Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an 6 fevral kuni sodir bo‘lgan dahshatli zilzilalar qurbonlari xotirasiga yetti kunlik umumxalq motamini e’lon qildi. Hodisa oqibatida vafot etganlar soni 2316 nafarga yetdi, 13 293 nafari jarohat oldi.
Turkiya va Suriyada sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari sonining umumiy 2200 nafarga yaqinlashgani, Gretsiyada kuchli qor tufayli maktab va do‘konlarning yopilgani, Falastin hukumatining milliy yarashuv bo‘yicha uchrashuvga tayyorgarlikni boshlagani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Turkiyada sodir bo‘lgan kuchli zilzila qurbonlari soni 1541 nafarga yetdi, 9730 dan ortiq kishi jarohatlandi. 3471 bino qulagan.
Dushanba kuni tongda Turkiya janubida sodir bo‘lgan qator zilzilalarda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi va yuzlab odamlar jarohat oldi. Mamlakatda ogohlantirishning eng yuqori darajasi e’lon qilindi. Suriya shimolida ham o‘nlab odam vafot etgan, yuzlab yaradorlar borligi aytilmoqda.
Pokistonning sobiq prezidenti Parvez Musharraf uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 79 yoshida vafot etdi. U 2013 yilda davlatga xiyonatda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingandi.
AQSh va Kanadada -50 darajali sovuq bo‘lishi kutilayotgani, Xitoyda karantin cheklovlari olib tashlanganidan so‘ng 80 kishining koronavirusdan vafot etgani, 18 yoshli kanadalik qizning lotoreyadan birinchi urinishda 36 mln dollar yutib olgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
2022 yilda Rossiyaning oziq-ovqat mahsulotlarini xorijga yetkazib berish hajmi 12 foizga oshgani, Eronda hijob o‘ramagan ayollarni jarimaga tortuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilgani, Qatarda hasharotli taomlarni sotish taqiqlangani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning fikricha, G‘arb davlatlari «navbatdagi Ukraina» roli uchun Moldovani ko‘rib chiqmoqda. Kishinyov vazirning «tahdidli ritorikasini» qoralab, «Moldova o‘z kelajagini tanladi va bu kelajak erkin dunyoning bir qismi bo‘lishini» ta’kidladi.
Shvetsiyada bankrotga uchragan kompaniyalar soni rekord darajaga yetgani, AQSh Adliya vazirligining prezident Jo Bayden uyida rejali tintuv o‘tkazgani, shirin ichimliklarning erkaklarda kallikni keltirib chiqarishga aloqadorligi aniqlangani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida
2022 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston EIU “Demokratiya indeksi"da bir pog‘ona ko‘tarilib, 167 davlat orasidan 149-o‘rinni egalladi. Mamlakatda demokratiyaga berilgan baho 2,12 ballni tashkil etadi va bu ketma-ket uch yildan beri o‘zgargani yo‘q.
1 fevral kuni Angliyadagi maktablarning yarmidan ko‘pida davomat pasayib ketdi yoki o‘qituvchilarning ish tashlashi davomida yopildi. 200 mingdan ortiq ta’lim xodimlari mehnat sharoitlarini yaxshilash va maoshlarni oshirishni talab qilib, ko‘chalarga chiqdi.
Pokistonda masjiddagi portlashda 44 kishining halok bo‘lgani, Yaponiyadagi «Takaxama» AES reaktori ishida nosozlik qayd etilgani, dunyoda neft narxining pasaygani, AQShda yanvar oyida qurolli zo‘ravonlik bo‘yicha antirekord qayd etilgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Pokistonning Peshovar shahridagi masjid xudkush tomonidan portlatildi. Qurbonlar soni 28 kishini, jarohatlanganlar 150 kishini tashkil etmoqda.
Chexiyadagi saylovlarda sobiq NATO generalining g‘olib bo‘lgani, Pokiston va Peruda avtobus halokatlarida ko‘plab insonlarning vafot etgani, Erondagi zavodlarga dronlar hujumi, Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish jarayonining to‘xtab qolgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
19 yanvar kuni Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern mamlakatni boshqarishga kuch topa olmayotgani, iste’foga chiqmoqchi ekanligini e’lon qildi. Ushbu maqolada bosh vazirning faoliyati, qabul qilgan qarorlari haqida bayon etamiz.
27 yanvar kuni Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga qurollangan shaxs hujum uyushtirgandi. Hodisa oqibatida xavfsizlik xizmati rahbari halok bo‘lgan. O‘zbekiston TIV holat yuzasidan bayonot berib, hujumni keskin qoraladi. Shuningdek, barcha aybdorlar javobgarlikka tortilishiga umid bildirdi.
Nyu-Yorkda terakt uyushtirgan o‘zbekistonlikning og‘ir jinoyatlarda aybdor deb topilgani, Ozarbayjonning Erondagi elchixonasiga uyushtirilgan hujumda bir kishining halok bo‘lgani, BMT bosh kotibining hukumatlarni internetni cheklashga chaqirgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Donald Trampning Twitter`da auditoriyasini tiklab olgani, avtobus kattaligidagi asteroidning sun’iy yo‘ldoshlardan ham pastroq masofadan uchib o‘tayotgani, elchixona avtomobillaridan foydalangan Yaponiya bosh vaziri o‘g‘lining janjal markazida qolgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Yangi Zelandiyaning yangi bosh vaziri qasamyod qabul qilgani, Germaniyada poyezdda yetti kishining pichoqlangani, Ispaniyada turli davlatlar elchixonalariga qo‘lbola bombalar yuborgan nafaqaxo‘r ushlangani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Germaniya bir necha oylik munozaralardan so‘ng Ukrainaga Leopard 2 tanklarini yetkazib berishi va ukrainalik ekipajlarni o‘qitishini ma’lum qildi. Ukraina tanklar Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni ozod qilish uchun muhim deb atadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting