SES avgust oyidan buyon 89 mingdan ortiq ishchi-xodimlar koronavirusga qarshi vaksina olmaganini aniqladi. Ularning 45 mingdan ortig‘i vaqtincha ishdan chetlashtirilgan.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ham koronavirusga qarshi emlashga ruxsat berilganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, bu bo‘yicha alohida ko‘rsatma tayyorlangan va bolalar 0,1 ml doza “Pfizer” vaksinasi bilan emlanadi.
18 noyabrda O‘zbekiston hududlari bo‘ylab 297 753 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shu kungacha birinchi doza bilan emlanish ko‘rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 75,3 foizni tashkil qilmoqda.
O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari va budjet tashkilotlarida emlanishdan bosh tortgan jami 26 008 nafar shaxslar ishdan vaqtinchalik chetlatildi. Yana 2 225 ta xolatda ish beruvchiga nisbatan jarima chorasi, 175 ta obyektga nisbatan esa faoliyatini vaqtinchalik muddatga to‘xtatish chorasi qo‘llanildi.
Toshkent viloyatidagi tadbirkorlik subyektlari va budjet tashkilotlarida emlanishdan bosh tortgan jami 3229 nafar xodim ishdan chetlatildi, 374 nafari esa jarimaga tortildi.
JSST rahbari Tedros Gebreisus vaksinatsiya yordamida COVID-19 pandemiyasini yengib o‘tishining uchta asosiy shartini sanab o‘tdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 10 mln nafardan ortiq aholi ZF-UZ-VAC2001 bilan turli bosqichlarda emlandi. Bundan tashqari, aholi «Sputnik V» (274 mingdan ortiq kishi), AstraZeneca (1,448 mln), Moderna (1,371 mln), Pfizer (1 mln) va Sinovac (1030 kishi) vaksinalari bilan turli bosqichlarda emlandi.
O‘zbekistonda barcha maktabgacha ta’lim yoshdagi va 1-sinf o‘quvchilarini grippga qarshi bepul markazlashgan holda emlash rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonda boshqa davlatlar bilan emlash sertifikatlarini o‘zaro tan olish bo‘yicha namunaviy hujjat tayyorlanmoqda. Noyabr oyi o‘rtalarida u ko‘rib chiqish uchun Rossiyaga yuboriladi.
Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev O‘zbekistonda yil yakuniga qadar 80 foiz aholi koronavirusga qarshi emlanishini ma’lum qildi. U O‘zbekiston jahonda vaksinalash jarayoni bo‘yicha juda yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan mamlakatlar orasida ekanligini ta’kidladi. SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 18 oktabr holatiga rejadagi aholi qismining 27,57 foizi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.
21 oktabr kuni O‘zbekistonga COVAX dasturi doirasida Sinovac vaksinasining 912 ming dozalik partiyasi olib kelindi. Mamlakatga keltirilgan va ishlab chiqarilgan vaksinalar miqdori 34 mln dozadan oshdi.
20 oktabr kuni O‘zbekistonga GAVI Xalqaro vaksinalar alyansining COVAX dasturi doirasida Sinovac vaksinasining 864 ming dozalik partiyasi olib kelindi. Mamlakatga keltirilgan va ishlab chiqarilgan vaksinalar miqdori 31 mln dozadan oshdi.
Parlament komissiyasi yig‘ilishida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksinalar sotib olish uchun qo‘shimcha 1,3 trln so‘m ajratilgani qayd etildi. 2021 yilda bu maqsadlar uchun davlat budjetida 3 trln so‘m zaxira shakllantirilgan edi, lekin ushbu mablag‘ sarflab bo‘lingan.
Jurabek Laboratories tomonidan ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining ikkinchi partiyasi 1 mln 219 ming 510 dozada SES xizmati vakillariga topshirildi.
13 oktabr kuni O‘zbekistonga 200 ming doza Sinovac vaksinasi, shuningdek, 20 ming quti “Favipiravir” dori preparati olib kelindi. Shunday qilib, O‘zbekistonga emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 28 mln 673 ming 528 dozani tashkil qilmoqda.
Jurabek Laboratories tomonidan ishlab chiqarilgan «Sputnik V» vaksinasining birinchi partiyasi 260 ming 500 dozada SES xizmati vakillariga topshirildi.
11 oktabrda O‘zbekiston hududlari bo‘ylab 287 ming 400 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Ayni kungacha mamlakatda jami 22 mln 721 ming 129 doza vaksinadan foydalanildi. To‘liq emlangan fuqarolar 5 mln 226 ming 139 nafarni yoki O‘zbekiston aholisining 14,88 foizini tashkil qilmoqda.
Turkiya O‘zbekistonga 200 ming dozada Sinovac vaksinasini, shuningdek, 20 ming quti «Favipiravir» dori-darmonlarini yetkazib beradi. Vaksinalar va dorilarning bu partiyasi do‘stlik va xayrixohlik belgisi sifatida Turkiya tomonidan O‘zbekistonga yuboriladi.
Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanovning ta’kidlashicha, Covid markazga kuniga o‘rtacha 25 nafar o‘g‘il-qiz yotqizilyapti. Hozirgi kunda 160 nafarga yaqini bolalar davolanmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu kungacha O‘zbekistonda 117 mingdan ortiq bola koronavirusga qarshi emlangan. Kasallangan o‘rta holatdagi bemor muolajasi uchun davlat hisobidan 15 mln so‘mgacha mablag‘ sarflanayotgani ma’lum qilindi.
Indoneziya Oziq-ovqat mahsulotlari va dori preparatlari nazorati agentligi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berdi. Ushbu vaksinaning III faza sinovlarida jami 4000 nafar ko‘ngilli ishtirok etgan va 92,92% foiz samaradorlikni ko‘rsatgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting