Yunusobod tumanida BMW haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi. Haydovchi va yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi.
Buxoro viloyatida mansabdor shaxslar bolalarni avtobusda tashish va hamrohlik qilishni tashkil etish qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan, deb xabar qildi Bosh prokuratura. Holat yuzasidan “Mansabga sovuqqonlik bilan qarash” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. YTHda ikki o‘quvchi va haydovchi halok bo‘lgandi.
Kogon tumanida ichida o‘quvchilari bo‘lgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda bir o‘quvchi vafot etdi, bir kishi shifoxonaga yotqizildi, yana 25 kishi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. O‘quvchilar avtobusda teatrga olib ketilayotgan bo‘lgan.
Toshkent shahri Olmazor tumanida Lacetti, King Long va 3 ta Cobalt avtomobili to‘qnashdi. 3 nafar haydovchi shifoxonaga yotqizildi. Tergovga qadar surishtiruv harakatlari boshlandi.
Dang‘ara tumanida Cobalt haydovchisi yo‘l chetida ketayotgan 5 nafar piyodani urib yubordi. Oqibatda 2 kishi voqea joyida halok bo‘ldi, 3 kishi shifoxonaga yotqizildi.
Shayxontohur tumanida Spark, Nexia 2 va Lacetti avtomashinalari to‘qnashdi. YTH oqibatida Nexia 2 haydovchisi vafot etdi, 16 yoshli Spark haydovchisi va uning yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizildi.
Yashnobod tumanidagi “Krestik” chorrahasi yaqinida Nexia 3 yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan bir ayol va bir erkakni urib yubordi, ular jarohat olgan. Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Payshanba kuni tongda Mirzo Ulug‘bek tumanida yuqori tezlikda (197 km/soat) harakatlangan Tracker “garmoshka” avtobus bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil mashina haydovchisi halok bo‘ldi. Avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagani aytilmoqda.
2023-yilda respublika yo‘llarida 9839 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 2282 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Vafot etganlarning 263 nafari bolalar ekani ma’lum qilindi. Dekabr oyining o‘zida 202 nafar fuqaro YTH oqibatida vafot etgan.
Jizzaxdagi katta yo‘lda Nexia 3 bilan Cobalt mashinalari o‘zaro to‘qnashib ketdi. Cobalt haydovchisining yo‘l qoidasini buzgani sabab YTHda haydovchilardan biri vafot etdi.
Qiziriq tumanida yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan Nexia-3 avtomobili “KamAZ” bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil mashinadagi 4 nafar yo‘lovchi vafot etdi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning xizmat avtomobili velosipeddagi erkakni urib yubordi. Voqea Andijon shahrida sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchining sog‘lig‘i bilan bog‘liq xavotirli holat yo‘qligi ma’lum qilindi.
Qamchiq dovonida DAF va Isuzu yuk mashinalari to‘qnashdi. Oqibatda ikkala haydovchi va uch yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi. DAF yuk transport vositasiga ortilgan bir qancha yengil avtomobillar pastlikka tushib ketdi.
2023-yilda Toshkent shahrida YTHlar oqibatida 95 kishi halok bo‘ldi, ulardan 10 nafari — bolalar. 1248 kishi (235 bola) jarohat oldi, xususan, 10 nafari umrbod nogiron bo‘lib qoldi. Poytaxt prokurori fuqarolarga murojaatida shaharda yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi ayanchli vaziyat haqida gapirdi.
Poytaxt markazida katta tezlikda harakatlangan Zeekr avtomashinasi Matiz va Kia avtomobillariga borib urildi. To‘qnashuv oqibatida Zeekr piyodalar yo‘lakchasiga, Kia esa maysazorga chiqib ketdi. Uchala haydovchi va Zeekr mashinasidagi bir nafar yo‘lovchi kasalxonaga yotqizildi.
Yashnobod tumanidagi bekatda 28- va 44-sonli avtobuslar to‘qnashib ketdi. Oqibatda birining o‘rta eshik qismi, boshqasining esa chap tomon orqani ko‘rish oynasi korpus qismi shikastlandi.
Olmazor tumanida Ford tez yordam mashinasi va Nexia to‘qnashdi. Oqibatda Nexia haydovchisi va Ford`ning bir yo‘lovchisi jarohat oldi.
Furqat ko‘chasidagi tunnelda 5 ta mashina to‘qnashdi. Hodisa oqibatida yo‘l chetidagi Matiz`ni ta’mirlayotgan ikki kishi yengil jarohat oldi.
Sho‘rchi tumanida bir yo‘nalishda harakatlangan mashinalarning biri chapga burilishi oqibatida YTH yuz berdi. Oqibatda avtomobillar 3 piyodani urib yubordi, 10 yoshli bola turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.
Qashqadaryodaning Kitob tumanida Damas haydovchisi avtomobilni to‘xtatmoqchi bo‘lgan yo‘l-patrul xizmati xodimini urib yubordi. Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa guvohlari inspektorni chiqarib olish uchun mashinani qo‘llari bilan ko‘tarayotgani aks etgan video tarqaldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting