Jahon

AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi
15 aprel 2021, 18:17

AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi

AQSH Rossiyaning «zararli tashqi faoliyati» tufayli mamlakatga nisbatan yangi sanksiyalarni e’lon qildi. AQSH banklariga Rossiya davlat obligatsiyalarini sotib olish taqiqlanadi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasidagi bir qator jismoniy shaxslar va kompaniyalarga nisbatan cheklovlar joriy etildi.

Yevropa Ittifoqida iyun oyida sayohat uchun sertifikatlar kuchga kiradi
15 aprel 2021, 14:27

Yevropa Ittifoqida iyun oyida sayohat uchun sertifikatlar kuchga kiradi

Yevropa Ittifoqida 21 iyun kuni ittifoq mamlakatlarida harakatlanish erkinligini qayta tiklash imkonini beruvchi «salomatlik to‘g‘risida guvohnoma» kuchga kiradi. Unda sug‘urtalanganlik, emlash va COVID-19 testlari haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgadi.

AQSH 1 maydan boshlab Afg‘onistondan o‘z harbiylarini olib chiqib ketishni boshlaydi
15 aprel 2021, 13:11

AQSH 1 maydan boshlab Afg‘onistondan o‘z harbiylarini olib chiqib ketishni boshlaydi

AQSH 1 maydan boshlab Afg‘onistondan o‘z harbiylarini olib chiqishni boshlaydi va bu jarayonni 11 sentyabrgacha yakunlashni rejalashtirmoqda. ««Abadiy urush»ga yakun yasash vaqti keldi», — dedi AQSH prezidenti Jo Bayden, AQSHning mamlakatga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etishini va Afg‘oniston hukumatini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan holda.

Gurbanguli Berdimuhamedov parlament yuqori palatasining raisi etib saylandi
15 aprel 2021, 11:48 1

Gurbanguli Berdimuhamedov parlament yuqori palatasining raisi etib saylandi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat parlamentining Xalq maslahati (yuqori) palatasi raisi etib saylandi.

Vizasiz sayohat qilish reytingida O‘zbekistonning o‘rni bir pog‘onaga yaxshilandi
15 aprel 2021, 11:30 1

Vizasiz sayohat qilish reytingida O‘zbekistonning o‘rni bir pog‘onaga yaxshilandi

Vizasiz sayohat qilish reytingida O‘zbekiston 85-o‘rinni egalladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari 57 ta davlat hududiga vizasiz sayohat qilishlari mumkin. Birinchi o‘rinda Yaponiya bo‘lib, ushbu mamlakat pasporti fuqarolarga 193 ta davlatga vizasiz sayohat qilish imkonini bermoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
14 aprel 2021, 20:20

Jahon yangiliklari dayjesti

AQSH va Buyuk Britaniyaning Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishi, Qorabog‘dagi fojiada Armanistonning 4 mingga yaqin askari halok bo‘lgani, Daniyaning AstraZeneca vaksinasidan butunlay voz kechgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
13 aprel 2021, 20:23

Jahon yangiliklari dayjesti

Xitoy va Janubiy Koreya Yaponiyaning radioaktiv suvni okeanga oqizish to‘g‘risidagi qarorini tanqid qilgani, Navalniyning unga Qur’on kitobi berilmagani sababli sudga murojaat qilgani, JSSTning COVID xavfi tufayli bozorlarda hayvonlar savdosini cheklashga chaqirgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘da maktab quradi
13 aprel 2021, 14:33

O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘da maktab quradi

O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘da maktab qurishni rejalashtirmoqda, dedi AOKA direktori Asadjon Xodjayev. Uning aytishicha, hududdagi tiklanishi lozim bo‘lgan ob’ektlar ro‘yxati belgilanmoqda, ularni rekonstruksiya qilishga o‘zbekistonlik quruvchilar jalb qilinadi.

«Agar AQSH Ukrainani NATO tarkibida ko‘rayotgan bo‘lsa, buni ochiqchasiga aytishi va bajarishi kerak», — Vladimir Zelenskiy
13 aprel 2021, 12:35

«Agar AQSH Ukrainani NATO tarkibida ko‘rayotgan bo‘lsa, buni ochiqchasiga aytishi va bajarishi kerak», — Vladimir Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Donbassdagi frontga safari paytida AQSH Ukrainaning NATOga kirishiga ko‘maklashishi kerak deya ta’kidladi. U ushbu so‘zlarni Rossiya qo‘shinlarining Ukraina chegarasiga tortilishi haqidagi xabarlardan so‘ng aytdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
12 aprel 2021, 21:33

Jahon yangiliklari dayjesti

Isroilning Eron yadro inshootidagi fojiada ayblanishi, AQSHda politsiyachi afroamerikalikni otib o‘ldirgani sababli namoyishlar boshlangani, Parijda noma’lum shaxsning kasalxona yaqinida odamlarga o‘q uzgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Telegram IPO o‘tkazishni rejalashtirmoqda
12 aprel 2021, 16:14

Telegram IPO o‘tkazishni rejalashtirmoqda

Telegram messenjeri IPO o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Messenjerning 30−50 mlrd dollarga baholanishi ko‘zda tutilmoqda.

Qirg‘izistonda ovoz beruvchilar konstitutsiyaning yangi tahririni ma’qullashdi
12 aprel 2021, 12:51

Qirg‘izistonda ovoz beruvchilar konstitutsiyaning yangi tahririni ma’qullashdi

Qirg‘izistondagi konstitutsiya referendumida saylovchilarning deyarli 80 foizi prezidentning vakolatlarini kengaytiradigan konstitutsiyaning yangi tahririni qo‘llab-quvvatlashdi.

Arab davlatlarida ilk ayol-astronavt paydo bo‘ladi
12 aprel 2021, 12:23

Arab davlatlarida ilk ayol-astronavt paydo bo‘ladi

Nura al-Matrush arab davlatlaridagi ilk ayol-astronavtga aylanadi. U va Muhammad al-Mulla BAAda 4 ming nafar nomzod orasidan tanlab olindi. Ular tez orada NASA astronavtlar tayyorlash dasturiga qo‘shilishadi.

Jahon yangiliklari dayjesti
9 aprel 2021, 22:17

Jahon yangiliklari dayjesti

Misrda uch ming yillik shahar topilgani, Yaponiyaning Fukusimadan tozalangan radioaktiv suvni okeanga oqizishi, Norvegiya bosh vazirining karantin cheklovlarini buzganligi uchun jarimaga tortilgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Dunyo metrolaridagi 5 ta eng yirik halokatlar
9 aprel 2021, 17:59

Dunyo metrolaridagi 5 ta eng yirik halokatlar

Dunyo metropoliteni tarixida ko‘plab avariyalar yuz bergan. Ularning ba’zilari texnik nosozlik tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, ba’zilarida insonning katta xatosi sabab bo‘lgan. Metrolarda ro‘y bergan eng yirik 5 ta halokat haqida qisqacha ma’lumotlar.

Qirolicha Yelizavetaning turmush o‘rtog‘i, shahzoda Filip olamdan o‘tdi
9 aprel 2021, 16:24

Qirolicha Yelizavetaning turmush o‘rtog‘i, shahzoda Filip olamdan o‘tdi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i, shahzoda Filip 99 yoshida vafot etdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
8 aprel 2021, 20:32

Jahon yangiliklari dayjesti

Xitoyning qashshoqlikka qarshi kurashish tajribasi haqidagi Oq kitobi, Mozambikda 12 chet ellikning o‘ldirilgani, Madriddagi namoyishlarda ikkita partiya a’zolarining to‘qnashuvi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Bishkekda qiz olib qochishga qarshi miting o‘tkazildi
8 aprel 2021, 15:05

Bishkekda qiz olib qochishga qarshi miting o‘tkazildi

Qirg‘izistonda yuzlab odamlar 27 yoshli qizning turmush qurish uchun o‘g‘irlab ketilishi va keyinchalik uning o‘ldirilishi ortidan norozilik bildirib hukumat binosi oldida yig‘ilishdi. Namoyishchilar Ichki ishlar vazirligi rahbarining iste’foga chiqishini va «Kelinni o‘g‘irlash» moddasi uchun jazoni kuchaytirishni talab qilmoqda. Vaziyatga bosh vazir va prezident aralashdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
7 aprel 2021, 22:19

Jahon yangiliklari dayjesti

Yaqin Sharqda 50 mlrd tup daraxt ekilishi, Turkiyaning Istanbul kanali qurilishidan voz kechmasligi, Efiopiyada jamoalararo to‘qnashuvda 100 dan ortiq odamning halok bo‘lgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Suvaysh kanalining to‘sib qo‘yilishida ayblangan misrlik kapitan-ayol
7 aprel 2021, 17:15

Suvaysh kanalining to‘sib qo‘yilishida ayblangan misrlik kapitan-ayol

Marva Elselexdar Misrdagi birinchi ayol kapitan hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda Suvaysh kanalining to‘sib qo‘yilishida aynan u aybdor ekanligi haqida ko‘p mish-mishlar tarqalgan edi. Nima uchun Marva haqida bunday gaplar bo‘ldi? Misrda ayol kapitan lavozimiga qanday munosabat bildiriladi?


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting