O‘zbekiston futbol federatsiyasi 2012-yilda o‘zbek futbolining 100 yillik yubileyini nishonlash bo‘yicha tadbirlar rejasini tasdiqladi.
25-yanvar kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasi binosida 2012-yilgi mamlakat kubogi bahslariga qur'a tashlash marosimi o‘tkazildi.
21-yanvar kuni O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi tashkil qilinganiga 20 yil to‘ldi.
London-2012 Olimpiada o‘yinlarining saralash bosqich bahslariga hozirlik ko‘rayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ikkinchi bor tashkil etilgan Dubai Matchworld Cup musobaqasida ishtirok etmoqda.
Ukrainalik murabbiy Anatoliy Demyanenko Qarshining “Nasaf” klubini tark etdi.
6-yanvar kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati (Oliy Liga) bahslariga qur’a tashlandi.
10-yanvar kuni “O‘zbekiston” sport majmuida futbol bo‘yicha milliy terma jamoasi futzal bo‘yicha terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.
23-dekabr kuni O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining konferensiyasida 2011-yilning eng yaxshi futbol vakillari nomlari e'lon qilindi.
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi FIFA Ijroiya qo‘mitasining 2012-yilgi 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi Jahon chempionatini o‘tkazish huquqini olib qo‘yishi borasidagi qarorini to‘g‘ri qabul qildi va hurmat bilan munosabatini bildirdi.
17-18-dekabr kunlari Toshkent viloyati Pskent tumanida o‘zbek milliy sport o‘yinlaridan bo‘lmish uloq-ko‘pkari bo‘yicha navbatdagi respublika kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.
FIFA kelasi yili O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi Jahon chempionatini boshqa davlatga berish haqida qaror qabul qildi.
Toshkentda O‘zbekistonda birinchi skeytpark qurish loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ayni paytda loyiha tashabbuskorlari homiylarni qidirmoqdalar.
18-dekabr kuni Yaponiyada futbol klublari bo‘yicha jahon chempionati uchun o‘tkaziladigan “Barselona” va “Santos” jamoalari o‘rtasidagi final o‘yinini Ravshan Ermatov boshqaradi.
Tokioda dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan Katta dubulg‘a turkumiga kiruvchi yirik musobaqada Abdulla Tangriyev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Toshkentda qo‘l jangi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnir nihoyasiga yetdi. Musobaqa Madaniyat va sport ishlari vazirligi va O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari qo‘l jangi federatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.
23-24-dekabr kunlari Toshkentda 150 ta qiz qatnashadigan "Qor uchquni" badiiy gimnastika bo‘yicha navbatdagi ochiq turnir bo‘lib o‘tadi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempioni Toshkentning “Bunyodkor” klubi 2012-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi (OCHL) guruh bosqichida Yaponiyaning “Gamba Osaka” va Avstraliyaning “Adeliada Yunayted” klublariga qarshi bahs olib boradi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yaponiya bilan bo‘lajak saralash uchrashuvigacha ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Қўшимча имкониятлардан фойдаланиш учун сайтда рўйхатдан ўтинг