Shu yil Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylarni qurish dasturiga ko‘ra 8510 ta uy quriladi, bu 2011-yildagidan 15 foizga ko‘p.
O‘tgan yili O‘zbekiston bojxona xizmati tomonidan 28,5 ming qonunbuzarliklar aniqlangan.
Toshkent-Samarqand yo‘nalishidagi Afrosiyob tezyurar poyezdi haftada besh marta - seshanba, chorshanba, juma, shanba va yakshanba kunlari qatnashni boshladi.
“Kredit-Standart” banki xalqaro valyutalar VISA kartalari chiqarishni va ular bo‘yicha aholiga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatgani haqida xabar berdi.
Fevral oyidan Davlat soliq qo‘mitasining maxsus telefon tarmog‘i ishlashni boshlaydi, u orqali ma’lum mavzular bo‘yicha maslahatlar olish mumkin bo‘ladi.
2011-yil 30-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti ommaviy axborot vositalarini yanda rivojlantirish uchun qo‘shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
2012-yil 1-yanvardan benzin narxi 25 so‘mga oshdi. Narx oshishi jismoniy shaxslarning avtomobil yoqilg‘isini iste’mol qilish solig‘ining an’anaviy yillik o‘sishi bilan bog‘liq.
28-, 29- va 30-dekabr kunlari Korzinka.uzning to‘rtta (Turkman bozoridagi, aeroport yonidagi, Abay ko‘chasidagi va Qoratoshdagi) supermarketi kecha-kunduz ishlaydi.
1 yanvardan boshlab chetdan keltiriladigan iste'mol tovarlarining ayrim guruhlari maxsus nazorat identifikatsiya belgilari bilan markirovka qilinadi.
2011-yil 1-dekаbr holаtigа ko‘ra, O‘zbekistonda ro‘yxаtdаn o‘tgаn kichik biznes sub’ektlаrining soni (fermer xo‘jаliklаridаn tаshqаri) 247,2 mingtаni tаshkil etdi.
2012-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda alkogolli mahsulotlar uchun (pivodan tashqari) yangi eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar o‘rnatiladi.
"O‘zbekiston-Xitoy" gaz quvurining uchinchi navbatining ishga tushirilishi O‘zbekiston konlaridan Xitoyga gaz eksportini ta'minlash imkonini beradi.
16-dekabr kuni Toshkentda milliy pochta operatori xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
13-dekabr kuni Toshkentda qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha "O‘zbekenergo" DAJ va Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkillashtirilgan forum bo‘lib o‘tdi.
Jahon banki guruhi direktorlar kengashi 6-dekabr kuni Vashingtonda 2012-2015-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston bilan hamkorlikning yangi strategiyasini ma’qulladi.
O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi parki o‘ninchi “A320” rusumli samolyot bilan to‘ldi. Shu bilan “Airbus” konsorsiumi bilan imzolangan shartnoma to‘liq bajarildi.
9-dekabr tunida Ispaniyaning "Patentes Talgo S.L." kompaniyasi tomonidan qurilgan ikkinchi “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdi Toshkentga yetib keldi.
Hewlett-Packard kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z tijorat ofisini ochdi. Uning bosh direktori etib Eldar Fattaxov tayinlandi (rasmda o‘ngda).
Қўшимча имкониятлардан фойдаланиш учун сайтда рўйхатдан ўтинг