Jahon

Jahon yangiliklari dayjesti
6 aprel 2021, 21:33

Jahon yangiliklari dayjesti

Saudiya Arabistonida emlanganlarga Ramazon oyida haj ziyoratiga ruxsat berilgani, Belarusning bir qator mamlakatlardagi elchixonalarining yopilishi mumkinligi, Iordaniyada qirolga qarshi fitna haqidagi xabarlarga taqiq qo‘yilgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Forbes 2021 yil bo‘yicha dunyoning eng boy insonlari ro‘yxatini e’lon qildi
6 aprel 2021, 20:14

Forbes 2021 yil bo‘yicha dunyoning eng boy insonlari ro‘yxatini e’lon qildi

Forbes nashriga ko‘ra Amazon asoschisi Jeff Bezos 2021 yil bo‘yicha dunyoning eng boy insoni bo‘ldi. Shuningdek, ikkinchi o‘rindan SpaceX va Tesla’ning asosiy aksiyadori Ilon Mask va uchinchi o‘rindan Louis Vuitton Moët Hennessy kompaniyalar guruhi prezidenti Bernard Arno joy oldi.

Qozog‘iston prezidenti «Sputnik V» vaksinasi bilan emlandi
6 aprel 2021, 17:16

Qozog‘iston prezidenti «Sputnik V» vaksinasi bilan emlandi

Qozog‘iston davlat rahbari Qasim-Jomart Toqayev Qarag‘anda zavodida ishlab chiqarilgan «Sputnik V» vaksinasi bilan emlandi.

Turkmanistonda xalq itboqari va xizmat ko‘rsatgan itboqarlarga oylik ustamalar belgilandi
6 aprel 2021, 15:07

Turkmanistonda xalq itboqari va xizmat ko‘rsatgan itboqarlarga oylik ustamalar belgilandi

Turkmanistonda xalq itboqari va xizmat ko‘rsatgan itboqar unvonlari ta’sis etilib, unvonlar sohiblariga bir martalik pul mukofotlari hamda oylik, nafaqa va stipendiyalariga ustamalar belgilandi.

KXDR Tokio Olimpiadasida ishtirok etmaydi
6 aprel 2021, 14:51

KXDR Tokio Olimpiadasida ishtirok etmaydi

Shimoliy Koreya Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etmaydi. KXDR ma’muriyati ushbu qarorni o‘z sportchilarini COVID-19`dan himoya qilish istagida ekanligi bilan izohladi.

Jahon yangiliklari dayjesti
5 aprel 2021, 21:35

Jahon yangiliklari dayjesti

Iordaniyada qirolning o‘gay ukasi davlat to‘ntarishini uyushtirishda gumon qilinishi, Vladimir Putinning unga yana prezidentlik saylovlarida qatnashishga ruxsat beruvchi qonunni imzolagani, Myanmadagi to‘qnashuvlarda vafot etganlar sonining 564 kishiga yetgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Nikol Pashinyan aprel oyi oxirida iste’foga chiqadi
5 aprel 2021, 15:58

Nikol Pashinyan aprel oyi oxirida iste’foga chiqadi

Ma’lum qilinishicha, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosining «hozircha aniq kuni ma’lum emas, lekin bu aprel oxirida ro‘y beradi». 20 iyun kuni esa Armanistonda navbatdan tashqari parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi.

Indoneziyada suv toshqini va yer o‘pirilishi oqibatida 55 kishi halok bo‘ldi
5 aprel 2021, 11:41

Indoneziyada suv toshqini va yer o‘pirilishi oqibatida 55 kishi halok bo‘ldi

Yakshanba kuni yuz bergan suv toshqinlari va yer o‘pirilishi oqibatida Indoneziya va Sharqiy Timorda jami 76 kishi halok bo‘ldi, minglab aholi uysiz qoldi.

Jahon yangiliklari dayjesti
2 aprel 2021, 22:09

Jahon yangiliklari dayjesti

Misrning Suvaysh kanali to‘silib qolgani uchun 1 mlrd dollar tovon to‘lanishini talab qilgani, Myanmadagi namoyishlar paytida yuzlab odamlarning yo‘qolgani, Yevropa Ittifoqida yangi tartib to‘g‘risidagi kelishuv va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Tayvanda yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi
2 aprel 2021, 10:38

Tayvanda yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi

Tayvanda 350 yo‘lovchiga mo‘ljallangan yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib, quladi. 40 nafardan ortiq fuqaro vafot etdi, 61 kishi jarohatlandi. Vagonlar bloklangani sababli 72 kishi poyezdda qolmoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
1 aprel 2021, 22:02

Jahon yangiliklari dayjesti

KXDRdagi og‘ir vaziyat tufayli 12 ta davlat elchixonasining yopilgani, Ukraina prezidentining 2020 yil uchun daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyasi, AQSH prezidentining 2 trln dollarlik infratuzilma rejasi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Fransiyada bir oylik umummilliy karantin e’lon qilinadi
1 aprel 2021, 10:58

Fransiyada bir oylik umummilliy karantin e’lon qilinadi

3 apreldan Fransiyaning barcha hududlarida to‘rt haftalik jiddiy karantin cheklovlari o‘rnatiladi. Cheklovlarga ko‘ra, barcha ishchilar masofaviy tizimga o‘tkaziladi, barcha bog‘chalar, maktablar va kollejlar uch hafta muddatga yopiladi.

Jahon yangiliklari dayjesti
31 mart 2021, 22:39

Jahon yangiliklari dayjesti

Turkiyada karantin cheklovlarining kuchaytirilishi, Belarusda ekstremizm bilan bog‘liq 700 dan ortiq jinoiy ish qo‘zg‘atilgani, AQSHning xorijiy mutaxassislar uchun vizalarni qayta rasmiylashtirishni rejalashtirishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

AstraZeneca vaksinasi Vaxzevria nomiga o‘zgartirildi
30 mart 2021, 15:36

AstraZeneca vaksinasi Vaxzevria nomiga o‘zgartirildi

AstraZeneca kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinasining nomini o‘zgartirdi. Preparat endilikda Vaxzevria deb nomlanadi.

Turkmaniston prezidenti parlament a’zosi etib saylandi
30 mart 2021, 11:42

Turkmaniston prezidenti parlament a’zosi etib saylandi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Xalq Maslahati Milliy Kengashi a’zoligiga saylandi. Mamlakat Konstitutsiyasiga muvofiq, davlat rahbari parlament a’zosi yoki deputati bo‘la olmaydi.

Jahon yangiliklari dayjesti
29 mart 2021, 21:32

Jahon yangiliklari dayjesti

Xitoyda Shinjon paxtasidan voz kechgan H&M do‘konlarining yopilayotgani, Venesuelaning vaksinalar evaziga neft taklif qilgani, COVID-19 ko‘rshapalaklardan odamga yuqish ehtimolining yuqoriligi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Suvaysh kanalini to‘sib qo‘ygan kema sayozlikdan chiqarildi
29 mart 2021, 10:45

Suvaysh kanalini to‘sib qo‘ygan kema sayozlikdan chiqarildi

23 mart kuni sayozlikda turib qolib, ikki tomonlama harakatni to‘sib qo‘ygan Ever Given kemasi suv yuzasiga chiqarib olindi. Kanal bo‘ylab harakat qachon tiklanishi noma’lum.

Jahon yangiliklari dayjesti
27 mart 2021, 20:31

Jahon yangiliklari dayjesti

Myanmada harbiylar yangi saylovlardan so‘ng hokimiyatni topshirishi, Eron va Xitoyning 25 yillik hamkorlik shartnomasi, AQSHning “Bir makon, bir yoʻl"ga muqobil yaratishni taklif qilgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
26 mart 2021, 21:28

Jahon yangiliklari dayjesti

Belarusda Ozodlik kunida 200 dan ortiq kishining hibsga olingani, Nur-Sultondagi reanimatsiya bo‘limlarining COVID-19ga chalingan bemorlar bilan to‘lib ketgani, Xiaomi’ning elektromobillarni ishlab chiqarishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Finlyandiya yana eng baxtli mamlakat deb topildi
26 mart 2021, 10:58

Finlyandiya yana eng baxtli mamlakat deb topildi

World Happiness Report hisobotining 2021 yilgi reytingida Finlyandiya dunyoning eng baxtli mamlakati deb topildi. 95 ta mamlakatdan iborat reytingda bu yil O‘zbekiston o‘rin olmagan. O‘rtacha uch yillik davrda (2018−2020) baxtli mamlakatlar reytingida esa O‘zbekiston uch pog‘ona pastlab, 42-o‘rinni egalladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting