«yth» tegli maqolalar


Yomon yo‘llar sababli 20 oy davomida 191 kishi halok bo‘lgan — Senat
22 oktabr 2020, 15:26

Yomon yo‘llar sababli 20 oy davomida 191 kishi halok bo‘lgan — Senat

Ta’mirtalab yo‘llar sabab yuzaga kelgan YTHlarda 191 kishi halok bo‘ldi, deya ma’lum qildi Senat. Bunday hodisalarning oldini olish bo‘yicha dastur ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

YHXBB 16 yoshdan haydovchilik guvohnomasi berish taklifi bo‘yicha bayonot berdi
21 oktabr 2020, 16:36

YHXBB 16 yoshdan haydovchilik guvohnomasi berish taklifi bo‘yicha bayonot berdi

IIV YHXBB 16 yoshdan mashina boshqarishga ruxsat berish taklifi bo‘yicha bayonot berdi. YHXBB yoshlar bu vaqtda o‘qishini davom ettirishi, boshqa ishlar bilan chalg‘imasligi kerakligini ma’lum qildi. Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, 9 oy davomida haydovchilik guvohnomasini olganiga 2 yil bo‘lmagan haydovchilar tomonidan 612 ta YTH sodir etilgan, ularning oqibatida 191 kishi vafot etgan, yana 571 nafari tan jarohatlari olishgan.

Samarqandda Lacetti va «Gaz-5327» to‘qnashdi, ikki kishi o‘ldi
20 oktabr 2020, 13:26

Samarqandda Lacetti va «Gaz-5327» to‘qnashdi, ikki kishi o‘ldi

Jomboy tumanida Lacetti yo‘ldan burilib olmoqchi bo‘lgan yuk mashinasiga borib urildi. Yengil mashina haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etdi, uch kishi shifoxonaga tushdi.

Andijondagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi jarohatlandi
19 oktabr 2020, 22:54

Andijondagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi jarohatlandi

Andijon viloyatining Baliqchi tumanida ikkita Nexia to‘qnashuvi natijasida ikki kishi olamdan o‘tdi, to‘rt kishi jarohatlandi.

Avtomobilning kanalga tushib ketishi oqibatida bir oilaning to‘rt nafar a’zosi halok bo‘ldi
19 oktabr 2020, 12:09

Avtomobilning kanalga tushib ketishi oqibatida bir oilaning to‘rt nafar a’zosi halok bo‘ldi

Surxondaryo viloyati Angor tumanida Nexia avtomobilining kanalga tushib ketishi va yong‘in kelib chiqishi oqibatida bir oilaning to‘rt nafar a’zosi voqea joyida vafot etishgan.

Jizzaxda ikkita Nexia yuzma-yuz to‘qnashdi: haydovchilar voqea joyida vafot etdi
16 oktabr 2020, 11:17

Jizzaxda ikkita Nexia yuzma-yuz to‘qnashdi: haydovchilar voqea joyida vafot etdi

Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida ikkita Nexia avtomashinasi to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etdi, yana ikki kishi turli jarohatlandi.

Ohirgi 9 oyda 1300 ga yaqin inson YTH oqibatida halok bo‘ldi
14 oktabr 2020, 12:57

Ohirgi 9 oyda 1300 ga yaqin inson YTH oqibatida halok bo‘ldi

O‘zbekistonda yanvar-sentyabr oylari davomida 4294 ta yo‘l transport hodisasi sodir etilgan. YTHlar oqibatida 1293 kishi halok bo‘lgan, 3886 nafari jarohatlangan. Respublika bo‘ylab eng ko‘p YTH poytaxtda, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan.

Yuk mashinasi poyezd bilan to‘qnashib ketdi, haydovchi vafot etdi
14 oktabr 2020, 11:46

Yuk mashinasi poyezd bilan to‘qnashib ketdi, haydovchi vafot etdi

Yuk mashinasi «Toshkent — Andijon» yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezdga borib urildi. Haydovchi qoidani buzib, «shlagbaum»ni aylanib o‘tishga uringan. U voqea joyida vafot etdi. Poyezd 42 daqiqaga ushlanib qoldi.

Chilonzor tumanida YTH oqibatida bir kishi hayotdan ko‘z yumdi
8 oktabr 2020, 11:39

Chilonzor tumanida YTH oqibatida bir kishi hayotdan ko‘z yumdi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Lacetti rusumli avtomobilning daraxtga borib urilishi oqibatida haydovchi vafot etdi.

Qashqadaryoda YTH oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
6 oktabr 2020, 13:05

Qashqadaryoda YTH oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatida Nexia avtomashinasining yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi.

Samarqandda YTH da 3 kishi vafot etdi, yana 2 kishi jarohatlandi
5 oktabr 2020, 11:10

Samarqandda YTH da 3 kishi vafot etdi, yana 2 kishi jarohatlandi

Samarqand viloyatida Tacuma avtomobili haydovchisi yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa borib urilishi oqibatida 3 nafar shaxs vafot etdi yana 2 nafari shifoxonaga yotqizildi.

Toshkentda Lacetti haydovchisi oltita avtomobilga shikast yetkazib, simyog‘ochga borib urildi
1 oktabr 2020, 17:55

Toshkentda Lacetti haydovchisi oltita avtomobilga shikast yetkazib, simyog‘ochga borib urildi

Toshkentda inpektordan qochib tezlikni oshirgan Lacetti haydovchisi oltita avtomobilga shikast yetkazib, oxirida yo‘l o‘rtasidagi simyog‘ochga borib urildi. Hodisadan hech kim jarohatlanmadi.

Buloqboshida ayanchli YTH sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor
28 sentabr 2020, 23:31

Buloqboshida ayanchli YTH sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor

Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida VOLVO yuk mashinasi yo‘l chetidagi uyga borib urildi va uy atrofida o‘ynab yurgan ikki bolani bosib ketdi. Haydovchi va bolalar shifoxonada vafot etdi.

Namanganda mashina urib yuborgan olti yoshli qiz vafot etdi
26 sentabr 2020, 13:51

Namanganda mashina urib yuborgan olti yoshli qiz vafot etdi

Namangan viloyatida Nexia haydovchisi olti yoshli qizni urib yubordi. U shifoxonada hayot bilan vidolashdi.

Navoiyda sodir bo‘lgan YTHda ikki nafar shaxs vafot etdi va uch kishi jarohatlandi
23 sentabr 2020, 12:28

Navoiyda sodir bo‘lgan YTHda ikki nafar shaxs vafot etdi va uch kishi jarohatlandi

Navoiy viloyatida Lacetti haydovchisining qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, Nexia avtomobili bilan to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, yana uch kishi tan jarohatlari olgan va kasalxonaga yotqizilgan.

Toshkent viloyatidagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
18 sentabr 2020, 14:48

Toshkent viloyatidagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Toshkent viloyatida Hyundai Porter avtomobilida harakatlanayotgan oila traktor tirkamasi bilan to‘qnashgan. Avtohalokatda ona va besh oylik qizi vafot etgan, ota va yana uch farzand kasalxonaga yotqizilgan.

Bir kunda sodir bo‘lgan beshta YTHda to‘qqiz kishi vafot etdi
14 sentabr 2020, 19:23

Bir kunda sodir bo‘lgan beshta YTHda to‘qqiz kishi vafot etdi

YHXBB 13 sentyabr kuni beshta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar berdi. Baxtsiz hodisalar natijasida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi.

Jizzax viloyatidagi YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi
10 sentabr 2020, 09:34

Jizzax viloyatidagi YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lida uchta avtomashina ishtirokidagi YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, uch nafari esa tibbiyot muassasasiga yotqizildi.

Farg‘onada 6 yashar qiz yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida shifoxonada vafot etdi
9 sentabr 2020, 17:48

Farg‘onada 6 yashar qiz yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida shifoxonada vafot etdi

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida «Gaz-53» rusumli yuk avtomobili 6 yashar qizni urib yubordi. Qiz tan jarohati olib shifoxonada vafot etdi.

8 oy davomida o‘lim bilan yakunlangan qariyb 1000 ta YTH sodir bo‘ldi
9 sentabr 2020, 11:30

8 oy davomida o‘lim bilan yakunlangan qariyb 1000 ta YTH sodir bo‘ldi

2020 yilning 8 oyi davomida respublika hududida 3596 ta YTH sodir etilib, ularning 991 tasi o‘lim bilan yakunlandi. 2605 kishi jarohatlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting