19-apreldan Toshkent shahrida Yunusobod tumanidan o‘tgan Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi, deya xabar bermoqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

Birinchi bosqichida, KHAYning Turkqo‘rg‘on ko‘chasi bilan kesishmasidan Adham Rahmat ko‘chasigacha bo‘lgan harakat yo‘nalishining bir tomoni 7 kun muddatga yopiladi. Harakat yo‘lning bir tomonidan har ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, bu paytda 2024−2025-yillardagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 260 metr uzunlikdagi eskirgan issiq suv tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib boriladi.

“Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan holda, haydovchilarga shu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, — deyiladi xabarda.