Respublika maxsus komissiyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda 21 mln aholini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilgan. Hozirga qadar ulardan 1 mln 34 ming nafari, ya’ni 4,9 foizi to‘liq emlangan.
Butun O‘zbekiston bo‘ylab oilaviy va markaziy poliklinikalarda, shuningdek ixtisoslashgan tibbiyot markazlarida ochilgan emlash punktlari ro‘yxati e’lon qilindi.
21 iyul kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 mln dozasi olib kelindi. Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 9 mln 580 ming dozani tashkil qilmoqda.
20 iyul kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 mln dozasi olib kelindi. Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 8 mln 580 ming dozani tashkil qilmoqda.
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev xitoy-o‘zbek vaksinasining ikkinchi komponenti bilan emlandi. «Hamshaharlar o‘zbek-xitoy vaksinasining 2-bosqichini qabul qilib oldim. O‘ylaymanki, bu koronavirusning oldini olishga juda katta yordam beradi», — dedi hokim.
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan aholi bilan muloqotga kiruvchi barcha turdagi xizmat ko‘rsatish va savdo obyektlari, kafe, restoran va choyxonalar, sport maktablari, madaniy va ko‘ngilochar maskanlar, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari, tibbiyot xodimlari, harbiy xizmatchilar, qolaversa, davlat hokimiyati, boshqaruv va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari 1 noyabrgacha to‘liq emlanishi shart etib belgilanmoqda. To‘liq ro‘yxat.
Jahongir Ortiqxo‘jayev Chilonzordagi kovid-markazga borib, bemor va shifokorlar bilan suhbatlashdi. Markazda davolanayotganlarning 65 foizi ayollar ekani, qolaversa, bemorlar orasida vaksina olganlar ham borligi aytildi. Ta’kidlanishicha, vaksina olganlarda kasallik yengil o‘tmoqda, ular 3 kunda davolanib chiqayapti. «Tezda fuqarolarga vaksina qilish kerak. Bo‘lmasa ertaga odamlarni joylashtira olmaymiz», — deydi hokim.
Emlashdan oldin PZR test topshirish va antitanachalarga tahlil topshirish kerakmi, emlanganlarda antitanachalar darajasi qanday bo‘lishi kerak, o‘zbek-xitoy vaksinasi koronavirusning «delta» shtammiga qarshi samara beradimi — shu va boshqa savollarga Virusologiya ITI direktori Erkin Musaboyev «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida javob berdi.
Payshanba kuni O‘zbekistonda 478 nafar fuqaroda koronavirus, 357 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 4 nafar koronavirus bemori vafot etdi.
«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov ta’kidlashicha, tashkilotlarda majburiy emlash tizimini yo‘lga qo‘yish mumkin. Bundan tashqari, u vaksina olmagan fuqarolarning erkini cheklash kerakligini aytdi. «Bizning ishonchimiz bilan vakolatli bo‘lgan hukumat, epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, emlanmaganlarning erkini cheklashi kerak», — deydi Alisher Qodirov. Avvalroq, deputat Rasul Kusherbayev ham «ommaviy emlashni ixtiyoriylikdan majburiylikka o‘tkazish kerakligi»ni ta’kidlagan edi.
Chorshanba kuni O‘zbekistonda 493 nafar fuqaroda koronavirus, 367 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 4 nafar koronavirus bemori vafot etdi.
20−25 iyul kunlari ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasidan qo‘shimcha 4 mln doza olib kelinadi. Shuningdek, avgust-cyentyabr oylarida Sputnik V vaksinasidan 160 ming doza COVAX dasturi doirasida yana 660 ming doza (AstraZeneca yoki Moderna) vaksinalari olib kelinishi kutilmoqda, deya xabar berdi deputat Doniyor G‘aniyev.
Dushanba kuni O‘zbekistonda 491 nafar fuqaroda koronavirus, 319 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 3 nafar koronavirus bemori vafot etdi.
Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja vaksinatsiya bo‘yicha O‘zbekiston yaxshi ko‘rsatkichda ketayotganligini ta’kidladi. 12 iyul holatiga O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq emlangan fuqarolar mamlakat aholisining 2,64 foizini tashkil qilmoqda.
Islom dinida koronavirusga qarshi vaksina olish bo‘yicha taqiq yo‘qligi aytildi. Ta’kidlanishicha, dinda xarom deyilgan narsalar insonning sog‘ligini saqlashda shundan boshqa chora qolmasa, o‘sha narsadan foydalanish yoki uni iste’mol qilishga ham ruxsat beriladi. “Mutaxassis shuni davo deb tayinladimi, demak, bu halol tomonga o‘tdi”, — dedi Musulmonlar idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov.
Dushanba kuni O‘zbekistonda 497 nafar fuqaroda koronavirus, 283 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 4 nafar koronavirus bemori vafot etdi.
11 iyul kuni O‘zbekistonda 458 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. 297 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 3 nafar bemor vafot etdi.
Shanba kuni O‘zbekistonda 485 nafar fuqaroda koronavirus, 274 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 4 nafar koronavirus bemori vafot etdi.
Juma kuni O‘zbekistonda 467 nafar fuqaroda koronavirus, 259 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 3 nafar koronavirus bemori vafot etdi.
Payshanba kuni O‘zbekistonda 482 nafar fuqaroda koronavirus, 221 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 4 nafar koronavirus bemori vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting