Qo‘shko‘pir tumanidagi fermer xo‘jaligida 83 tup har xil kattalikdagi daraxtlar qo‘porilgan, 3 tup daraxt shikastlangani aniqlandi. Holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rish maqsadida xujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Yangibozor tumanida fuqaro va uning nevarasi uyda vafot etdi. Ularning o‘limiga is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Xorazm viloyati Urganch shahrida er-xotinga tegishli bo‘lgan Malibu va Hongqi T55 mashinalari yonib ketdi. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohat olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yangiariqda IIB xodimi xizmat quroli bilan o‘zini otib o‘ldirdi. Bunga turmush o‘rtog‘ining farzandlarini olib, otasining uyiga ketgani oqibatida kelib chiqqan ruhiy siqilish sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat yuzasidan ekspertiza ishlari tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Qo‘shko‘pir tumanida imom masjid qurilishi uchun yig‘ilgan 40 mln so‘mni o‘zlashtirgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Xorazmda Suriyadagi terroristik tashkilot safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan 23 yoshli ayol ushlandi. U o‘zining tanishlariga diniy da’vatlar qilib, qo‘poruvchilik aks etgan videoroliklarni tarqatib kelgani aytilmoqda. Ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hibsga olindi.
Tarmoqlarda Yangibozor tumanida 24 yoshli ayol shifokorlarning aybi bilan vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat SSBga ko‘ra, ayol tug‘ruq jarayonidagi operatsiyadan keyin viloyat tez tibbiy yordam markaziga o‘tkazilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, o‘sha yerda vafot etgan.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqatlantirish tizimi joriy etilgandi. Hukumat bu bo‘yicha hujjatni tasdiqlab, o‘quvchilarni bepul ovqatlantirish tartibini belgiladi. Unga ko‘ra, taomnoma kundalik.com platformasi orqali yuritilib, maxsus komissiya tomonidan nazorat qilinadi.
Urganch aeroporti sho‘rlanish tufayli yaroqsiz holga kelgan va rekonstruksiyaga yaramaydi, shu bois yangi havo bandargohi qurilishi rejalashtirilmoqda, dedi Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayeva. Buxorodagi aerodromni esa rekonstruksiya qilish va yangi terminal qurish talab etiladi.
Urganch shahri markazida avtobus YTHga uchradi. Uning ikki yo‘lovchisi halok bo‘ldi, yaradorlar ham bor. Tarmoqlarda tarqalgan videolarda o‘nlab odamlar ag‘darilib ketgan avtobusni ko‘tarib, yo‘lovchilarga yordam berayotganini ko‘rish mumkin.
YeTTB Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yangi sanitariya poligonlarini qurish hamda qattiq maishiy chiqindilarni yig‘adigan maxsus uskunalar xarid qilish uchun umumiy qiymati 120 mln dollar miqdorida kredit ajratmoqda.
Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari rahbarlari Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan sportchilarni avtomashina va uy bilan mukofotladi. Avvalroq, sportchilarga prezident sovg‘asi ham topshirilgan edi.
Xorazmlik huquq himoyachisi Hayitboy Yoqubov vafot etdi. U uzoq yillar mobaynida majburiy mehnat, korrupsiya va adolatsizlikka qarshi kurashgan, fermerlar va ishchilarni himoya qilgan.
Xorazmda 10-sinf o‘quvchisi Lacetti avtomashinasida qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, Damas rusumli avtomashinaga borib urilgan. Natijada uch kishi vafot etdi. Lacetti boshqargan o‘quvchining haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan.
Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani «Oqdarband» qishlog‘i hududida to‘rt ayol ulardan birining oilali o‘g‘li bilan yashab kelayotgan boshqa bir ayolning kiyimlarini yirtib, qaychi bilan sochlarini kesib «samosud» uyushtirgan edi. Ularga jazo tayinlandi.
Amudaryo orqali Xorazm viloyati Qoraqalpog‘iston Respublikasini bog‘lovchi 413 metrlik ko‘prik qurilishi boshlandi. Ko‘prik qurilishi 2022 yil sentabr oyiga yakunlanishi rejalashtirilgan.
Prezident Urganch shahridagi yig‘ilishda har bir hokim, iqtisodiy kompleks rahbarlari hududdagi muammolar bo‘yicha tizimli ishlashi kerakligini ta’kidladi. «Prezident bir yilda bir kelib, ko‘rib ketgani bilan natija bo‘lib qolmaydi», dedi u. Shavkat Mirziyoyev «mahalla raisi — islohotchi» tamoyili asosida ijtimoiy muammolarni hal qilish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishini ta’kidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev islohotlarning mahallabay tizimda yo‘lga qo‘yilgani va ularning odamlar hayotidagi ifodasini ko‘rish uchun Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi.
Xorazmda bir guruh ayollar boshqa bir ayolning qizligini tekshirish maqsadida yechintirib, jarayonni videoga olishdi. «Samosud» ishtirokchilarining shaxsi aniqlanib, hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanida yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ushlandi. U 15 gektar yer maydoni ajratib berish evaziga 20 ming AQSH dollari miqdorida pora talab qilganlikda ayblanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting