«yth» tegli maqolalar


Xorazmda Damas urib yuborgan velosipedchi halok bo‘ldi
Kecha, 23:30

Xorazmda Damas urib yuborgan velosipedchi halok bo‘ldi

Xorazmning Bog‘ot tumanida Damas bir yo‘nalishdagi velosipedchini urib ketishi oqibatida jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘ldi. Haydovchi mashinani tegishli hujjatsiz boshqargan.

Toshkentda 2024-yilda rasman 1280 ta YTH qayd etildi. Avariyalar oqibatida 91 kishi vafot etdi
13 fevral 2025, 18:08

Toshkentda 2024-yilda rasman 1280 ta YTH qayd etildi. Avariyalar oqibatida 91 kishi vafot etdi

Poytaxtda 2024-yilda 1280 avariya sodir bo‘ldi. Oqibatda mingdan ortiq odam jarohatlandi, 91 kishi vafot etdi. YHXB avariyaning o‘choq nuqtalarini aniqlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish bo‘yicha ishlar olib boradi.

Samarqanddagi avtobus halokatida 22 ayol jarohatlandi, davlat idoralari to‘liq ma’lumot bermayapti
13 fevral 2025, 15:05

Samarqanddagi avtobus halokatida 22 ayol jarohatlandi, davlat idoralari to‘liq ma’lumot bermayapti

Jomboyda avtobus Cobalt bilan to‘qnashib ag‘darilishi oqibatida 22 nafar ayol jabrlandi, deya xabar berdi Milliy telekanali. Biroq bir kun oldin YHXB bu ma’lumotni yashirib, faqat bir kishi halok bo‘lganini ta’kidlagan. Shifoxona marhum ayol kishi bo‘lganini bildirdi. FVV hodisa bo‘yicha munosabat bildirmadi.

Toshkentda maktab qarshisida Nexia-3 o‘quvchini urib ketdi
13 fevral 2025, 03:09

Toshkentda maktab qarshisida Nexia-3 o‘quvchini urib ketdi

Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 260-maktab yonginasida Nexia-3 mashinasi 10 yoshli maktab o‘quvchisini urib yubordi. Piyoda shifoxonaga yotqizildi.

Namanganda Gentra yo‘ldan o‘tayotgan piyodani urib qochib ketdi. Jabrlanuvchi halok bo‘ldi. YHXB barcha qora Gentra’larni tekshirmoqda
12 fevral 2025, 19:42

Namanganda Gentra yo‘ldan o‘tayotgan piyodani urib qochib ketdi. Jabrlanuvchi halok bo‘ldi. YHXB barcha qora Gentra’larni tekshirmoqda

Namangan shahrida Gentra haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan 67 yoshli fuqaroni urib yubordi va qochib ketdi. Piyoda voqea joyida halok bo‘ldi. YHXB haydovchini topish maqsadida hududdagi qora rangli Gentra’larni bir yerga to‘plab, tekshirmoqda.

Samarqandda Cobalt va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi vafot etdi
10 fevral 2025, 10:00

Samarqandda Cobalt va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Payariq tumanida Cobalt xavfli burilish paytida “KamAZ” bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi shifoxonada vafot etdi.

Namanganda uch kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 6 yilga qamaldi
9 fevral 2025, 17:21

Namanganda uch kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 6 yilga qamaldi

Uychi tumanida mast holda mashina boshqarib uch kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan 19 yoshli yigitga sud hukmi o‘qildi. Sud uni 6 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Toshkentda haydovchi Gentra`ni odamlar ustiga haydadi
7 fevral 2025, 10:00

Toshkentda haydovchi Gentra`ni odamlar ustiga haydadi

Shayxontohur tumanida tunda Gentra haydovchisi janjal sabab bir guruh odamlarni bosib ketmoqchi bo‘ldi. Tarmoqlarda tarqalgan videolarda mashina oynasi tosh bilan teshilganini ko‘rish mumkin. Poytaxt YHXB holat bo‘yicha barcha fuqarolar IIBga topshirilganini bildirdi.

Qashqadaryoda ikki yigit YTH oqibatida vafot etdi
4 fevral 2025, 10:36

Qashqadaryoda ikki yigit YTH oqibatida vafot etdi

Qarshi shahrida drift qilishga uringan 19 yoshli Nexia haydovchisi yo‘l chetidagi daraxtga urildi. Zarba kuchliligi oqibatida mashinada bo‘lgan uning ikki do‘sti vafot etdi.

O‘zbekistonda 2024-yilda har uchinchi YTH yuk va yo‘lovchi transporti ishtirokida sodir bo‘ldi
31 yanvar 2025, 14:41

O‘zbekistonda 2024-yilda har uchinchi YTH yuk va yo‘lovchi transporti ishtirokida sodir bo‘ldi

2024-yilda O‘zbekistonda 9364 ta YTH qayd etilgan bo‘lib, shundan 3045 tasi (32,5%) yuk mashinalari va yo‘lovchi tashuvchi transportlar ishtirokida sodir bo‘ldi. YTHlarning deyarli yarmi Damas ishtirokida bo‘lgan. 351 ta YTHda haydovchilar rulda uxlab qolgan, oqibatda 189 kishi halok bo‘lgan.

Farg‘onada Damas boshqaruvidagi 17 yoshli bola BYD bilan to‘qnashib vafot etdi
31 yanvar 2025, 09:36

Farg‘onada Damas boshqaruvidagi 17 yoshli bola BYD bilan to‘qnashib vafot etdi

Oltiariq tumanida bayonnoma tuzilgan BYD Song avtomobilini olib ketayotgan YPX inspektori YTHga uchradi. 17 yoshli Damas haydovchisi ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga chiqib ketib u bilan to‘qnashdi. Oqibatda bola shifoxonada vafot etdi.

Jizzaxda avtobus yo‘l tozalovchi mashina bilan to‘qnashdi
30 yanvar 2025, 17:56

Jizzaxda avtobus yo‘l tozalovchi mashina bilan to‘qnashdi

Sharof Rashidov tumanida ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus yo‘llarni tozalovchi maxsus transport vositasi bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida uch kishiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Buxoro viloyatida Cobalt haydovchisi YPX xodimini urib ketdi
30 yanvar 2025, 13:10

Buxoro viloyatida Cobalt haydovchisi YPX xodimini urib ketdi

Buxoro viloyatining Jondor tumanida YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgan Cobalt haydovchisi to‘satdan harakatlanib, ulardan birini urib ketdi. Voqea yuzasidan hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Toshkentda avtobus yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urildi
29 yanvar 2025, 09:32

Toshkentda avtobus yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urildi

Mirobod tumanida avtobus haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urildi. YTH oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q.

Surxondaryoda Damas urib yuborgan 8 yoshli bola vafot etdi
27 yanvar 2025, 09:42

Surxondaryoda Damas urib yuborgan 8 yoshli bola vafot etdi

Termiz tumanida Damas yo‘lni kesib o‘tayotgan 1-sinf o‘quvchisini urib yubordi. Oqibatda 8 yoshli bola shifoxonada vafot etdi.

Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
23 yanvar 2025, 17:55

Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Yunusobod tumanida Nexia, Lacetti va Spark avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. YHXB holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib bormoqda.

Toshkentda “GAZel” urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi
21 yanvar 2025, 21:22

Toshkentda “GAZel” urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida “GAZel” belgilanmagan joydan o‘tayotgan piyodani urib ketdi, oqibatda u halok bo‘ldi. Mashina boshqaruvni yo‘qotib, BYD va Matiz bilan ham to‘qnashdi. Aholi mazkur hududda piyodalar o‘tish joyi yo‘qligini ta’kidlamoqda va mas’ullardan harakat xavfsizligini yaxshilashni so‘ramoqda.

Farg‘onada mast haydovchi boshqaruvidagi Damas urib yuborgan ikki kishi vafot etdi
21 yanvar 2025, 11:20

Farg‘onada mast haydovchi boshqaruvidagi Damas urib yuborgan ikki kishi vafot etdi

Toshloq tumanida yuqori tezlikda harakatlangan mast Damas haydovchisi velosipedda ketayotgan fuqaro va 5 yoshli piyodani urib yubordi. Oqibatda 71 yoshli erkak voqea joyida, bola esa shifoxonada vafot etdi.

Navoiyda YPX inspektori 16 yoshli bola boshqaruvidagi mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
20 yanvar 2025, 12:08

Navoiyda YPX inspektori 16 yoshli bola boshqaruvidagi mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

Navoiy shahrida yo‘l harakati qoidalarini buzib harakatlangan Kia Sonet avtomobilining 16 yoshli haydovchisi to‘xtash ishorasiga amal qilmay, YPX inspektorini urib yubordi. Bola voqea joyidan qochib ketgan, inspektor esa o‘sha yerda halok bo‘lgan.

Samarqandda o‘quvchi boshqaruvidagi Spark urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi
20 yanvar 2025, 08:54

Samarqandda o‘quvchi boshqaruvidagi Spark urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi

Samarqand shahrida 10-sinf o‘quvchisi boshqaruvidagi Spark piyodani urib yubordi. Oqibatda 51 yoshli erkak vafot etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting