Mirjalol Qosimov endilikda sobiq bosh murabbiy Vadim Abramovning vazifasini qabul qilib oldi.
25-may kuni Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekistonda Tayland kunlarining ochilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.
Navoiy shahrida umumta'lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan navbatdagi “Umid nihollari” sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
FIFA prezidenti Yozef Blatter 15-16-may kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi.
15-may kuni Moskvada Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi oliy organlarining majlislari bo‘lib o‘tadi.
O‘quvchilarning sinovlarga puxta hozirlik ko‘rishi uchun imtihon materiallari Xalq ta'limi vazirligi saytiga joylashtirildi.
Joriy yilda 7041 ta kirish yo‘laklarini joriy ta'mirlash, 630 ta uylarning fasadlarini ta'mirlash, 530 ta bolalar maydonchalarini qurish va ta'mirlash ishlari rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1-may kuni Oqsaroyda Yevropa Ittifoqining mamlakatimizdagi Vakolatxonasi (Delegatsiyasi) rahbari – elchisi etib tayinlangan Norber Justendan ishonch yorlig‘ini qabul qildi.
27-29-aprel kunlari poytaxtdagi “O‘zbekiston” sport saroyida o‘tkaziladigan qit'a chempionatida 25 davlatdan 185 nafar dzyudo ustalari tatamida bel olishadilar.
Pul o‘tkazmalari qaysi valyutada o‘tkazilgan bo‘lsa, xuddi shu valyutada hech qanday cheklovlarsiz beriladi, deyiladi Markaziy bank rasmiy bayonotida.
5-6-may kunlari Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida bo‘lib o‘tadigan “Asrlar sadosi-2012” madaniyat festivaliga ishtirok etadigan jamoalar saralandi.
21-aprel kuni Jizzax shahar hokimligida O‘zbekiston Ekologik harakati viloyat hududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda “Muqobil energiyani joriy etish – davr talabi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
18-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 13-aprel kuni “Angren” maxsus industrial zonasini barpo etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarini ishlab chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi.
FIFA referisi Ravshan Ermatov Londonda o‘tkaziladigan 2012 yilgi Olimpiada o‘yinlarida xizmat qiladi, xabar berdi O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
3-aprel kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining Olimpiada-2012 saralashidagi ishtiroki yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Shoshilinch va maxsus xizmatlarga chiqish raqamlarini jahon talablariga moslashtirish maqsadida Toshkent shahrida 5-apreldan ushbu raqamlarni o‘zgartirish boshlanadi.
3-aprel kuni soat 10:00 dan 11:00 gacha Xalq ta'limi vazirligi rahbariyati ishtirokida to‘g‘ridan-to‘g‘ri internet tarmog‘ida onlayn muloqot bo‘lib o‘tadi.
Olimpiada-2012 saralash Osiyo mintaqasi pley-off bosqichi yakuniga yetdi. So‘nggi uchrashuv O‘zbekiston va Ummon olimpiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Қўшимча имкониятлардан фойдаланиш учун сайтда рўйхатдан ўтинг