“Endi barcha tizimdagi rahbarlar yoshlarning baralla ovozini eshitishga majbur. Yoshlar buyuk kelajagimizning asosiy bo‘g‘ini ekanligini tushunmagan rahbar bizning safimizda bo‘lishga haqqi yo‘q”, — dedi O‘zbekiston prezidenti yoshlar bilan uchrashuvda.
O‘zbekistonda 2024-yilda 52 ming 706 nafar 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan. Ularning 1800 nafari 8 ball, 22 nafari esa maksimal — 9 ballni qo‘lga kiritgan.
Prezident TIVga o‘qish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun Buyuk Britaniya, Germaniya va boshqa davlatlar bilan viza tartibini soddalashtirishga erishish bo‘yicha topshiriq berdi. Yoshlar agentligi rahbari Work and Travel dasturi ishtirokchilariga yo‘lkira xarajatlari uchun ssuda ajratilishini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda har payshanba kunini “Jismoniy tarbiya va sport kuni” deb belgilash taklif qilindi. OTMlar va hokimliklarda yoshlar sport ligalari tashkil etish, sport klublari ochish rejalashtirilmoqda.
Prezident yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish zarurligini ta’kidladi. “Bizning ikkita o‘q tomirimiz, tayanch ustunimiz bor: iqtisodiyot va ma’naviyat. Ma’naviy buyuk xalq — iqtisodiy tomondan ham buyuk bo‘ladi”, — dedi u. Mirziyoyev so‘z erkinligini ta’minlash borasidagi ishlar davom etishini ham aytdi.
O‘zbekistonda yoshlarning kamol topishi uchun imkoniyatlar mavjud, ammo ular notekis taqsimlangan. Hozir bularni amalga oshirishning ayni payti, deb yozadi BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii o‘z kolonkasida.
O‘zbekistonda yoz oylarida 100 ming yoshni ish bilan ta’minlash uchun qurilish otryadlari tashkil etish rejalashtirilmoqda. Yangi o‘quv yilidan boshlab maktab, kollej va texnikum o‘quvchilarini kasbga o‘rgatib, ish berayotgan tadbirkorlarning xarajatlari soliq bazasidan chegirib tashlanadi.
O‘zbekistonda tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qo‘yilib, dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun yoshlarga ijaraga beriladi.
2022-yilda Toshkent shahrida terakt sodir etmoqchi bo‘lgan jinoiy guruhning 4 a’zosi ushlanib, 10 yildan 15 yilgacha qamalgan. Ular xalqaro terrorchilik tashkilotining o‘zbekistonlik vakili bilan tanishib, Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi, shuningdek, aeroportda terakt qilmoqchi bo‘lgan.
Prezident 2024-yilda 60,5 ming gektar yer dehqonchilik uchun yoshlarga ajratilishi bo‘yicha topshiriq berdi. Yer maydonini tuman hokimlari ajratadi. Qancha maydon ajratish bo‘yicha “mahalla yettiligi” taklif beradi. Yer olgan yoshlar Agrobank`ning “Fermerlar maktabi"da eksportbop ekinlar yetishtirishga o‘qitiladi.
“Kamalak” bolalar tashkiloti negizida O‘zbekiston bolalar tashkilotini tuzish reja qilinmoqda. Bu bolalarning qobiliyat va iqtidorlarini rivojlantirishga, shuningdek, ularni qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shishi kerak. Davlat rahbariga o‘tayotgan yilda yoshlar qanday qo‘llab-quvvatlangani bo‘yicha ma’lumot berildi.
Prezident Termizdagi Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasiga bordi. U Surxondaryo yoshlarining sportga qobiliyati zo‘rligi, ammo ular shug‘ullanayotgan sport turlari cheklanganini aytib, bu sohaga 30 mlrd so‘m ajratilishini bildirdi. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga esa 50 mln dollar yo‘naltiriladi.
Andijonda Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston yosh IT mutaxassislari uchun “Digital Valley” oromgohi bo‘lib o‘tmoqda. 60 nafar yigit-qiz 5 kun davomida dasturlash, grafik dizayn va raqamli marketing bo‘yicha mahoratlarini oshiradi, xalqaro kompaniyalar vakillari bilan o‘zaro fikr almashadi.
Prezident Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha topshiriq berdi. Tashkilot yoshlar qiziqishlarini inobatga olmay, turli samarasiz anjumanlar o‘tkazish bilan bandligi, shuningdek, internet platformasi yoki ijtimoiy tarmoqlarda loyihasi yo‘qligi tanqid qilindi.
O‘zbekistonda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlaridan kelib chiqib, “yaxshi” (4,4 mln), “o‘rta” (4,6 mln) va “ahvoli og‘ir” (396 ming) toifalariga ajratildi.
«Yoshlar daftari»dagi imtiyozlar soni 25 tagacha ko‘paytiriladi, yoshlarga IT va chet tilini o‘rganish uchun 1,2 mln so‘mdan subsidiya ajratiladi, xalqaro olimpiadalar ishtirokchilariga xarajatlari uchun 12 mln so‘mdan beriladi, fortepiano, maqom va baxshichilikka o‘qiydiganlarning kontraktini davlat to‘lab beradi.
Hukumat qaroriga ko‘ra, «Yoshlar daftari»dagi va moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga 1 mln 200 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam beriladi. Yangi yosh oilalarga uy qurish uchun garovsiz kredit, ijara kompensatsiyasi, davolanish va til o‘rganish uchun moddiy yordam — yoshlar uchun qator subsidiyalar joriy qilindi.
Hukumatning 2022−2023 yillarga mo‘ljallangan yoshlar siyosati dasturi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, konsultatsiyalar, treninglar, musobaqalar, marafonlar va boshqalarni nazarda tutadi. «Yoshlarning bo‘sh vaqti — yetakchining ish vaqti» tamoyili asosida uyushmagan yoshlar bilan ishlash rejalashtirilmoqda.
Prezident mahalla va maktablarda sport maskanlari hamda kutubxonalar barpo etish bo‘yicha 3 xil tipdagi loyihani rad etdi. Shavkat Mirziyoyev mahalla markazlarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish vazifasini qo‘ydi — tadbirkorlarga imtiyoz beriladi va buning evaziga ijtimoiy mas’uliyat yuklanadi.
2022−2024 yillarda maxsus o‘quv kurslarini tamomlagan va sertifikatni qo‘lga kiritgan yoshlarga 540 mln so‘mgacha kredit beriladi. Kredit foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasida, 3 yil imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga ajratiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting