Hukumat qarori bilan endilikda YATTlar 5 nafargacha xodim yollashi mumkin, ilgari 3 nafargacha ruxsat berilgandi. Bunda tadbirkor bank hisobvarag‘i ochganidan so‘ng xodim yollash huquqiga ega bo‘ladi. Qolaversa, xodim bilan mehnat shartnomasi ham tuziladi.
Yanvar-oktabr oylarida qiymati 12 mln dollariga teng bo‘lgan jami 613 dona elektromobil import qilingan. Ushbu turdagi avtomobillar asosan Xitoydan (551 ta) olib kelingan.
Oqqo‘rg‘on tumanida 26 yoshli fuqaro va uning 24 yoshli turmush o‘rtog‘i is gazidan zaharlanib, vafot etdi. Sud-tibbiy ekspertizaning dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, ularning o‘limiga zaharlanish, o‘tkir yurak qon tomir nafas yetishmovchiligi, miya va o‘pkalar shishi sabab bo‘lgan. Vaziyat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi respublika bo‘yicha bolalar orasida o‘tkir respirator virusli infeksiyalarning davriy ko‘tarilishi kuzatilayotgani sababli shifoxonalarda qo‘shimcha ravishda 5964 ta o‘rin-joy tashkil etilganini ma’lum qildi. Avvalroq, 10 kun ichida poytaxtning o‘zida «Tez yordam»ga bermor bolalar bo‘yicha 13 mingdan ortiq chaqiriq kelib tushgani aytilgandi.
Qoraqalpog‘istonda payshanbadan jumaga o‘tar kechasi jazoni ijro etish xizmatining uch nafar xodimi YTH oqibatida vafot etdi. Ular videoselektor yig‘ilishidan chiqib, koloniyaga qaytayotgan bo‘lgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Tovuqli, pishloqli, ismaloq va tuxumli, jem hamda bananli — Zira.uz qatlama xamirdan tayyorlanadigan pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Moliya vazirligi hisobotiga ko‘ra, 1 oktabr holatiga davlat qarzi 25,3 mlrd dollarni (YAIMga nisbatan 38,4 foiz) tashkil etdi. Iyul-sentabr oylarida davlat qarzi qoldig‘ida kuzatilgan o‘sish «davlat budjeti taqchilligining moliyalashtirilishi», «investitsion loyihalarning amalga oshirilishi» hamda 356,4 mln dollar miqdoridagi davlat qarzining so‘ndirilishi bilan izohlanmoqda.
Avtomobillashtirish siyosati noteng imkoniyatlarni yaratgan holda odamlarni kambag‘allashtiradi: kimdir mashinada yuradi, yana kimdir esa chiqindi gazlardan nafas oladi va ko‘chada xotirjam yurolmaydi, chunki ko‘chalar piyodalar hayoti uchun xavfli bo‘lgan mashinalar hududiga aylanib qoldi. Mashina olishga qurbi yetmaydigan yoki mashina haydashni xush ko‘rmaydigan o‘zbekistonliklar buning jabrini tortmasliklari kerak, deb yozadi iqtisodchi Botir Qobilov.
Turkmanistonda 2022 yilni «Xalqning Arkadag‘li zamonasi» shiori ostida o‘tkazishga qaror qilindi. «Bu shior — baxtli davr asosini yaratgan, xalqni, Vatanni yangi marralar sari yetaklovchi qahramon prezidentimizga yuksak hurmat-ehtiromdir», — deya ta’kidlandi.
Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishining to‘xtatib qolingani, Rossiyaning Kuzbass viloyatidagi konda yuz bergan falokatda halok bo‘lganlar sonining 52 kishiga yetgani, Pekinning tug‘ilishni rag‘batlantirish uchun yangi choralarni joriy qilayotgani, Shvetsiyada bosh vazirlikka saylangan ilk ayolning 7 soatda iste’foga chiqqani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Toshkent viloyati hokimligi binosi panjaralari olib tashlanishi, Xalq ta’limi vaziri Jomboydagi maktab o‘quvchilarini vaqtincha boshqa binoga ko‘chirish bo‘yicha topshiriq berishi, “O‘zbekneftegaz"ga tegishli AYOQSHlarda Ai-80 markali benzin narxi tushirilishi — “Gazeta.uz"ning 26 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekiston energetika sohasida e’lon qilingan loyihalar bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari orasida 21,8 mlrd dollarlik investitsiya loyihalari hajmi bilan yetakchi bo‘ldi, deyiladi EOTB hisobotida. Shu bilan birga, bu mablag‘ning yarmi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha avvalroq e’lon qilingan loyihaga to‘g‘ri keladi.
«O‘zbekneftgaz» AJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 26 noyabr kuni soat 20:30dan boshlab Ai-80 markadagi benzinning 1 litri 6890 so‘mdan sotuvga chiqariladi. Qayd etilishicha, respublika hududidagi «O‘zbekneftgaz»ning barcha AYOQSHlarda benzin bo‘lishi ta’minlanadi.
JSST dastlab Janubiy Afrika va Botsvanada aniqlangan va kutilganidan ko‘ra tezroq tarqalayotgan koronavirusning yangi shtammini muhokama qilish uchun favqulodda yig‘ilish chaqirdi. FT`ning xabar berishicha, hozirda yangi shtamm jami 82 kishida qayd etilgan.
Avstriyadan O‘zbekistonga COVID-19'ga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 150 ming doza «AstraZeneca» vaksinasi jo‘natildi. Qayd etilishicha, ushbu jo‘natma Avstriya hukumati tomonidan beg‘araz yordam va mustahkam do‘stlik ramzi sifatida taqdim etilgan.
Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov juma kuni tunda Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi o‘quvchilar sig‘imi 2 koeffitsentdan oshib ketgan 28 umumta’lim maktabiga bordi. U qishki mavsumda o‘quvchilarning munosib sharoitlarda ta’lim olishini ta’minlash uchun yaqin hududda joylashgan kasb-hunar kollejiga qisqa muddatda ko‘chirish chorasini ko‘rishni so‘radi.
Samarqandda 13 yoshli maktab o‘quvchisi 25 haftalik homilador ekani aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 19,47 so‘mga ko‘tarilib, 10 777,04 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ko‘tarildi, rubl kursi esa pasaydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 noyabr kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n beshinchi sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ashxobodga boradi.
Asakada 2020 yilning iyunida 9 yoshli qizaloqni o‘ldirishda gumonlangan qo‘shni ayol aybdor deb topilib, 12 yil 4 oy 24 kun ozodlikdan mahrum qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting