23-24-dekabr kunlari Toshkentda 150 ta qiz qatnashadigan "Qor uchquni" badiiy gimnastika bo‘yicha navbatdagi ochiq turnir bo‘lib o‘tadi.
12-dekabr kuni "O‘zbekiston" mehmonxonasida har yili o‘tkaziladigan to‘rtinchi "Yil ayoli" milliy tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tadi.
7-11-dekabr kunlari Toshkentdagi “Radisson SAS” mehmonxonasida sakkizinchi Turk kinosi haftaligi bo‘lib o‘tadi. Unda 2006-2009-yillar oralig‘ida suratga olingan filmlar namoyish etiladi.
"Poytaxt" biznes-markazida 6-7 va 9-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan USENET//2011 birinchi professional internet-konferensiyasi o‘z ishini yakunladi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempioni Toshkentning “Bunyodkor” klubi 2012-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi (OCHL) guruh bosqichida Yaponiyaning “Gamba Osaka” va Avstraliyaning “Adeliada Yunayted” klublariga qarshi bahs olib boradi.
Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan O‘zbekistonda keyingi yil “Mustahkam oila yili” deb e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Dmitriy Medvedevni Davlat Dumasiga saylov muvaffaqiyatli o‘tkazilgani munosabati bilan qutladi.
Hewlett-Packard kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z tijorat ofisini ochdi. Uning bosh direktori etib Eldar Fattaxov tayinlandi (rasmda o‘ngda).
Senat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari muddatini yetti yildan besh yilgacha qisqartirishni nazarda tutadigan Konstitutsiyaning 90-moddasiga tuzatish kiritish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yaponiya bilan bo‘lajak saralash uchrashuvigacha ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi Federal Yig‘iniga saylovlar bo‘yicha barcha ovozlarning 61,1% "Yedinaya Rossiya" partiyasiga berildi.
Minglab chiroqlar marjoni Yangi yil kunlari poytaxt ko‘chalarini yoritadi. O‘tgan hafta shaharning asosiy ko‘chalaridan biri bo`lgan Amir Temur ko‘chasida marjonlar joylashtirildi.
Қўшимча имкониятлардан фойдаланиш учун сайтда рўйхатдан ўтинг