Toshkentda bolalarga ta’lim-tarbiya berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi bo‘lib o‘tadi, unda Odri Azule ham ishtirok etishi kutilmoqda. Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shinning aytishicha, tadbirdan ko‘zlangan maqsadlardan biri — «ilg‘or tajribalarimizni jahon hamjamiyatiga taqdim etish»dir.
YUNESKO bosh direktori Odri Azule dunyoda 770 milliondan ortiq voyaga yetganlar o‘qish va yozishni bilmasligi haqida ma’lum qildi. Ularning 60 foizi ayollar hisoblanadi. Shuningdek, pandemiya natijasida 24 millionga yaqin o‘quvchi hech qachon maktab va boshqa ta’lim muassasalariga qaytmasligi mumkin.
O‘zbekiston birinchi marta YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi. O‘zbekiston nomzodini qo‘llab-quvvatlab, 105 mamlakat ovoz berdi.
YUNESKO Toshkent mahallalarini Butunjahon madaniy merosining dastlabki ro‘yxatiga kiritdi. Saida Mirziyoyeva Eski shahardagi mahallalarda hech qanday investitsiya qurilish loyihalarini amalga oshirishga ruxsat bo‘lmasligini ma’lum qilib, Zarqaynar ko‘chasining taqdiri uchun qayg‘urgan barchaga minnatdorchilik bildirdi.
Baxshichilik san’ati YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi.
Odri Azule 169 ovozdan 155 ta ovoz olib, YUNESKO bosh direktori etib qayta saylandi.
2006 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrda dunyo bo‘ylab 1200 dan ortiq jurnalist o‘ldirilgan. Bu qotilliklarning har 10 tasidan deyarli 9 tasi sudda ochilmagan. Tashkilot so‘rovida ishtirok etgan jurnalist ayollarning 73 foizi o‘z ishi bilan bog‘liq holda internet orqali tahdid, qo‘rqitish va ta’qibga uchrab kelayotganini aytgan.
Yo‘qolib ketish arafasida turgan Buxoro kiyiklari yashayotgan Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati YUNESKO butunjahon biosfera qo‘riqxonalari tarmog‘iga kiritildi.
YUNESKO Umumjahon merosi qo‘mitasi pandemiya sharoitida O‘zbekistonga Shahrisabzning tarixiy qismini qayta tiklashi uchun yana bir yil muddat berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
AQShda federal darajada o‘lim jazosiga moratoriy joriy etilgani, Parijdagi «Sharl-de-Goll» aeroportida ish tashlash, Braziliya parlamentining ayollarga nisbatan psixologik zo‘ravonlikni jinoyat deb tan olgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Abu Dabida sayyohlarning COVID-19'ga qarshi bepul emlanishi, Venetsiya va Budapeshtning «tahdid ostida» bo‘lgan Jahon merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritilishi, Qorabog‘dagi Shusha shahriga Ozarbayjon qo‘riqxonasi maqomining berilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
YUNESKO Umumjahon merosi qo‘mitasining Xitoyda bo‘lib o‘tadigan 44-sessiyasida Shahrisabzning tarixiy qismini regeneratsiya qilish loyihasi muhokama qilinadi. O‘zbekiston taklifiga binoan xorijlik ekspertlar 3 xil konsepsiyani ishlab chiqqan. Loyihalardan biri tanlangach, 2022 yildan amaliy ishlar boshlanishi mumkin.
YUNESKO tashkiloti tomonidan O‘zbekistondagi o‘qituvchilar malakasini oshirish uchun 435 ming AQSH dollari ajratiladi. 2 yillik loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Toshkent viloyatlarida 150 maktab va 600 dan ortiq o‘qituvchilar jalb etiladi.
YUNESKOning ma’lum qilishicha, 2020 yilda o‘z vazifasini bajarish davomida 59 nafar jurnalist o‘ldirilgan. Tashkilot pandemiya boshlanishi bilan jurnalistlarning xavfsizligi borasidagi muammolar ham jiddiylashganini aytmoqda.
O‘zbekistonning UNESCO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi Bosh kotibi etib Gayane Umerova tayinlandi. U hozirda Madaniyat vazirligi huzuridagi San’at va madaniyatni rivojlantirish jamg‘armasining ijrochi direktori lavozimida faoliyat yuritadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting