Buxoro viloyati Kogon shahrida suv quvurini yotqizish ishlari vaqtida tuproq o‘pirilishi sodir bo‘ldi, ikki ishchi hayotdan ko‘z yumdi.
Armanistonning Ozarbayjon bilan chegarada 12 askarni asirga olingani, AQSh prezidenti Jo Bayden XXR raisi Si Szinpinga Xitoyga qarshi blok yaratmaslikka va’da bergani, o‘zbek millatiga mansub rossiyalik MMA jangchisining AQShda shifokorni o‘ldirib qo‘ygani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
2022 yildan boshlab «O‘zbekneftgaz» AI-80 benzinini ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Birinchi marta bunday rejalar 2020 yilning iyun oyida e’lon qilingan edi.
O‘zbekiston Milliy atlasi yaratilishi, yangi qabul qilingan prezident qarorlari, to‘qqiz oy ichida ishsizlik darajasi 9,4 foizgacha tushishi — «Gazeta.uz»ning 16 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Namangan shahar IIB rahbariyati ustidan shikoyat qilib, ichki ishlar vaziriga videomurojaat yo‘llagan sobiq profilaktika inspektori boshqalar nomida katta miqdorda kredit olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganlikda ayblanmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qo‘lga olindi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Farruh Qoraboyev O‘zbekistonda benzin narxining oshishi sabablarini sanab o‘tdi va narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi. Jumladan, benzin importi geografiyasini kengaytirish, Ai-80 benzinini kuniga 3 ming tonnadan kam bo‘lmagan hajmda yetkazib berishni ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 19,56 so‘mga ko‘tarilib, 10 740,80 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa pasaydi.
Toshkent metropoliteni va Rossiyaning «Transmashxolding» kompaniyasi o‘rtasida poytaxt metropolitenini rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolandi. Xususan, xolding yer usti yo‘lovchi transporti va metropoliten tarmoqlarini integratsiya qilish, metropolitenda savdo tizimini yo‘lga qo‘yish, metropoliten infratuzilmasi va harakat tarkibini yangilashga yordam beradi.
Namangan viloyatida sodir bo‘lgan uchta YTH oqibatida 2 nafar haydovchi va 1 nafar velosipedchi vafot etdi. Yana 4 kishi shifoxonaga yotqizildi. Barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
2022-yil uchun davlat budjeti loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistonda YAIM 2022-yilda 6 foizga o‘sishi va qariyb 840 trln so‘mni (MBning 16-noyabrdagi kursi bo‘yicha 78,2 mlrd dollar), 2023-yilda 972 trln so‘mdan ortiq ($90,5 mlrd) bo‘lishi va 2024-yilda esa 1 trilliard so‘mdan (qariyb $105 mlrd) oshishi mo‘ljal qilinmoqda.
Shavkat Mirziyoyev navbatdagi ochiq muloqotni tibbiyot sohasi vakillari, jumladan, olimlar, shifokorlar, farmatsevtlar, hamshiralar va tizim xodimlari bilan o‘tkazadi. Shundan kelib chiqib, SSV aholi va tibbiyot xodimlarining taklif, muammo va kamchiliklarini o‘rganish maqsadida maxsus «Call-markaz»ni ishga tushirdi.
Endi tadbirkorlik, shaharsozlik, yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish uchun berilgan yerlar, qolaversa, xususiylashtirilgan davlat obyektlari hududlarini xususiylashtirish mumkin. Ariza berish tartibi, uni rad etish asoslari, xususiylashtirilgan yerlarni mulkdordan olib qo‘yishni tartibga soluvchi qonun prezident tomonidan imzolandi.
2021 yilning uch choragi yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda ishsizlik darajasi yillik ko‘rsatkichda 1,7 foizga kamaygan holda 9,4 foizni tashkil etdi. Mehnat vazirligi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov mamlakatda rasman 6,1 million fuqaro ishlayotganini, ulardan 5,9 millioni norasmiy sektorda band ekanligini ko‘rsatdi. Ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1,4 mln kishini tashkil etgan.
Prezident qarori bilan O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun Germaniya taraqqiyot bankidan 29,8 mln yevro kredit jalb etiladi. Loyiha 4 yil davomida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Dushanba kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Yangiobod tumani prokurorining o‘rinbosari 8000 dollar olgan vaqtida qo‘lga olingani aytilmoqda.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning fikricha, Afg‘onistonning yangi hukumati o‘z va’dalari va xalqaro majburiyatlarini bajara oladi. Chunki mamlakatni tinchlik va farovonlikka olib borishning boshqa yo‘li yo‘q.
Prezident hokimlarning g‘alla yetishtiruvchilar faoliyatiga har qanday aralashuvini taqiqlashni nazarda tutuvchi qarorni imzoladi. Endilikda, hokimliklar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar agrotexnik tadbirlar o‘tkazish, kreditlardan foydalanish, bug‘doyni sotish jarayonlariga aralasha olmaydi.
Prezident topshirig‘iga asosan ilk marotaba O‘zbekiston Milliy atlasi yaratildi. Unda mamlakatning tabiiy-geografik o‘rni, resurslari, atrof-muhit muhofazasi, aholisi, iqtisodiyoti va tarixi aks ettirilgan.
Senatning 21 yalpi majlisi 18 noyabr kuni chaqiriladi va unda asosiy e’tibor «Favqulodda holat to‘g‘risida»gi va «Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarga qaratiladi. Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartishlar kiritish kutilmoqda. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy markazini axboroti va hukumatga yuborilgan so‘rov ham muhokama qilinadi.
JSST va Butunjahon qandli diabet jamg‘armasi O‘zbekiston va Qirg‘izistonda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar, jumladan qandli diabetning oldini olish va nazorat qilish xizmatlaridan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha loyihani amalga oshirmoqda. O‘zbekistonda 245 mingdan ortiq qandli diabet bilan kasallangan bemor bor.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting