O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarini ishlab chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi.
3-aprel kuni soat 10:00 dan 11:00 gacha Xalq ta'limi vazirligi rahbariyati ishtirokida to‘g‘ridan-to‘g‘ri internet tarmog‘ida onlayn muloqot bo‘lib o‘tadi.
25-martda Navoiy viloyatida “1000 ta nikoh to‘yi va 1000 ta sunnat to‘y” xayriya loyihasi boshlandi.
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 26-mart kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida vaqt-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
21-mart chorshanba dam olish kuni 22-mart payshanba kuniga, 25-mart yakshanba dam olish kuni esa 23-mart juma kuniga ko‘chirildi.
O‘zbekistonda o‘tgan dam olish kunlari o‘tkazilgan va Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan ikki kunlik xayriya hasharida 17,5 million kishi qatnashdi.
O‘zbekistonda shanba kuni bo‘lib o‘tgan umumxalq xayriya hasharining birinchi kunida 8 milliondan ko‘p kishi ishtirok etdi.
1-martdan 21-aprelgacha bo‘lgan davrga rejalashtirilgan “Umra-2012” bahorgi mavsumida musulmonlar qadamjosini 4000 nafar o‘zbekistonlik ziyorat qiladi.
Toshkentdagi anjumanda axborot muhitida shaxsiy axborotlar himoyasi va o‘sib kelayotgan avlodning internet madaniyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Toshkent arxitektura va qurilish instituti qoshida O‘zbekiston-Germaniya arxitektura va qurilish markazi ochiladi.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasining parlamentdagi fraksiyasi deputatlari “Voyaga yetmaganlarning axborot xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini tayyorlamoqda.
2012-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston aholisining soni 29 million 559 ming kishini tashkil qildi, deb xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi.
O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi yong‘inlar soni 2,8 foizga, halok bo‘lganlar 1,7 foizga va tana jarohati olganlar 13,1 foizga kamaygan.
16-yanvar kuni Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti 10 yillik yubileyini nishonladi. Oliy dargoh Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 2002-yilda ochilgan.
Fevral-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.
Toshkent metropoliteni stansiyalari eshiklarida xorijiy sayyohlar uchun mo‘ljallangan ingliz tilida ENTER va EXIT yozuvlari paydo bo‘ldi.
1-yanvardan O‘zbekistonning qator bosma nashrlarining narxlari ko‘tarildi. Gazetalarning qimmatlashuvi har yil boshida kuzatiladi.
27-dekabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
12 nomdagi o‘quv qurollari va 14 nomdagi shirinliklardan iborat bo‘lgan Prezident sovg‘alari hududlarga jo‘natildi. Ular bolalarga Yangi yil arafasida taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26-dekabrdagi qaroriga muvofiq 31-dekabr shanba kuni ish kuni deb e'lon qilindi, dam olish kuni esa 2012-yil 2-yanvar dushanbaga ko‘chirildi.
Қўшимча имкониятлардан фойдаланиш учун сайтда рўйхатдан ўтинг