qaysi vaksina bilan emlangani ma’lum emas va vaksinatsiya jarayoni kameralar ostida tashkil etilmadi.
SES rahbari Bahodir Yusupaliyev fuqarolar biror vaksinani olishga majbur emasligini ma’lum qildi. «Biz fuqarolarimizni biror vaksinani olishga majburlamaymiz. Ular istagan vaksinasi bilan emlanishi mumkin», — deydi u.
Toshkentda 660 ming dozali AstraZeneca vaksinasini O‘zbekistonga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ommaviy emlash Navro‘zdan keyin boshlanadi. JSST vakili AstraZeneca’ning COVID-19 ni oldini olishdagi afzalligi uni nojo‘ya ta’sirlaridan ko‘proq ekanligini ma’lum qildi.
AQSHning Moderna kompaniyasi 6 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda koronavirusga qarshi vaksina sinovlarini boshlagani haqida e’lon qildi. Sinovlarda AQSH va Kanada bo‘ylab 6750 nafar bolalar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
17 mart tunda O‘zbekistonga Hindistondan umumiy miqdori deyarli 2 mln dollarga teng bo‘lgan 660 ming doza Covishield vaksinasi (litsenziya bo‘yicha Hindistonda ishlab chiqarilgan AstraZeneca vaksinasining mahalliy nomi) yetib keladi. Vaksina O‘zbekistonga COVAX dasturi doirasida bepul yetkazib beriladi.
Daniya, Norvegiya va Islandiya kabi mamlakatlar ehtiyotkorlik chorasi sifatida AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ydi. Avstriya, Italiya, Estoniya, Latviya, Litva va Lyuksemburg kabi mamlakatlar esa faqat bir partiya ichidagi vaksinalardan foydalanishni to‘xtatdi.
AQSHda COVID-19ga qarshi to‘liq emlangan fuqarolarga yopiq joylarda niqob taqmasdan va jismoniy masofani saqlamagan holda muloqot qilishlariga ruxsat berildi.
Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi vaksina ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqishga taklif qildi.
«Sputnik V» vaksinasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, vaksina O‘zbekistonda tezlashtirilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Lekin vaksina O‘zbekistonda faqat sertifikatsiyalangan.
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Darxan Satibaldi koronavirusga qarshi o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlandi. Elchining ma’lum qilishicha, Qozog‘iston OAVlarida ushbu vaksina hakida ma’lumotlar berilib borilmoqda va mamlakatga uni yetkazish bo‘yicha taklif kiritilishi mumkin.
ZF-UZ-VAC 2001 nomli xitoy-o‘zbek vaksinasi mamlakatda birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi vaksina sifatida tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun ro‘yxatdan o‘tdi.
AQSHning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan vaksina Isroildagi ommaviy vaksinatsiya jarayoni natijalariga ko‘ra, birinchi dozadan so‘ng samaradorlik 57%, ikkinchisidan so‘ng 94% deb topildi.
Xitoyning Zhifei Longcom kompaniyasi tomonidan yaratilgan va O‘zbekistonga hammualliflik huquqi berilgan vaksina Oliy Majlisga taqdim etildi. Ma’lum qilinishicha, ushbu vaksinaning xavfsizlik darajasi 99% ni, immunogenlik esa 97% ni tashkil etadi.
Toshkent shahrida YUNISEF tomonidan vaksinalarni tashish uchun ajratilgan mashinalar YTHga uchradi. 2 ta mashinaga texnik shikast yetgan va ularda vaksina bo‘lmagani ma’lum qilindi.
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi birinchi navbatda emlanadigan fuqarolar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi. Bunga bolgerlar, OAV, transport xodimlari, mehnat migrantlari va xorijda tahsil olayotgan talabalar ham ushbu ro‘yxatga kiritilganidan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalar sabab bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston aholisi uchun koronavirusga qarshi vaksinani xarid qilish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi. «Eng ma’qulini topamiz. Bizning iqlimimizga mos, xalqimizga foydasi ko‘proq bo‘ladigan vaksinani sotib olamiz», dedi prezident.
Alisher Usmonov o‘z hisobidan O‘zbekiston xarid qilayotgan 1 mln vaksinadan teng yarmini olib beradi. Birinchi bosqichda 1 mln vaksina olib kelinishi rejalashtirilmoqda.
«Jurnalist, bloger, OAV xodimlari, jamoat transporti xodimlari (metropoliten, temir yo‘l, aeroport xodimlari), chet davlatlarda tahsil oluvchi talabalar, mehnat migrantlari ham ketma-ketlikda, bepul emlanadi», — Nurmat Otabekov
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayonlari o‘tkazilidigan punktlarda bir kunning o‘zida 70 nafar fuqaro emlanadi. Vaksina olgandan so‘ng fuqarolar patronaj tibbiyot xodimlari tomonidan 30 daqiqa, keyinchalik 3 kun davomida uyiga tashrif buyurish yo‘li bilan muntazam surishtirib boriladi.
Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinani yaratishda O‘zbekistonni ZF 2001 vaksinani birga yaratgan hammuallif mamlakat sifatida belgiladi. O‘zbekiston aholisini ushbu vaksina bilan ixtiyoriy ravishda ommaviy emlash rejalashtirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting