Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa’dullayev yoshlar uchun yoshsaylovchi.uz elektron platformasi ishga tushirilganini e’lon qildi. Platforma orqali saylov uchastkasini aniqlash va saylovda ko‘ngilli yoki trener sifatida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ladi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayevning ma’lum qilishicha, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatida 21,2 milliondan ortiq saylovchi mavjud. Ularning qariyb 33 foizini (6,9 million) 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi.
Yoshlar huquqlari bo‘yicha jahon konferensiyasi 12−13 avgust kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Unda SOVID-19 pandemiyasi yoshlarning zaif guruhlariga ta’sir o‘tkazayotgan sharoitda yoshlarning sifatli ta’lim olishi va ishlab chiqarishda band bo‘lishga taalluqli imkoniyatlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekistonning barcha hududlarida yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil etiladi. Sentyabrgacha 77 ta shunday zona ochiladi.
Shavkat Mirziyoyev hokimlarning yoshlar bo‘yicha har 15 kun, 1 oyda nima tashabbus ko‘rsatganiga qarab faoliyatiga baho berilishi, shunga qarab ishda qolish-qolmasligi hal etilishini ta’kidladi. «27 yil yoshlarni o‘qitmadik, dardiga quloq tutmadik. Yoshlar bizdan 20 baravar ilgarilab ketdi», — dedi davlat rahbari.
Toshkent viloyatida IIB ro‘yxatida turuvchi va bekor yurgan 200 nafar yoshlar ota-onalarining xabarisiz harbiy poligonga olib ketildi. Viloyat IIBB mazkur holat yuzasidan izoh berdi.
Shavkat Mirziyoyev bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyevga yoshlarni qishloq xo‘jaligiga jalb qilish tartibini, har 10 gektar ekiladigan yerning 1 gektarini yoshlarga ajratishni buyurdi. Prezident buni «inqilobiy qaror» deb atadi.
Mudofaaga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti 210 ta hududiy bo‘linmasi bilan birgalikda Mudofaa vazirligi tizimiga o‘tkaziladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalash va ularga kasb-hunar o‘rgatish vazifalarini bajarmayotganligini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev xorijda ta’lim olgan yoshlarni katta lavozimlarga tayinlaganda ularda shoshib qolish holatlari kuzatilayotganini ta’qidladi. Davlat rahbari bunday yoshlarga milliy tarix va qadriyatlarning o‘rni haqida aytib o‘tdi.
Poytaxtda «Toshkent yoshlarni sevadi!» shiori ostida bir oy davom etadigan yoshlar festivali o‘tkaziladi. Festival doirasida mahorat darslari, badiiy ko‘rgazmalar, ta’lim va sport tadbirlari, konsertlar, muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan uchrashuvlar, ekskursiyalar, viktorinalar, fleshmoblar va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari maxsus sertifikatini olgan yoshlar va xotin-qizlarga o‘z biznesini tashkil etish uchun 33 million so‘mgacha mikrokreditlar ta’minotsiz ajratiladi.
Davlat rahbarining farmoni bilan 28 nafar iqtidorli yigitlar «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Shavkat Mirziyoyev inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. O‘zbekiston prezidenti o‘z tabrigida pandemiya va boshqa muammolar sharoitida yoshlar ovoziga quloq tutish, ularning huquqlarini ta’minlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda yoshlar ishtirokini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.
Mo‘ynoqda ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan «Mo‘ynoq kelajagi bunyodkorlari» MCHJ tashkil etilib, qisqa vaqtda ming nafarga yaqin yoshlar ish bilan ta’minlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting